N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.12. Tebratma-dastgohni tanlash
198 11.13-rasm. Haydash rejimi va chuqurlik nasosi jihozlarini tanlash uchun diagramma: a-GOST 5866-66 bo‘yicha tebratma-dastgohning bazaviy modeli; b-GOST 5866-66 bo‘yicha tebratma-dastgohning yangilangan modeli. 11.12. Tebratma-dastgohni tanlash Tebratma dastgoh turini suyuqlik ustunini (nasos chuqurligi) va qazib olinishi mo‗ljallangan suyuqlik miqdorini hisobga olgan holda balansir boshiga tushadigan maksimal yukka asosan tanlanadi. Balansir boshiga tushadigan maksimal yuk formula orqali hisoblanadi, keyin R.A.Ramazonov formulasi orqali albatta reduktor valining aylanish vaqti(momenti) qiymatini tekshirib ko‗rish kerak: M max = 30 S + 0,236 S (P max – P min ), (11.20) Bu yerda M max – maksimal aylanish momenti, kg.m (nm); S – plunjer (silliq shtok) yurish uzunligi, м; P max va P min – nasos harakat siklidagi maksimal va minimal yuklanish, kg (n). Tebratma dastgoh rejimlari: 199 a) shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‗rsatgichga, reduktor valining aylanish momenti esa maksimumdan pastroq; bu rejim chuqurlik nasosi diametri kichikroq, chuqurligi katta bo‗lganda bo‗lishi mumkin; b) shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‗rsatgichdan past, reduktor valining aylanish momenti esa maksimal; bu rejim chuqurlik nasosi diametri kattaroq, yurish uzunligi kichikroq bo‗lganda; v) shtanga osiladigan nuqtada va aylanish momenti maksimal ko‗rsatgichga erishiladi. Kon amaliyotida Q va L ning belgilangan qiymatlarida chuqurlik nasosi diametri va tebratma dastgohlarini tanlashni osonlashtirish maqsadida diagrammadan foydalaniladi. Diagramma (11.13 – rasm) GOST 5866 – 66 bo‗yicha VNIIneftning Krasnodar filiali professori A.N. Adonin tomonidan 150 m 3 /sut.gacha mahsuldorlikka ega bo‗lgan, tayanch nusxasi (bazoviy model) (11.13.a – rasm) va modifikatsiyalashgan nusxalari uchun (11.13.b – rasm) tuzilgan. Diagramma tuzish va hisoblash (11.13 – rasm) quyidagi dastlabki ma‘lumotlar asosida keltirilgan: a) haydalayotgan suyuqlik zichligi 900 kg/m3 deb qabul qilingan; dinamik sath nasosning so‗rish qismida, ya‘ni nasos tushirilgan chuqurlik suyuqlik ko‗tarilish balandligiga muvofiq keladi; b) o‗rtacha ta‘mir davrida nasos to‗lish koeffitsiyenti (gazini hisobga olmaganda) 0,85; v) shtanga va suyuqlik massasining notekis harakatidan hosil bo‗ladigan inersiya kuchiga nisbatan shtangalar osilgan nuqtadagi statik yukning yurish uzunligi 1,8 m va tebranishlar soni 15 taga teng bo‗lgandagidek, maksimal tebranishlar soni va 1,8 m.dan ortiq yurish uzunligi quyidagi formula bo‗yicha aniqlangan (11.21) Bu yerda n 2 – S 2 yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni; n 1 – S 1 yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni; 200 d) qabul qilingan shtanga va quvurlar o‗lchamlari hamda konstruksiyasi 19 – jadval bo‗yicha olingan. Diagrammaning gorizontal o‗qida (11.13 – rasmga qarang) nasos tushirilish chuqurligi L m, vertikal o‗q bo‗ylab esa quduq debiti Q m 3 /sut ko‗rsatilgan. Diagrammadagi uzluksiz siniq chiziqlar ushbu turdagi tebratma dastgoh qo‗llanish chegarasini, uziq chiziqlar esa nasosning standart o‗lchamlariga mos ravishda tebratma dastgoh qo‗llanish chegarasi ko‗rsatilgan. Ruxsat etilgan keltirilgan kuchlanish σ kel ≈ ~118 n/mm 2 (12 kg/mm 2 ) deb qabul qilingan. Diagrammaning yuqori (uziq chiziq) chegarasi har qaysi nasosning maksimal yurish uzunligi va tebranishlar sonida mahsuldorliga mos keladi. Unda belgilangan qazib olish ko‗rsatgichiga erishish uchun maksimal yurish uzunligini saqlab qolgan holda kerakli tebranishlar sonini quyidagi nisbatda aniqlanadi (11.22) Bu yerdan (11.23) Bu yerda n max – tebranma dastgoh uchun o‗rnatilgan maksimal tebranishlar soni; Q max Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling