N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


 Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

11.15. Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish 
Juda ko‘p shtangali chuqurliknasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduqlar 
quyida keltirilgan murakkab sharoitlarda ishlatiladi: 
qatlamdan quduqqa suyuqlik bilan ko‘p miqdorda gaz ham kirib keladi; 
qatlamdan qumning qo‘shilib kelishi; 
nasos va quvurda devorida paraffin qotishi kuzatiladi;
quduq qiyaligi. 
Ko‘p sonli tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan texnologik yechim va himoya 
vositalaridan foydalanib bunday quduqlarni normal ishini ta‘minlash munkin. 
Mahsuloti tarkibida qum yoki gazi bo‘lgan quduqni ishlatishda nosozlik va 
murakkablikla ko‘proq uchraydi. 
Chuqurlik nasos qurilmasini ishlatishga gazning zararli ta‘sirini bartaraf 
etishning texnologik yechimlari: 
-zararli muhiti kamaytirilgan chuqurlik nasoslaridan foydalanish; 
-plunjer yurish uzunligini uzaytirish
-quduqdagi suyuqlik sathiga nasosni chuquriroq botirilish; 
-quduqning quvur orti qismidan gazni chiqarish. 
Qatlamdan neft bilan kelayotgan qum quduq tubida qum tiqini hosil qilib, 
buning ta‘sirida neftning quduqqa oqib kirish kamayadi yo‘ki butunlay to‘xtaydi. 
Nasos ishlayotgan vaqtda qum suyuqlik bilan tushib, uning qismlarini muddatidan 
oldin yemiradi, plunjer va silindir orasiga kirib harakatlanishini to‘xtatib qo‘yadi. 
Nasosni qumning zararli ta‘siridan himoya qiluvchi asosiy tadbirlar: 
-quduqdan suyuqlik qazib olishni meyyorlash; 
-maxsus turdagi plunjerli(ariqchali, ―qum-qirgich‖li) nasoslarni qo‘llash; 
-nasos orqali o‘tayotgan suyuqlik oqimi tarkibidagi qum konsentraisiyasin 
kamaytirish uchun neft oqimini quduqning quvur ortki qismiga yo‘naltiriladi va bu 
oqimning oqim tezligini oshiriladi; 
-quvur simon shtangadan foydalaniladi. 
Nasos qabulidagi himoya moslamalari. Chuqurlik nasosining ishiga gaz va 
qumning zararli ta‘sirini kamaytiruvchi barcha rejim va texnologik tavsifga ega 


213 
bo‘lgan tadbirlarga, qo‘shimcha tarzda nasosning qabul qismiga gaz va qum yakori 
yoki gazqum yakori kabi himoya vositasidan foydalaniladi. 
11.26-rasmda oddiy birkorpusli gaz yakori sxemasi keltirilgan. Bu yakor 
konsentrik joylashtirilgan ikki quvurdan tuzilgan bo‘lib, bir biri bilan yuqorisidan 
o‘tkazgih 1 bilan mahkamlangan. Bu o‘tkazgich bilan yakor nasos kompressor 
quvurining pastki muftasiga mahkamlanadi. Yakor korpusi deb nomlanuvchi tashqi 
quvurda 3 12 ta A teshik hosil qilingan. Korpus pastki qismi tiqin 4 bilan yopilgan. 
11.26-rasm.Bir korpusli gaz yakori YaG-1 
Neft gaz bilan yakorga A teshikdan kirib, 2 va 3 quvurlar orasidan yakor 
pastga tushadi; bu yerda aralashma oqim yo‘nalishini o‘zgartirib quvur 2 orqali 
nasosga kiradi. Gaz oqimi yo‘nalishi o‘zgarishi hisobiga neftdan ajralib yakor korpusi 
yuqorisidagi teshikdan quvur ortiga chiqib ketadi. Oqim yo‘nalishi o‘zgarishi ko‘p 
bo‘lgan yakorda neftdan gazni ajralishini yaxshi kechadi. Shuning ushun gaz yakorini 
ikki seksiyali, ayrim holatda to‘rt seksiyali qilib tayyorlanadi. 


214 
11.27-rasm. Gaz yakor-zondi. 
11.27-rasmda boshqa konstruksiyadagi gaz yakori -yakor-zont keltirilgan. Bu 
gaz yakorining farq qiladigan tomonim ishlatuvchi quvurlar tizmasi va yakor 
korpisini ajratuvchi neftga bardoshli rezinadan tayyorlangan manjetining borligi. 
Yakor-zont diametri 42, 48 va 73 mm li quvurdan tayyorlangan korpus 3, 
diametri 18 mm li so‘ruvchi quvur 4, diametri 12 mm li quvursimon uchburchak 5 
(syuqlik bu orqali nasos qabuliga kiradi), zichlovchi manjet 6, yakor korpusidagi 
neftgaz aralashmasidan haydash chizigini ajratuvchi shayba 2 dan tashkil topgan 
bo‘ladi. 
Yakor korpus yiqorisida gazni quvur ortiga yo‘naltiruvchi A teshik mavjud. 
Korpus yuqori qismiga nasos quvuri muftasi 1 payvandlangan. Yakor bu 
mufti bilan NKQga mahkamlanadi. 
Yakor-zond quyidagi ketma-ketlikda ishlaydi. Neftgaz aralashmasi yakor 
korpusiga kirib A teshk orqali quvurlar oralig‘iga tushadi. Neftgaz aralashmasining 
oqim yo‘nalishining (180
o
) o‘zgarishi hisobiga neftdan ajralgan gaz yuqoriga, neft 
esa B teshik orqali nasoning qabuliga kiradi. 


215 
Yakor-zond boshqa yakorlarga nisbatan gazni ajratishi yaxshiroq. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yakorlardan tashqari ko‘pkorpusli, quvurli, 
cho‘kma, zontsimon va boshqa turlari ham mavjud. 
Qum yakorlari ishlash prinspi o‘xshash bo‘lsada turli konstruksyali 
bo‘ladi.Samarali ishlaydigan qum yakorining sxemasi 11.28-rasmda keltirilgan. 
11.28-rasm.Qum yakori. 
a-yakor; b-ichki quvur uchidagi nasadka. 
1-o‘tkazgich; 2-ichki quvur; 3-korpus; bir tomoni yopiq mufti. 
Uning ishlash prinsipi quyidagicha. Suyuqlik qum bilan quduqdan diametri 
kichik quvur orqali yakor korpusiga kiradi. Bunda oqim tezligi tezda pasayadi va 
yonalish 180
o
ga o‘zgaradi. Buning ta‘sirida qum korpus pastga cho‘kadi, qumdan 
tozalangan suyuqlik nasosga kiradi. Korpust qumga to‘lganda yuqoriga chiqarib 
tozalab, yana qayta tushirlib ishlatiladi. Qum cho‘ntagi uzunligi shunday tanlanadiki, 
uni tozalash uchun ko‘tarmasda nasos qisimlarini almashtirish uchun ko‘tarilgan 
vaqtda tozalanishni ta‘minlash kerak bo‘ladi. 
Qum yakorining oddiy turi harqanday konstruksiyadagi gaz yakoridir. 
Shuning uchun gaz yakori cho‘kuvchi qumni qabul qiluvchi kista bilan jizozlanadi. 
Ko‘p miqdorda gaz va qum ajraladigan quduqda gazqum yakoridan 
foydalaniladi. 


216 
11.29-rasm. YaGP1Gazqum yakori. 
Gazqum yakori YaGP1 (11.29-rasm) B teshik teshilgan maxsus mufti 5 bilan 
biriktirilgan ikkita kameradan, gaz kamerasi (yuqori) 4 va qum kamerasi (pastki) 7 
dan tashkil topgan bo‘ladi. Yakorning yuqori kamerasida so‘ruvchi quvur 3, pastki 
kameraga konus simon nasadkali8 ishchi quvur 6 mahkamlangan. Yakor nasos qabuli 
1 ga o‘tkazgich 2 bilan birikadi. 
Qum kamerasi pastiga bir tomoni yopiq mufti mahkamlanadi 9. 
Nasos ishlayotgan vaqtda quduqdan suyuqlik A teshik orqali gaz kamerasiga 
kiradi ba u yerda neftdan gaz ajraladi. Keyin gazi ajratilgan neft B teshik orqali 
ishchi quvur orqali qum kamerasiga tushadi; qumi olingan neft so‘ruvchi quvur 3 
orqali nasos qabuliga uzatiladi. 
Suyuqlikdan ajraladigan qum miqdoriga qarab qum kamerasi uzunligi 
tanlanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling