N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


 Kam debitli quduqlarni ishlatish. Davriy ishlatish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

11.16. Kam debitli quduqlarni ishlatish. Davriy ishlatish 
Har qaysi konda kam debitli quduqlar mavjud bo‗lib, suyuqlik sathi nasos 
so‗ruvchi qismigacha tushib ketadi. Bunday quduqlarni uzluksiz ravishda nasos 
silindrining suyuqlik bilan to‗la va to‗la bo‗lmagan hamda davriy ravishda nasos 
silindri to‗la bo‗lgan holatda ishlatish mumkin. 
Odatda kam debitli quduqlarni ishlatishda uning mahsuldorligiga mos 
kelmagan nasos qurilmasi o‗rnatish qatlamdan kelayotgan suyuqlikni qisqa muddatda 
so‗rib tashlashi natijasida quduqdagi suyuqlik sathi nasos so‗ruvchi qismigacha 
tushib ketadi va nasosning mahsuldorlik koeffitsiyenti tezda tushib ketadi. 
O‗rnatilgan qurilmaning foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun va qurilmaning 
yemirilishini kamaytirish hamda elektr energiyasi sarfini qisqartirish maqsadida 
bunday quduqlarni davriy ravishda ishlatish rejimiga o‗tiladi. 
Birinchi navbatda davriy ishlatish rejimiga o‗tkazish uchun mahsulotida qum 
bo‗lmagan, mahsuldorlik koeffitsiyenti past va statik sath nisbatan balandroq (odatda 
yuqori bosimli biroq kam suyuqlik oqimiga ega) bo‗lgan quduqlar tanlanadi. 
Statik sathi past bo‗lgan quduqlarni davriy rejimga o‗tkazish neft qazib 
olishni kamayishiga olib keladi. Statik satxi juda past quduqlarni oqim juda kichik 
bo‗lgan yoki to‗xtab turgan vaqtda neft to‗liq yoki qisman yig‗ilishi mumkin bo‗lgan 
zumpga ega bo‗lgan holda davriy rejimga o‗tkazish mumkin. Statik sathi juda past 
bo‗lgan quduqlarda davriy ishlatish rejimini faqat mahsuldorligi juda kam yoki 
ishlatiluvchi qatlam pastki qismida zumpf bo‗lgan quduq tubida neft yig‗ilishi yoki 
quduq to‗xtatilgan vaqtda yig‗ilishi mumkin bo‗lganda qo‗llash mumkin. 
Biroq hatto juda kam debitli quduqlarda har doim ham davriy ishlatish 
uzluksiz ishlatish rejimidan afzal bo‗lmagan. Qatlamga uncha katta bo‗lmagan 
uzluksiz qarshi bosim hosil qiladigan barqaror oqim mavjud, ayniqsa kam miqdorda 


220 
qumi bo‗lgan quduqda, ma‘lum debit uchun uzluksiz qazib olish qurilmalari bilan 
afzalroq sharoit yaratish mumkin. 
Odatda bu qiyinchilik tug‗dirmaydi va kichik hajmli naoslar hamda reduktorli 
tebratma dastgohlar bilan kichik tebranishlar soni yordamida suyuqlikni sekin 
haydash orqali amalga oshiriladi. Suyuqlikni uzluksiz haydash rejimi quduq 
mahsuldorligidan kelib chiqib o‗rnatiladi. 
Har qaysi kam debitli quduqqa yoki guruhiga qaysidir ishlatish usulini 
tanlashda qatlam va quduqning barcha xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‗ladi. 
Buning uchun to‗xtatilgan quduqqa oqim kelishi yoki suyuqlik sathi ko‗tarilishi 
tezligining egri chizig‗idan foydalanish kerak bo‗ladi. Bu diagrammadan suyuqlikni 
turli haydash davri qazib olishdagi yo‗qotish borligi yoki yo‗qligini hisoblash 
mumkin. 
11.32 – rasmda oqim tezligining egri chizig‗i asosida qurilgan quduqning har 
xil xususiyatiga ko‗ra davriy ishlatish rejimi bo‗yicha grafik ko‗rinishi keltirilgan. 
Ikkala ko‗rinishda ham 3 tn/sut debitni 4 – soatlik suyuqlik haydash rejimi va 
8 – soatlik tanaffusdagi grafigi keltirilgan. AV chiziqlar nasos qo‗shilgan vaqtda, SD 
– chiziqlar esa to‗xtatilgan holati. SE – egri chizig‗i nasos to‗xtatilgandan keyin 
quduqdagi sath ko‗tarilishi (qatlamga qarshi hosil bo‗ladigan bosim) bilan oqim 
tezligi kamayishi egri chizig‗i. Diagrammadagi shtrixlangan ABCD maydonchasi 
nasosning 4 – soatlik normal ishlash davri. DCEA va DCE maydonchasi esa nasos 
to‗xtatilgan vaqtdagi normal dinamik sathga yig‗ilgan suyuqlikni haydash vaqti. 


221 
SVE va SVAYE chegaralari qazib olishning qisqarishi hisobiga yo‘qotish (I 
grafik) va 8 soat to‘xtatilgan vaqtni uzluksiz vaqt bilan taqqoslaganda qatlamdan 
suyuqlik oqimining to‘xtashi (II grafik). 
11.32 – rasmdagi I grafikdan juda sekin tiklanuvchi sathli qatlam (juda kam 
mahsuldorlik koeffitsiyenti, yomon o‗tkazuvchanlik)ga mos keladi va sarf 
xarajatlarni (qurilmalarning yemirilishi, energiya sarfi va boshqa qazib olish sarf – 
xarajatlari) iqtisod qilishni inobatga olganda qazib olishdagi yo‗qotish kam miqdorda 
bo‗ladi va bu davriy ishlatish rejimi o‗zini oqlaydi. 
II grafikda esa aksincha, davriy ishlatish rejimi, oqimning tez tiklanishi 
natijasida qazib olishdagi yo‗qotish sezilarli darajada bo‗lib, o‗zini oqlamaydi. Bu 
vaziyatda quduqni uzluksiz ishlatish rejimiga o‗tkazish zarur bo‗ladi. 
Shu kabi grafikdan foydalanib, har qaysi kam debitli quduqqa rejim 
belgilashda va qazib olishdagi umumiy yo‗qotishni mumkin qadar minimal qiymatga 
erishib oqim olish rejimini o‗rnatish mumkin bo‗ladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling