N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari. 
1. Neft quduqlarida ishlatiladigan chuqurlik nasosi turlari. 
2.Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi va ularning ishlash prinsipi. 
3.Tebratma-dastgoh turlari va qismlari. 
4.Shtangali chuqurlik nasoslarining qanday turlarini bilasiz? 
5.O‘rnatiladigan nasoslar. 
6.Quvurli nasoslar. 
7. Chuqurlik nasoslarining markalanishi. 
8.Nasos shtangalari turlari. 
9.Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlari 
10.Nasos ishiga ta‘sir qiluvchi omillar va ularni bartaraf qilish 
11.Chuqurlik nasosining dinamik sath bo‘yicha botirilish chuqurligini 
aniqlash. 
12.Chuqurlik nasosining mahsuldorligini aniqlash 
13.Chuqurlik nasosining normal ishini nazorat qilish 
14.Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish 
15.Kam debitli quduqlarni ishlatish 
16. Amerika neft instituti (ANI) standartlari bo‘yicha ishlab chiqariladigan 
shtangali chuqurlik nasoslari 
11-bob bо‘yicha xulosalar 
Bu bo‘limda neft quduqlarida ishlatiladigan chuqurlik nasosi turlari, shtangali 
chuqurlik nasos qurilmasi va ularning ishlash prinsipi, shtangali chuqurlik nasoslari, 
shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlari, nasos 


241 
ishiga ta‘sir qiluvchi omillar va ularni bartaraf qilish, chuqurlik nasosining dinamik 
sath bo‘yicha botirilish chuqurligini aniqlash, chuqurlik nasosining normal ishini 
nazorat qilish, kam debitli quduqlarni ishlatish, amerika neft instituti (ANI)
standartlari bo‘yicha ishlab chiqariladigan shtangali nasoslari haqida to‘liq 
ma‘lumotlar keltirilgan. 
 
12-bob. Neft quduqlarini markazdan qochma cho’kma elektronasoslar bilan 
ishlatish. 
12.1. Markazdan qochma cho’kma elektronasos qurilmalari va ularning 
vazifalari. 
Quduqdan ko‘p miqdorda suyuqlik olishda, berilgan suyuqlik olish va 
nasosning tashqi o‘lchami bo‘yicha katta naporni hosil qiluvchi markazdanqochma 
turdagi parrakli nasoslardan foydalaniladi. Bu nasosmarkazdan qochma cho‘kma 
elektronasos deb ataladi.
Markazdanqochma quduq nasoslari cho‘kma elektrodvigatellar bilan 
harakatga keltiriladi. Dvigatelga elektroenergiya maxsus kabel yordamida 
yetkaziladi. MQChEN qurilmalariga xizmat qilish juda oddiy, shunday ekan ko‘p 
xizmat talab qilmaydigan boshqaruv stansiyasi va transformatori yer yuzasida 
joylashgan bo‘ladi. 
Suyuqlikni ko‘p miqdorda uzatishda MQChEN yetarli FIK ega (0,35 gacha), 
bu shtangali va gazlift qurilmalari bilan raqobat imkoniyatini beradi. 
MQChEN ta‘mir oralig‘i uzoq, 600 kecha-kunduzgacha yetadi. 
Quduq nasosi 80-400 pog‘ona bo‘ladi. Suyuqlik nasosning pastki qismidan 
setka orqali kiradi. Moy bilan to‘ldirilgan, zichlangan cho‘kma elektrodvigateliga 
qatlam suyuqligi kirishini oldini olish uchun gidrohimoya moslamasi o‘rnatiladi. 
Elektroenergiya yer yuzasidan aylana kabel bilan nasos atrofida yalpog‘ kabel bilan 
uzatiladi. 50Gs chastotali tokda sinxron dvigatel valining aylanish chastotasi 3000 
min
-1 
va 2800-2950 min
-1
(sirpanishni hisobga olganda).
Boshqaruv stnasiyasi tok kuchini va kuchlanishni ko‘rsatuchi asboblarga ega 
bo‘lib, u qurilmani avtomatik yoki qo‘lda o‘chirish imkonini beradi. 


242 
NKQ tizmasi teskari va to‘kuchi klapanlar bilan jixozlanadi. Teskari klapan 
nasos to‘xtatilganda NKQda suyuqlikni ushlaydi va ishga qo‘shishni osonlashtiradi, 
to‘kuvchi klapin esa teskari klapin o‘rnatilgan holatda jixozni yer yuzasiga 
ko‘tarishda suyuqlikni to‘kadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling