N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
235 Qulfli tayanchlar ANI11AX standarti bo‘yicha tayyorlangan o‘rnatiladigan nasoslarni mahkamlash ikki turda bo‘ladi: manjetli va mexanik. Birinchi tur mustahkamlanishi asosiy usul sanalib, uni ―manjetli qulf plyus 30‖ deb ham ataladi. Bu tur mahkamlanishning bunday nomlanishiga sabab erkin holatdagi manjetning tashqi diametri qulfli tayanchning ichki diametri 0,030 dyum, yoki 0,76 mm ga katta bo‘ladi(11.44,a-rasm). 11.44-rasm. ANI standarti bo‘yicha quvurli nasos so‘ruvchi klapin qismlari va o‘rnatiladigan nasosining mustahkamlanish turlari a-manjetli; b-mexanik; 1-o‘tkazgich; 2-o‘rnatiladigan manjet; 3-qulfli tayanch; 4-tayanch halqa; 5-manjet-gaykasi; 6-konus; 7-plunjer yakori Manjetning bunday tayyorlanishi uni tushirishda qulfli tayanchga manjetning ishqalanish kuchi ta‘sirida qo‘shimcha mahkamlanishini ta‘minlaydi. Manjetli qulfli tayanch nasosni yuqoridan mahkamlanadiga (11.44,a-rasm) va pastdan mahkamlanadigan ko‘rinishida tayyorlanadi(11.44, b-rasmga qarang). Nasosning qo‘shimcha ushlanishi prujina hisobiga amalga oshiriladi, zichlash esa metaldan tayyorlangan maxsus zichlovchi halqa yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridan 236 mahkamlanadigan mexanik qulf ANI standari OST dan qulf prujinasi nasosda joylashtirilganligi va OSTda nasos kompressor quvurlarida joylashtirilganligi bilan farq qiladi. Prujina nasosda joylashtirilishi, amalda sinishi ko‘p kuzatiladigan prujinani almashtirish NKQ tizmasini ko‘tarmasdan amalga oshirish imkonini beradi. Nasos shtangalari Shtangali tizmalariga mahkamlangan nasos shtangalari yer yuzasida joylashtirilgan harakatlantiruchi qismidan borib-qaytish harakatini osilgan nuqtadan nasos plunjeriga uzatish uchun xizmat qiladi. Shtanga, bu diametri 12, 16, 18, 22, 25 mm bo‘lgan ko‘ndalang kesimi aylana bo‘lgan uch qismi bo‘rtib chiqqan po‘lat sterjin. Shtanga uchida ko‘ndalang kesimi kvadrat bo‘lgan qismi mavjud bolib, qotirish-echish uchun kalitga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shtangalar o‘zaro mufta yordamida biriktiriladi. GOST 13877-80 bo‘yicha nominal uzunligi 8000 mm bo‘lgan shtangalar tizmasi ishlab chiqariladi. Tizmalarni osish uchun kerak bo‘lgan uzunlikni tanlashni osonlashtirish maqsadida 1000, 1200, 1500, 2000 va 3000 mm li shtangalar ham ishlab chiqariladi. Birxil o‘lchamdagi shtangalarni biriktirish mufta orqali amalga oshirilsa, turli xil o‘lchamdagi shtangalarni biriktirishda o‘tkazuchi mufta orqali amalga oshiriladi. Har bir turdagi muftalar ikki turda ishlab chiqariladi: kalitga mo‘ljallangan joy ochilgan va joysiz. Muftalar yuqori chastotali tokda toblangan 40 va 45 markali po‘latlardan tayyorlanadi. Murakkab sharoitlarda ishlatish uchun shtangalar 20H2M markali ligerlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Shtanganing bir uchiga mufta qotirilgan holatda, ikkinchi uchi ochiq rezbada bo‘ladi. Shtanganing ochiq rezbasi va muftasi tiqin yoki qopqog‘ bilan himoyalanadi. Nasos shtangalarini (5.16 – jadval) tayyorlashda quyidagi tur markadagi po‘latlardan foydalaniladi: normallashtirilgan va yuqori bosimli tok ta‘sirida qizdirilib mustahkamlangan normallashtirilgan, 40 turidagi po‘latdan; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling