N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Quduqni shtangali chuqurlik nasos qurilmalari bilan ishlatishda xavfsizlik
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
11.19.Quduqni shtangali chuqurlik nasos qurilmalari bilan ishlatishda xavfsizlik texnikasi Chuqurlik-nasos qurilmasiga xizmat ko’rsatish. Chuqurlik-nasos qurilmasi ishonchli ishlashiga quduqni ishlatishning texnologik rejimiga mos jixozlari tanlanganida, montaj ishlarining ishonchli bajarilganida, shu bilan birgalikda o‘zvaqtida proflaktik ta‘mir va moylash ishlari amalga oshirilganda erishiladi. Tebratma-dastgohni ishlatish avvalida qanday yig‘ilganligini nazorat qilish, podshipniklarni mahkamlanish holatini, krivoship-shatun mexanizmi holatini, balansir to‘g‘ri joylashtirilganligini, rezina tasma holatini va reduktordan moy oqishi kuzatilmayotganligi nazorat qilinadi. Bundan tashqari, dastgoh ish rejimi bo‘yicha elektrodvigatel valining aylanish tezligi va quvvati mosligi tekshirilib ko‘riladi. Ishlatish jarayonida tebratma-dastgoh va reduktorni qismlarini ishlatish ko‘rsatmalari asosida muntazzam ravishda tekshirish va moylash . Shtangali chuqurlik nasosi usulida ishlayotgan quduqni ishlatishda xavfsizlik texnikasining asosi holatlari – tebratma-dasgoh harakatlanuvchi qismi o‗rash, elektrojixozlarga xizmat ko‗rsatish va ta‘mir ishlari talablarini bajarish kerak bo‗ladi. Quduq usti jixozlariga muhim talab qo‗yilib, bularga SUS turidagi ustki salnik kiradi. 239 Tebratma-dasgohni montaj qilish va ishlatish bo‗yicha xavsizlik texnikasining asosiy talablari quyidagilar. 1. tebratma-dasgoh ni montaj qilish tajribali brigadir va master boshchiligida montaj qiluvchi moslama yoki kran orqali amalga oshiriladi; 2. daskohning barcha harakatlanuvchi qismi o‗ralgan bo‗lishi shart; 3. balansir boshchasi harakatlanishining eng pastki nuqtasi holatida silliq shtok osilgan travers va ustki salnik orasidagi masofa 20 sm dan kichik bo‗lmasligi talab qilinadi; 4. reduktor shkivini qo‗lda burish va quvur, lom va boshqa narsalar bilan to‗xtatish qatiyan taqiqlanadi; 5. klinoli tasmani richaklar yordamida yechish taqiqlanadi va klinoli tasmani o‗rnatish va yechish elektrodvigatelni siljitish orqali amalga oshirish talab qilinadi; 6. krivoship shatun palsini almashtirishda dastgoh tayanchiga qattiq mahkamlash zarur; 7. dastgohning alohida qismlarini ko‗zdan kechirish yoki almashtirish tebratma-dastgohni to‗xtatilib amalga oshirish talab qilinadi; 8. tebratma-dastgohni ishga tushirishdan oldin to‗rmiz bo‗shatilganligiga, to‗siqlar o‗rnatilganligiga va xavfli hududda insonlar yo‗qligiga ishonch hosil qilish zarur bo‗ladi; 9. ta‘mir ishlarini boshlashdan oldin qurilma to‗xtatilgan, qo‗shish joyiga ―Ishga qo‗shmang – tamir jarayoni ketayapdi‖ degan plakat ilingan bo‗lishi shart. Avtomatik va distansion boshqaruvli quduqlarda qurilmaning ishga tushirish joyiga ―Diqqat! Avtomatik ishga qo‗shiladi‖ degen yozuv bilan to‗siq o‗rnatilishi kerak; 10. Quduq usti silliq shtok uzulgan holatda neftning to‗kilishidan saqlovchi klapan bilan jixozlanishi tavsiya qilinadi. Tebratma-dastgoh elektrodvigatelini boshqarish soddalashtirilgan blokirovka va himoya tizimi bilan amalga oshiriladi. BUS-3M turidagi boshqaruv bloki ishlab chiqilgan bo‗lib, u yordamida qo‗lda, avtomatik, distansion va programmali ish rejimi boshqariladi. Bundan tashqar elektroenergiya uzilishi tasirida qurilma o‗chsa avtomatik ravishda qo‗shadi. Boshqaruv bloki klinali tasma va silliq shtok uzilganda, 240 nasos plunjeri va reduktor ushlanib qolganda, shu bilan birgalikda elektrodvigatel yuklanishining o‗zgarishida qurilmani avtomatik ravishda to‗xtatish ikonini beradi. Elektrouzatgich bilan ishlashda xodim dielektrik perchatkada ishlashi talab qilinadi. Quduqning nasos qurilmasi ishga qo‗shishdan oldin yerga ulangan bo‗lishi kerak. Elektrojixozlarni yerga ulovchi sifatida quduq konduktoridan foydalaniladi. Bunda konduktor dastkoh ramasi bilan ikkita o‗tkazuvchi (har birining kesimi 50 mm2) bilan ko‗rinadigan holatda payvandlab ulanadi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling