N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


III.6. Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

III.6. Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash 
Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar 
o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. 
Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm 
hisoblagichlaridan foydalaniladi. 
Vaqt oralig‘i t
1
- t
2
dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi 
o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi 
ifodaga muvofiq bajaradi: 



d
g
Q



2
1
(III.6) 


51 
bu yerda, Q – vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g – vaqt birligi 
ichidagi modda yoki energiya sarfi. 
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari 
esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab 
turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi 
modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt 
oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich 
ko‘rsatishini 
belgilash 
kerak. 
Hisoblagich 
ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida 
asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. 
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi 
suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga – porsiya 
(doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar 
sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi. 
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida 
aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan 
suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari 
o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir. 
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotatsion, 
porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi. 
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli 
hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotatsion va 
barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. III.13-rasmda GKF turidagi diafragmali 
hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan. 
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum 
sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 
3-4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki 
klapanlar bekilganda II kameraga o‘tadi. 
1
4
5
6
3
2
I II
2
5
7

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling