N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
V.3. Gaz quvurlarining texnologik hisobi
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz quvurining gidravlik hisobi.
V.3. Gaz quvurlarining texnologik hisobi Magistral gaz quvurlarini texnologik hisobiga, gazlarni quvurlardan jo`natish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan kattaliklarni aniqlash kiradi. Texnologik hisoblashlar tarkibiga quvurlarning gidravlik hisobi kirib, unda quvurlarda bosim yo`qolishi, kompressorlar o`z ichiga oladi. Texnologik hisoblar magistral gaz quvurini loyihalash bo`yicha qabul qilingan normalar asosida amalga oshiriladi. Quvurlarni texnologik hisoblarini amalga oshirish uchun quyidagi ma‘lumotlar kerak bo`ladi: - gaz kimyoviy tarkibi va fizik ko`rsatkichlari; - quvurning yillik gaz o`tkazuvchanlik qobiliyati; - quvurning umumiy uzunligi; - gazning harorat ko`rsatkichlari; - trassa profil chizmasi va geologik sharoitlar; - elektr ta‘minoti manbasidan va yo`ldan uzoqligi to`g`risidagi ma‘lumotlar va boshqalar. Gaz quvurining gidravlik hisobi. Magistral gaz quvurini gidravlik hisobida quvurdagi bosimni yo`qotilishi, gaz quvurining o`tkazuvchanlik qobiliyati, kompressorlar orasidagi masofa aniqlanadi. Sutkalik gaz o`tkazuvchanlik qobiliyati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. q=Q y /365·k y ; m 3 /sut. bu yerda Q y – yillik haydalgan gaz miqdori; k y – yillik o`rtacha gaz ishlatish notekisligini ko`rsatuvchi koeffitsiyent. Magistral gaz quvurlaridan haydalayotgan gaz bosimi 0,3 MPa dan baland bo`lgan hamda boshlang`ich va oxirgi nuqtasidagi farq 200 m dan baland bo`lmagan hol uchun quvurning o`tkazuvchanlik qobiliyati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 68 q=0,326·10 -2 · D2,5·√P 1 2 -P 2 2 /λ ish ·Δz o’r ·т o’r ·ℓ. bu yerda q – quvurning o`tkazuvchanlik qobiliyati, mln. m 3 /sut, (20 o va 760 mm.sim.ust da); D – quvurning ichki diametri, m da; P 1 va P 2 – gazning boshlang`ich va oxirgi bosimi, Pa da; λ - ish gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; Δ – gazning havoga nisbatan zichligi; Z o’r - gaz quvuri uzunligi bo`yicha gazning o`rtacha yuqori siqiluvchanlik koeffitsiyenti; T o’r – quvur uzunligi bo`yicha haydalayotgan gazning o`rtacha harorati, K; ℓ -gaz quvurining hisoblanayotgan uzunligi, m. Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti quyidagi umumiy formula orqali aniqlanadi: λ ish =0,067(158/Re+2k e /D)-0,2 bu yerda Re – Reynolds soni; k e – quvurning ekvivalent g`adir – budurligi. Reynolds soni quyidagicha aniqlanadi. Re=18,1·g Δ/Dμ 2 bu yerda μ 2 – gazning dinamik qovushqoqligi, gazning quvur bo`yicha oqish rejimiga ko`ra (Re=2000 – 3000) bo`lganda λ ish =0,067(158/Re+2k e /D)-0,2=0,1844/Re-0,2 Kvadrat rejimda gidravlik qarshilik koeffitsiyenti Re soniga bog`liq bo`lmaydi. U holda quyidagicha topiladi. λi sh =0,067(2·k e /D)-0,2 Gidravlik qarshilik qiymati quvurning yangi eskiligiga va uning qismining g`adir – budirlik ko`rsatkichlariga hamda oqish rejimiga, bir rejimdan boshqa rejimiga o`tishlariga bog`liq bo`lgan holatiga va boshqalar hisobga olinib, λ ish qiymati aniqlanadi. Yuqoridagi keltirilgan ifodalarni hisobga olib, kompressor orasidagi masofa quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi. Kvadrat rejimda, kompressorlar orasidagi masofa quyidagicha aniqlanadi. 69 ℓ=(А·d ich -2,6) 2 /Δт o’r ·z o’r ·P 1 2 -P 2 2 /g 2 O`tish rejimida kompressorlar orasidagi masofa ℓ=(А′·d ich -2,6) 2 /Δт o’r ·z o’r ·λ·P 1 2 -P 2 2 /g 2 bu yerda ℓ - kompressor stansiyasi orasidagi hisobli oraliq, km. A=1,67·10 -6 gφYe (kvadrat rejimda); A′q0,33Ä·10 −6 gφYe (o`tish rejimda) g – gaz oqish rejimini kvadrat rejimidan farq qilishini ko`rsatuvchi koeffitsiyent, kvadrat rejimda gq 1 ga teng. Ψ – quvur tagi xalqalarini hisobga oluvchi koeffitsiyent. Agar xalqalar bo`lsa φ = 1 ga teng. Ye – quvur ichki yuzasini hisobga oluvchi koeffitsiyent. Yangi quvurlarni oxiridagi bosim tegishlicha quyidagi ifodalar orqali hisoblanadi. Kvadrat rejimida: 2 6 , 2 2 ' ' 2 ich r o r o bosh ox d A l q Z T p P O`tish rejimida: 2 6 , 2 ' 2 ' ' 2 ich r o r o bosh ox d A l q Z T P P Quvurda gazlar harakatlanganda bosim pasayib boradi. Quvurni boshidan uning uzunligining istalgan nuqtasidagi bosimning o`zgarishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: l x P P P Px 2 2 2 1 2 1 bu yerda P x – quvurni boshidan x uzoqlikda joylashgan nuqtadagi bosimi. Gaz quvurini uzunligi bo`yicha kompressorlar soni quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: ; l L n dona bu yerda L–quvurning umumiy uzunligi, km; ℓ - kompressorlar orasidagi masofa, km. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling