N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
V.2. Neft quvurlarining gidravlik hisobi
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reynolds sonini va Leybenzon formulasini aniqlash.
V.2. Neft quvurlarining gidravlik hisobi
Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti. Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti λ, Reynolds soni Re=ωD/v va nisbiy g`adir–budurlik k/D ning funksiyasi hisoblanadi. K – quvur ichki devor sirti holatining gidravlik qarshilikka ta‘sirini harakterlovchi, ekvivalent absolyut g`adir – budirlik. 63 Reynolds sonining nisbatan kichik miqdorida laminar va turbulent oqim zonalarida oqimi g`adir – budurliklarning bo`rtiqlari suyuqlik oqimi bilan silliq surkalib oqadi va g`adir – budirlik napor yo`qotilishiga ta‘sir qilmaydi, gidravlik qarshilik koeffitsiyenti miqdori faqat Reynolds (Re) soniga bog`liq bo`lib, Re soni ortsa, gidravlik qarshilik koeffitsiyenti λ kamayadi. Bunday xududga, ya‘ni λ=λ(Re) ga silliq ishqalanish hududi deyiladi. Reynolds sonining ortib borishi esa, g`adir – budirlikning o`lchamlari qancha katta bo`lsa, shuncha tez hosil bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, endi suyuqlik oqimiga qarshilik ko`rsatish nafaqat Reynolds soniga balki g`adir – budirlikka ham bog`liq ekanligi ko`rinib turibdi. Bu hududga ya‘ni λ = λ(Re, k/D) ga aralash ishqalanish hududi deyiladi. Bu yerda Re soni miqdori ortishi bilan, uning λ ga ta‘siri kamayib, k/D ning ta‘siri ortib boradi. (G`adir – budirlik burtiqlarida uyrumlar hosil bo`lish tezligi ortib boradi). Reynolds sonini va Leybenzon formulasini aniqlash. Reynolds sonining katta miqdorlarida λ koeffitsiyenti unga bog`liq bo`lmay qo`yadi. Ya‘ni λ=λ(k/D) bo`ladi. Bunday hududga – mutloq g`adir – budir ishqalanish hududi yoki kvadratik tartibdagi harakat hududi deyiladi. Bu yerda λ – doimiy kattalik va naporning yo`qotilishi tezlik kvadratiga to`g`ri proportsionaldir. Laminar oqim (Re=2000) da gidravlik qarshilik koeffitsiyenti λ Stoks formulasi orqali aniqlanadi: λ=64/Re Laminar tartibdagi oqim qovushqoq neftlarni haydashda sodir bo`ladi. λ ning turbulent oqimi (Re=3000) silliq ishqalanish xududidagi qiymati Blaziusning empirik formulasi bilan aniqlanadi. λ=0,3164/(Re) 0,25 bu formuladagi o`rta qovushqoqlikdagi neftni haydovchi quvurini hisoblashda foydalaniladi. Ochiq turdagi neft mahsulotlari haydaydigan neft mahsulotlari quvuri bir qancha vaziyatlarda, undagi oqim tartibini kvadratik deb qabul qilib Shifrinson formulasi bilan hisoblash mumkin. 64 λ=0,11(k/D) 0,25 Aralash ishqalanish hududidagi gidravlik qarshilik koeffitsiyentini aniqlash uchun universal formulalar ishlatiladi. Ulardan biri Altshul formulasi: λ=0,11(k/D+68/Rе) 0,25 Altshul shuni ko`rsatadaki agar Rek/D<10 bo`lsa, u holda Blazius formulasi orqali, agar Rek/D>500 bo`lsa, Shifrinson formulasi orqali aniqlash mumkin. Shunday qilib, Rek/D<10 ni silliq va aralash ishqalanishlar hududlari orasidagi chegara deyish mumkin. Rek/D=500 ni esa aralash va mutloq g`adir – budir ishqalanish hududlari orasidagi chegara deyish mumkin. Ekvivalent g`adir – budirlik ko`rsatkichlari: Yangi choksiz quvurlar uchun: k=0,01-0,02 mm, bir necha yil ishlatilgandan so`ng: k=0,15-,03; Yangi payvandlangan quvurlar uchun: k=0,03-0,1 mm, bir oz zanglagan quvurlar uchun: k=0,1-0,2. Diametri 377 mm gacha bo`lgan magistral neft quvurlari k=0,125 mm, katta diametrli quvurlar uchun k=0,1 ga teng deb qabul qilingan. Stoks, Blazius va Shifrinson formulalari quyidagi umumiy ko`rinishga ega: λ=А/Rе m Bu yerda A va m – doimiy kattalik, m – suyuqlik harakatining tartibi ko`rsatkichi deyiladi. Bu formulani Darsi – Veysbax tenglamasiga quysak va Re=4Q/(πDv) deb qabul qilsak, u holda Leybenzonning to`ldirilgan formulasini hosil qilamiz: h τ =β(Q2 -m v m )/(D 5-m )L bunda β=8A/(4 m π 2-m g) Leybenzon formulasi h τ ning Q ga bog`liqligi yaqqol ko`rinib turgan vaziyatlardagina qo`llanilishi mumkin. 65 mֽ A va β ning qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. VI.1-jadval Tartib M β, (с 2 /м) Laminar Turbulent Kvadratik ishqalanish Hududi 1 0,26 0 64 0,3164 Λ 128/πg=4.15 0,24/g=0,026 8λ/π 2 g=0,0827λ Quvur uzunligi bo`yicha umumiy bosimni yo`qolishi quyidagicha aniqlanadi. H=h ish +Σhm+Δz bu yerda, Σh m – mahalliy qarshiliklardagi bosim yo`qolishlarining yig`indisi. Δz – quvur trassasini oxirgi va boshlang`ich nuqtalarining o`rtasidagi farqni ko`rsatuvchi belgi. Mahalliy qarshilik bo`yicha bosimning yo`qolishi quyidagi ifoda bo`yicha topiladi: h m =ξφ·w 2 /2g bu yerda, ξ – mahalliy qarshilik koeffitsiyenti. Uning qiymati mahalliy qarshilik turiga ko`ra jadval yordamida aniqlanadi. φ – to`ldirish koeffitsiyenti (turbulent rejim uchun φ=1, lominar rejim uchun uning qiymati Re va ξ larga ko`ra grafik bo`yicha qabul qilinadi. Nasos stansiyalarining asosiy jixozlari tanlanib ularni joylashtirish uchun hisob ishlari amalga oshiriladi. Neft va uning mahsulotlari magistral quvurlarining, nasos stansiyalarining asosiy jixozlariga, nasoslar va ularni harakatga keltiruvchi elektrodvigatellar kiradi. Nasos stansiyalari soni umumiy ko`rinishdagi ifoda yordamida aniqlanadi. n=iℓ+Δz/N st bu yerda ℓ - quvur uzunligi, agar davon nuqtasi bo`lsa, shungacha bo`lgan masofa km. N st – stansiyada hosil qilinayotgan bosim. 66 Agar stansiya markazga intilma nasoslar bilan jixozlangan bo`lsa, kerakli bosim stansiya kommunikatsiyalarida bosimning yo`qolishini hisobga olib, nasos stansiyalari soni quyidagicha topiladi. n=iℓ+Δz/N i –Δh bu yerda N i – quvur ichidagi hisobli bosim. U ishlatiladigan quvurning chidamlilik qobiliyatiga ko`ra aniqlanadi. Δh – stansiya quvur kommunikatsiyalarida yo`qotishlardan tashkil topgan qo`shimcha bosim, m da. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling