N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
VI.2. Kon qurilmalarining korrozion yemirilishi
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
VI.2. Kon qurilmalarining korrozion yemirilishi Korroziya detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Korroziya natijasida yo‘qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo‘lish mumkin. Bevosita korroziyadan yo‘qotishga buyumlarni himoyalash uchun qilinadigan sarf-xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yo‘qotish natijasida to‘liq ishdan chiqishi kiradi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra metallarning to‘liq ishdan chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10-15% ini tashkil etadi. 73 Bilvosita korroziyadan yo‘qotishga jixozlarning ish unumdorligi kamayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda metallar sarfining oshishi kiradi. Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko‘pgina jixozlarning ish unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jo‘mraklar va rezervuarlar shular jumlasidandir. Metallarning korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati korroziyabardoshlilik deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil tashqi muhitlarda turlicha korroziyabardoshlilikka ega bo‘ladi. Korroziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish davridagi tadbirlarga bo‘linadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi. Metall materiallar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muhit bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi. Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar mexanizmiga ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi. Kimyoviy korroziya metallning agressiv muhit bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar orqali kechadi. Kimyoviy korroziyada metall sirti bilan suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo‘lib, natijaviy elektr toki hosil bo‘lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va bug‘lar, suyuq elektrolitmaslar (neft va uning mahsulotlari, spirtlar, mineral yog‘lar, organik birikmalar) ta’sirida kuzatiladi. Eletrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo‘lib, unga suvli eritmalarda, nam gazlarda, tuz va ishqorli eritmalarda sodir bo‘ladigan jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida elektr toki hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektrokimyoviy korroziyani sodir bo‘lish sharoiti, muhitning xossalariga va boshka turlarga ko‘ra tasniflash mumkin. 74 Agressiv muhitlarning turlariga ko‘ra korrozion jarayonlar atmosferaviy, gazda, suyuqliklarda, tuproqda, adashgan toklar ta’sirida, biologik korroziyalarga bo‘linadi. Metall qurilmalarning korroziyalanishi ikki mexanizm asosida sodir etadi: kimyoviy va elektrokimyoviy (VI.1-rasm). Kimyoviy mexanizmdagi ko’rinish yuqori haroratda gazlar ta’sirida, “Quruq” atmosfera sharoitida va tok o‘tkazmaydigan suyuqliklarda sodir bo‘ladi. Metallarning kimyoviy korroziyasida oksidlanish va qaytarilish jarayoni bir vaqtni o‘zida tashqi muhit va metall ta’sir chegarasida sodir bo‘ladi (geterogen muhit). Natijada metallarning oksidlari hosil bo‘ladi. Masalan: FeO; Fe 2 O 3 ; Fe 3 O 4 ; Al 2 O 3 ; ZnO 2 va boshqalar. Metallarning elektrokimyoviy mexanizmi asosidagi yemirilishi elektrolitlarda, tuproq sharoitida, bakteriyalar ta’sirida va “Ho‘l”, “Nam” atmosfera sharoitida sodir bo‘ladi. Elektrokimyoviy korroziya yemirilish mexanizmi galvanik neftlarning yemirilish mexanizmiga o‘xshash bo‘ladi. Metall yuzasida quyidagi sabablarga ko‘ra makro va mikro galvanik juftlar hosil bo‘ladi: - metall makro va mikro tarkibining bir xil bo‘lmasligi; - metall makro va mikro yuza tekisligini bir xil bo‘lmasligi; - iflosliklarni va korroziya mahsulotlarini metall yuzasida bir xil tarqalmaganligi; - metall yuzasida ezilgan va chizilgan joylarni bo‘lish va boshqalar. - Hosil bo‘lgan galvanik juftlarning anod bo‘limida oksidlanish (Me→Me n +ne), katod bo‘limida esa qaytarilish jarayonlari (D+ne→ne; D=H + ; O 2 ; Me n+ ) sodir bo‘ladi. Natijada metallarning gidrooksidlari hosil bo‘ladi. Masalan: quvurlar korroziyasi Fe(OН) 2 ; Fe(ОН) 3 ; Al(OН) 3 va boshqalar (VI.2-rasm). - Shunday qilib, metallar korroziyasi deb ularning tashqi muhit ta’sirida o‘zaro kimyoviy, elektrokimyoviy jarayonlar natijasida o‘zicha yemirilishiga aytiladi. 75 - Neft va gaz quvurlari, foydalanish davrida, yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlar ta’sirida bo‘ladilar va tegishlicha korroziyalanadilar. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling