N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


VI.1-rasm. Korroziya mexanizmiga ko’ra turlari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

VI.1-rasm. Korroziya mexanizmiga ko’ra turlari. 
VI.2-rasm. Quvurlar korroziyasi. 


76 
VI.3. Korroziyadan himoya qilish usullari 
Magistral neft va gaz quvurlari asosan tuproq muhitida ishlaydilar va ularning 
tuproq korroziyasidan himoya qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: 

quvurlarni maxsus yotqizish usuli. bunda quvurlarning atrofini qum, bitum 
bilan qayta ishlangan tog‘ jinslari bilan o‘rash, hamda quvur atrofidagi tuproqlarni 
neytrallash va zovur ichida drenaj ariqchalar hosil qilish va boshqa tadbirlar 
yordamida korroziyadan himoya qilinadi; 

quvur yuzasini izolyatsiya qoplamalari bilan o‘rash passiv usul; 

elektrokimyoviy himoya usuli aktiv usul (anodli, kotodli va protektorli ). 
Quvur va rezervuarlarning ichki yuzasini himoya qilish: qoplamalar
ingibitorlar va elektrokimyoviy vositalar yordamida amalga oshiriladi. 
Ingibitorlar kimyoviy birikmalar bo‘lib, ular asosan uzoq saqlanadigan metall 
qismlarining atmosfera korroziyasidan, hamda rezervuarlarning ichki yuzasini 
himoya qilishda foydalaniladi. Ingibitorlar himoyasida idishlarning ichki yuzasi 
uning suvli yoki boshqa erituvchilardagi eritmasi bilan chayiladi. Natijada ingibitor 
molekulalari idish devoriga yopishib (adsorbsiyalanib) yupqa himoya pardasini hosil 
qiladilar. Bu parda tashqi muhitni metall yuzasiga bo‘lgan ta’sirini kamaytiradi. 
Ingibitorlarni himoya qilish xususiyati, ularning tabiati va xossalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Saqlanib turiladigan metall qismlari esa, ingibitorni uning yuzasiga surkab 
qo‘yish yoki ingibitor bilan to‘ldirilgan qog‘oz bilan o‘rab qo‘yish orqali 
korroziyadan saqlanadilar. 
VI.4. Quvurlarning ichki va tashqi korroziyasiga qarshi kurashishning
passiv va aktiv usullari 
Izolyatsiya qoplamalari bilan himoya qilish. Izolyatsiya qoplamalarining 
himoya qilish mexanizmi metallga bo‘lgan tashqi muhit ta’sirlarini bartaraf etish va 
uning o‘tish qarshiligini oshirishga asoslangan. Qoplamalar sifatida bitum mastikasi, 
polimer yopishqoq lentasi, lak-bo`yoqlar, sement-beton va boshqalar ishlatiladi 
(VI.3-rasm
)
. Quvurlarni va rezervuarlarni tuproq korroziyasidan himoya qilishida, 


77 
asosan, bitum mastka qoplamasidan foydalaniladi, chunki u izolyatsiya qoplamasiga 
bo‘lgan barcha talablarga javob beradi. 
Bitum mastikasi to‘ldiruvchi neft bitumi va plastifikatordan tashkil topgan. 
To‘ldiruvchilarning asosiy vazifasi mastika qoplamasini mahkamligini oshirishdan 
iborat bo‘lib, to‘ldiruvchilar sifatida asbest rezina, kauchukning mayda kukunlari va 
maydalangan polietilen, izobutilen va boshqalar ishlatiladi. Plastifikatorlarning asosiy 
vazifasi bitum mastikasini oquvchanligini, surkaluvchanligini oshirishdan iborat. 
Plastifikatorlar vazifasida transformator yog‘i, polimer mahsulotlari poliizobutilen
poliden, “ko‘k” yog‘ va boshqalar ishlatiladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling