81
Har xil tuzlar chiqindilari hosil bo‘lishining oldini olish uchun neft quduqlari
va kon qatlamiga ingibitorlar yoki tuzlar cho‘kindilarni
haydovchi kimyoviy
reagentlar qo‘llaniladi.
Korroziya tezligini kamaytirish uchun neft qudug‘i, suvni tayyorlash qurilmasi,
nasos stansiyasi, suv haydovchi quduq va kon qatlamiga ingibitorlar (yoki
bakteritsidlar) kiritiladi. Shuni nazarda tutish kerakki ingibitor yoki passivator
kiritilishi faqat shu
kiritilgan qurilmanigina emas, undan keyingi joylashgan
qurilmalar uchun ham ta’sir qiladi.
Quvur uzatkichlarning ichki va tashqi korroziyasi.
Metallning atrof – muhit ta’sirida yemirilishi korroziya deyiladi. Kon
hududidan o‘tgan quvur uzatkichlar uch xil, ya’ni
atmosfera korroziyasi, tuproq
korroziyasi va ichki korroziya ta’sirida yemirilishi mumkin. Atmosfera korroziyasi –
yer yuzasida joylashgan quvurlarning ob-havo ta’sirida zanglashi. Buni bartaraf qilish
qiyin emas. Buning uchun quvurlar bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi. Tuproq
korroziyasi murakkabroq. Bunda tuproq tagida yotgan quvurlar tuproqning kimyoviy
tarkibi, namligi natijasida zanglab ishdan chiqadi. Masalan, sho‘ri yo‘q, quruq, qumli
tuproqda
yotgan quvurlar, nam, sho‘r tuproqda yotgan quvurlarga nisbatan ko‘proq
xizmat qiladi.
Quvur devorlarining ichidan oqayotgan nordon va ishqorli asosga ega bo‘lgan
suyuqliklar bilan ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan korroziya ichki korroziya deyiladi.
Kon hududidagi quvur uzatkichlar ichki va tashqi tarafdan korroziyaga uchrab
yemirilishi mumkinligini hisobga olib, ularni ham ichidan, ham tashqarisidan himoya
qilish lozim. Quvurlarning korroziyaga qarshi qoplamasi quyidagi talablarga javob
berishi lozim: suv o‘tkazmasligi, metall bilan mustahkam jipslashishi,
elektr tokini
o‘tkazmasligi, kam xarajatliligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: