N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


VI.3-rasm. Quvurlarni korroziyadan himoya qilishning lak bo‘yoqli qoplamalari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

VI.3-rasm. Quvurlarni korroziyadan himoya qilishning lak bo‘yoqli qoplamalari. 
 
Qo‘shiladigan plastifikatorlar miqdori ishlatiladigan atrof-muhit haroratiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, harorat minus 10 
о
С bo‘lganda 3%, minus 15
о
С gacha 
bo‘lganda 5-7%, minus 30
о
С gacha 7-10% plastifikator qo‘shiladi. Bitum mastikasi 
neft bitumini 160-180
о
С da eritilib, keyin qolgan komponentlari qo‘shilib 
tayyorlanadi. Bitum mastikasini quvur yuzasiga surkash quyidagicha amalga 
oshiriladi. Quvur yuzasi, metall rangi hosil bo‘lgunga qadar simli taroq yordamida 
tozalanadi va tekislovchi mastika qavati surkaladi (qalinligi 0,1÷0,15 mm). Keyin 
asosiy bitum mastikasini qavati hosil qilinadi. Uning qalinligi 4 mm dan 8 mm gacha 


78 
bo‘ladi va tegishlicha, normal kuchaytirilgan va juda kuchaytirilgan turlarga 
bo‘linadi. Surkalgan mastika qavatining mexanik jarohatlardan saqlash uchun, uning 
ustini o‘rovchi materiallar bilan (qog‘oz, brizol, bikarul, tol, ruberoid, shisha, xolost 
va boshqalar) o‘raladi. 
Izolyatsiya qoplamasini sifati tekshirib ko‘riladi va keyin quvurni zovurga 
yotqizilib, ishlatilish uchun ruxsat beriladi. 
Polimer qoplamalari vazifasida polietilen, polivinil xlorid asosida yopishqoq 
tasmalardan foydalaniladi. Ularning quvur ustidagi qavatini hosil qilish, bitum 
qavatini hosil qilishga o‘xshagan bo‘lib, oldin tozalanadi va bitum tekislovchi 
qavatini hosil qilinadi. Keyin yopishqoq polimer lentalar bilan o‘raladi. O‘raladigan 
polimer lentalarning qavatiga ko‘ra, ular ham normal, kuchaytirilgan va juda 
kuchaytirilgan turlarga (konstruksiyalarga) bo‘linadi. 
Masalan, bir qavat o‘ralsa normal, ikki qavat o‘ralsa kuchaytirilgan, uch qavat 
o‘ralsa juda kuchaytirilgan hisoblanadi. Polimer lentasi asosidagi izolyatsiya 
qoplamalari diametri 1420 mm gacha bo‘lgan quvurlar va ular orqali tashiladigan 
mahsulotlar harorati +40
 о
С (polietilen lentasi uchun) +60
 о
С (polivenilxlorid lentasi 
uchun) bo‘lgan sharoitlarda foydalaniladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling