72
VI-bob. Korroziya va quvurlar korroziyasiga qarshi kurashish usullari
VI.1. Metallar korroziyasi jarayoni mexanizmi
Respublikamiz mustaqilligidan keyin sanoat tarmoqlarining keng miqyosda
rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishda
zamonaviy texnologik usullar, jixozlar va
uskunalardan keng foydalanilmoqda.
Jixoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash,
ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ularni korroziyadan
himoya qilish dolzarb
vazifalardan biridir. Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion-faol moddalar bilan
umumiy ifloslanishi, hamda neft va
gaz mahsulotlarini qazib olish, saqlash va
transport qilishda ishlov beriladigan mahsulotlarning o‘ziga xos xususiyatlari shu
sohada qo‘llaniladigan jixozlarning korroziya bardoshliligini oshirishni talab qiladi.
Korroziya - metallarning korrozion muhitlar
bilan kimyoviy yoki
elektrokimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir.
Korrozion muhit - metallarning korrozion jarayonlar sodir bo‘lishiga olib
keladigan agressiv atmosfera, kislotali eritmalari,
ishqorlar, tuzlar va boshqa
muhitlardir. Ko‘pgina metallar agressiv muhitlar ta’sirida termodinamik noturg‘un
bo‘lganligi uchun oksidlangan holatga o‘tadi va yemiriladi. Metallarda korrozion
jarayonlar kechishi
natijasida massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari,
mexanik mustahkamligi; plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: