N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish.
Bugungi kunda sanoat tadqiqot institutlarida konni ishlashni va jixozlarini loyihalash bo’yicha katta tajribaga ega. Dastlab konni (uyumni) ishlashning kompleks sxemasi tuziladi va konning geologik tuzilishi, uning neft va gaz zaxirasi haqida ma’lumot bo’lsa ishlashning kompleks loyihasi tuziladi. Bunda quyidagilar tuziladi: - ishlashning texnologik sxemasi; - ishlashning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); - jixozlarning ishchi chizmasi; - asosiy quduqlar fondi burg’ilangandan keyin ishlashni loyihalash. Texnologik sxema va ishlash loyihasidagi yillik neft qazib olish va suv haydash, quduqlarni burg`ilash va o’rtacha debit bilan ishga tushirish, neft qazib olishni rejalashtirish imkoniyatini beruvchi ilmiy tadqiqot tashkilot tomonida davriy ravishda o’rganilib qabul qilinadi. Loyiha va kompleks sxema quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi: 1) konning geologik tavsifi; 2) konni ishlash texnologiyasi; 3) quduqni ishlatish texnika va texnologiyasi; 4) burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; 9 5) jixozlar bosh reja sxemalari; 6) texnik iqtisodiy qism; 7) konni ishlash tahlili ustidan avtorlik nazorati. 1. “Konning geologik tavsifi” bo’limida geologik tuzilishi, mahsuldor qatlamning kollektorlik tavsifi (o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, har xilligi va boshqalar) keltiriladi, qatlam va yer yuzasi sharoitidagi neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy xossalari, uyumning tabiiy rejimlari yoritiladi. 2. ”Konni ishlash texnologiyasi” bo’limida ishlash sistemasi asoslanadi: 1) ishlatish ob`yekti ajratiladi, quduqlar to’ri yoki quduqlar joylashtirilishining umumiy sxemasi tanlanadi; 2) jami ishlash davridagi yillik neft, gaz va suv qazib olish hajmi aniqlanadi; 3) loyihalangan davrda yillar bo’yicha texnologik ko’rsatkichlarning o’zgarish dinamikasi (neft, gaz va suv qazib olish, quduqlar fondi, qatlam va usti bosimi o’zgarishi va boshqalar) asoslanadi; 4) uyumga mavjud ta’sir usuli (suv va gaz haydash) va neft beraoluvchanlikni oshirish uchun yangi ta’sir usullarini (issiqlik tashuvchilar, o’zaro eriydigan suyuqliklar, mitsillyar eritmalar va SFM ni haydash) asoslash; 5) konni ishlash jarayonini nazorat qilish va boshqarish tadbirlarini asoslash; 6) barcha turdagi quduqlar ishlatuvchi quvurlar tizmasi diametrini asoslash. 3. ”Quduqni ishlatish texnikasi” bo’limida: 1) quduqni ratsional ishlatish usulini asoslash; 2) quduqni favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usullarga o’tkazish muddatlari; 3) quduqni ishlatish uchun kerak bo’ladigan asosiy jixozlarni aniqlash; 4) ikki yoki undan ko’p qatamlarni bir quduq orqali ishlatish hajmi va imkoniyatlarini o’rnatish, shuningdek birgalikda suv (gaz) haydash hajmi va imkoniyatlarini o’rnatish; 5) quduqni ishlatish jarayonida tadqiqot ishlari majmui. 4. ”Burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish” bo’limida yoritiladigan savollar: 1) konni burg’ilash uchun burg’ilash qurilmalari sonini aniqlash; 2) quduq konstruksiyasini asoslash; 3) yuqori mahsuldorligini saqlagan holda, quduqni o’zlashtirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlab, burg’ilash va teshishda mahsuldor qatlamni samarali ochish shartini asoslash; 4) quduqni burg’ilash jarayonida olib boriladigan tadqiqot ishlari majmuasini 10 asoslash; 5) kondagi burg’ilash ishlari texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va kapital xarajatlarni aniqlash. 5. “Jixozlar bosh reja sxemasi” bo’limida quyidagilarni o’z ichiga oluvchi asosiy jixozlar sistemasi prinsipial yechimlari ishlab chiqiladi: quduqlar usti optimal bosimini tanlash, quvurlar tizimining gidravlik hisobi, har bir quduq flyuidini o’lchash bo’yicha avtomatik guruxiy o’lchov punktlarining optimal joylashtirilishi va sonini, nasoslar stansiyasi jamlamasini ratsional joylashtirilishi, siquv nasos stansiyasi (SNS), neft, gaz va suvni tayyorlash qurilmasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, yo’l, aloqa, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar; tashqi sanoat qurilish ob`yektlar bog’liqligini va qurilish materiallari, energo va suv ta’minoti, burg’ilash va neft qazib olish tashkilotlariga ishlab chiqarish xizmatlarini aniqlash; dengiz konlari uchun gidrotexnik inshootlarni tanlash asoslanadi, suv hududlari bo’yicha jixozlash ketma-ketligi va ishga tushirish navbatlari aniqlanadi. 6. “Texnik iqtisodiy qism” bo’limida quyidagilar aniqlanadi: 1) ishlash, burg’ilash, ishlatish va jixozlash, hamda keltirilgan xarajatlar bo’yicha texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash; 2) ko’rib chiqiladigan variantlar bo’yicha texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlar; 3) quduqni burg’ilash va jixozlashga solishtirma kapital xarajat normativlari va qurilish va montaj ishlari hajmi va kapital xarajatlarni; 4) mehnat va ishlatish xarajatlarini aniqlash. 7. “Konni ishlash tahlili ustidan avtorlik nazorati” bo’limida konni ishlash jarayonida to’plangan materiallar umumlashtiriladi, loyihaga kerakli tuzatmalar kiritiladi va uyumning geologik tuzilishi va yer bag’rida kechadigan jarayonlarning harakatlanuvchanligini hisobga oluvchi ishlashni me`yorlash bo’yicha tadbirlarni asoslanadi. Konni ishlash tahlili ustidan aftorlik nazorati takliflari kompleks sxema va ishlash loyihasida asoslangan prinsipial texnologik yechimlar asosida olib borilishi kerak. Kompleks sxema va loyiha tajribaviy ishlatish yoki sanoat ishlashga qo’shishning asosiy hujjati hisoblanadi. 11 Shunday qilib, neft konini ishlashni kompleks loyihalashda ikkita asosiy muammo yechiladi: sanoat neft zaxirasini ko’proq qazib chiqarish, shu bilan birgalikda loyihalash va yig’ish, tashish va neft, gaz va suvni tayyorlash tizimini qayta jixozlashga xarajatlarni sezilarli kamaytirish. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling