N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


XIV.2. Yuqori qovushqoq neft va neft mahsulotlarini suv bilan haydash


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

XIV.2. Yuqori qovushqoq neft va neft mahsulotlarini suv bilan haydash 
(gidrotransport) 
Qovushqoqligi yuqori neft va neft mahsulotlarini suv bilan birgalikda haydash, 
birdan bir samarali usullardan biri hisoblanadi. Suv bilan haydashning bir necha 
turlari mavjud. Ulardan biri qovushqoqligi yuqori neft yoki uning mahsulotlarini suv 
bilan birgalikda, ichki yuzasida spiral ko`rinishidagi ariqchasi bo`lgan quvurlar orqali 
haydaladi. Spiral ko`rinishidagi ariqcha suv va neft aralashmasini aylanma 
ko`rinishida oqishini sodir etadi. Natijada markazga intilma kuchlar hosil bo`lib, 
suvlar (og`irligi nisbatan katta bo`lganligi sababli) quvur devori tomonga intiladi. 
Natijada neft oqimining tashqi yuzasida suv xalqasi hosil bo`ladi. 
XIV.1-rasm. Spiral ko`rinishidagi ariqchasi 
bo`lgan quvurdagi neft va suvning oqim 
holatini ko`rsatuvchi chizma.
1-quvur. 2-suv xalqasi. 3-neft xalqasi. 
Suvning qovushqoqligi neftnikiga nisbatan kichik ekanligi, ishqalanishdagi 
umumiy yo`qotishni kamaytiradi. Natijada suv xalqasi ichida qovushqoqligi yuqori 
neft oqimi harakat qiladi. 
Bu usul bilan qovushqoqligi suvnikidan kichik bo`lgan neft va uning 
mahsulotlarini haydash mumkin. Spiral ko`rinishidagi ariqchasi bo`lgan quvurlarni 


202 
tayyorlash qiyin bo`lganligi uchun, bu usulni keng miqiyosda qo`llash mumkin 
bo`lmaydi. Suv bilan haydashning (gidrotransport) ikkinchi usuli neft yoki uning 
mahsulotlarini suv bilan umumiy aralashmasini hosil qilib haydashdir. 
Aralashmani qovushqoqligini kamayishi, ya‘ni ishqalanishdagi yo`qotilishni 
kichik bo`lishi, neftning suvdagi emulsiyasini hosil bo`lishi orqali sodir etiladi. 
Bunda zarrachasining sirti suv pardasi bilan qoplanadi. Natijada neft quvur devori 
bilan o`zaro ta‘siri bo`lmaydi, quvurning butun ichki yuzasi bo`yicha suv xalqasi 
hosil bo`lib, uning ichida neft-suv aralashmasi harakat qiladi. NS emulsiya turini 
hosil bo`lish sharoitini yaxshilash va uning turg`inligini oshirish uchun neft – suv 
aralashmasi tarkibiga sirt faol moddalar (SFM) qo`shiladi. Bu moddalar quvur ichki 
yuzasining 
xo`llanilishini 
kamaytirib 
haydashda, 
ishqalanish 
natijasidagi 
yo`qotilishni tez kamaytiradi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling