N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
XIV.6. Quvur uzunligi bo`yicha haroratning kamayishi
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV.1-grafik. Neft mahsuloti haroratining quvur uzunligi bo`yicha o`zgarish grafigi.
XIV.6. Quvur uzunligi bo`yicha haroratning kamayishi Isitilgan neft va uning mahsulotlarini haroratini quvur uzunligi bo`yicha kamayishi quyidagi grafikda keltirilgan. Keltirilgan grafikdan ko`rinib turibdiki, suyuqlik harorati pasayishi quvurning bosh qismidan uning oxirgi qismiga qaraganda keskin suratlar bilan kamayadi. 205 XIV.1-grafik. Neft mahsuloti haroratining quvur uzunligi bo`yicha o`zgarish grafigi. Buning asosiy sababi boshlanish davri (harorat yuqori bo`lganda) neft tarkibidagi parafinlar kristallanishi sodir bo`lmaydi va yashirin issiqlik ajralib chiqmaydi. Suyuqlik issiqligini tashqi muhitga sarfi natijasida harorat tez kamayadi. Suyuqlik harorati parafinning kristallanishi qotishiga tenglashganda parafinning kristallanish jarayoni sodir bo`ladi. Kristallanish jarayonida ajralib chiqayotgan yashirin issiqlik t miqdoridagi suyuqlikdan tashqi muhitga sarf bo`layotgan o`rinni qoplaydi. Natijada suyuqlik haroratining pasayish sekinlashadi. Bu o`z navbatida neft va neft mahsulotlarini haydash imkonini yaratadi. Issiq quvurlarni gidravlik hisobida suyuqlikning t b va zichligini bilish kerak bo`ladi. Shu maqsadda 8 neftning haroratini quvur uzunligi bo`yicha o`zgarishini t (XIV.1-grafik). Chunki zichlik va qovushqoqlik quvur t haroratiga ko`ra o`zgarib boradi. Neft va uning har bir harorat ko`rsatkichiga ma‘lum gidravlik nishab η uchastkalar bo`yicha to`la bosimni yo`qolishini suyuqlik va o`rtacha haroratiga ko`ra aniqlanadi. Neft yoki uning mahsulotlarini quvur uzunligi bo`yicha V.G. Shuxovni ifodasi bo`yicha aniqlanadi: GC Kd x O H e t t t t * 0 bu yerda t – quvurning boshidan x masofa oralig`idagi neft mahsuloti harorati (masalan issiqlik stantsiyasidan). Atrof muhit harorati (tuproq); t н – quvur boshidagi neft mahsulotlarini boshlang`ich harorati (issiqlik stantsiyasidagi neftning harorati); K – neft yoki uning mahsulotidan atrof muhitga issiqlik berish koeffitsiyenti (quvur uzunligi bo`yicha); 206 G – neft uning mahsulotini massaviy sarfi; S – neft yoki uning massaviy issiqlik sig`imi; d – quvurning ichki diametri. Neftning boshlang`ich harorat qiymati t н va neft mahsulotining harorat qiymati t к bo`yicha tegishli uchastka quvur uzunligi quyidagicha: o k O H t t t t Kd QC l ln bu yerda Q – neft yoki neft mahsulotini sarfi; – neft yoki neft mahsulotini zichligi. Quvurlarning ishlashini ishonchli bo`lishini hisobga olib isitiladigan neft yoki uning mahsulotlarini boshlang`ich haroratini 80–90 o C dan oshirmaslik kerak bo`ladi. Bunday haroratda quvurning mahkamligi va neft hamda uning mahsulotlarini fraktsiyalarga ajralish jarayonini oldi olinadi. “Issiq” quvurning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, haydash to`xtaganda neft yoki neft mahsulotlarini qotishiga yo`l qo’ymaslik kerak bo`ladi. Yana qaytadan ishga tushirish (haydash) uchun katta mehnat talab etiladi. Ishga tushurishda quvurni va uni o`rab turgan tuproqlarini qotmaydigan kam qovushqoqli suyuqliklar bilan (neft mahsulotlari yoki suv) yoki haydalayotgan asosiy suyuqlik bilan (neft va neft mahsuloti) taxminan qizdirish kerak bo`ladi. Buning uchun kam qovushqoqli neftlarni issiqlik stantsiyasida kerakli haroratgacha isitilib, keyin quvur ichiga haydaladi. Kerak bo`ladigan kam qovushqoqli neftning issiqlik stantsiyasidagi zahirasi quyidagicha aniqlanadi: V=Qτ bu yerda Q – isitish uchun sarflanadigan suyuqlik; τ - quvurni isitish uchun kerak bo`lgan vaqt. Amaliy ma‘lumotlarga qaraganda sistema chidash beradigan maksimal bosimda mahsulot haydalgandan, “issiq” quvurning oldingi o`tkazuvchanlik holatiga keltirish uchun 4 – 6 kun kerak bo`ladi. “Issiq” quvurlardan (haydash to`xtaganda) yuqori qovushqoqlik va yuqori haroratda qotuvchan neft va uning mahsulotlarini qotishini oldini olish “yo`ldosh – 207 isitish” orqali ham amalga oshiriladi. Bu usul katta quvurlar uchun ko`p ishlatiladi. Yo`ldosh quvurning diametri kichik bo`lib, u asosiy quvurga parellel qilib, umumiy izalyatsiya bilan zovurga yotqiziladi. Yo`ldosh quvur orqali issiq suv haydaladi. Natijada “issiq” quvurda neft va uning mahsulotlarining qotishini oldi olinadi. Issiq quvurlarning ishlatishdagi iqtisodiy tejamkorligini oshirish uchun, ma‘lum holatlarda, izalyatsiya qoplamlari bilan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling