N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
Nomozov Sh.R. – «Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi» MCHJ direktori; Raxmatov X.B. – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi, texnika fanlari nomzodi . 3 So‘z boshi Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashishning samaradorligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi, zamonaviy texnologiyalar va texnikalarni qo’llash, mavjud texnika va qurilmalardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi. Buning uchun esa chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislar talab etiladi. Mamlakatimizda yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida milliy tiklanish prinsiplari, mustaqillik yutuqlari, milliy g’oya, xalqimizning milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umum bashariy qadriyatlariga tayangan holda olib borilmoqda. Darslik yaratishdan mаqsаd «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» tа’lim yo’nаlishigа mоs, tа’lim stаndаrtidа tаlаb qilingаn bilimlаr, ko’nikmаlаr vа tаjribаlаr dаrаjаsini tа’minlаshdаn iborat bo’lib, fanni o’rganish natijasida talabalar kondagi neft, gaz, suvni yig‘ish, tayyorlash va tashishning usullari va mexanik hisoblashlarini bajarish, shuningdek mahsulotlarni yig’ish va tashishning asosiy parametrlarini hisoblash va optimallashtirishni o’rganib, ko’nikma hosil qiladilar. Ushbu darslik “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashish” fanning namunaviy dasturiga mos keladi. “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashish” fani kompleks fan hisoblanib, “Neft va gaz qatlami fizikasi” va “Neft va gaz ishi asoslari” fanlari bilan uzviy bog’liq. Darslik 5311900-“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun mo’ljallangan. 4 KIRISH Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” , “Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi. “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir. Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta’sischiligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling