N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
I.3. Neft, gaz va suvni yig‘ish va tashish sxemalarini loyihalashtirishda
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
I.3. Neft, gaz va suvni yig‘ish va tashish sxemalarini loyihalashtirishda
qo‘yiladigan asosiy talablar Har bir yangi oсhilgan kon uchun neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari loyihasi tuziladi. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlarini loyihalashda quyidagi talablar bajarilishi lozim: - neft, gaz va suvni har bir quduqda aniq o‘lchash; - quduqdan magistral neft uzatkichgacha bo‘lgan yo‘lning germetikligini ta’minlash; - texnologik qurilmalarda neft, gaz va suvni tovar mahsuloti darajasiga yetkazish; - kapital xarajatlarning yuksak iqtisodiy ko‘rsatkichiga erishish, metal talabchanlikni va ishlatish xarajatlarini kamaytirish; - texnologik qurilmalarni ishlatishni ishonchliligi va ularni zarur bo‘lganda avtomatlashtirish. Neft, gaz va suvni yig‘ish tizimining va texnologik qurilmalarning har xil iqlim sharoitlarida qo‘llash mumkinligi. Konlarda neft va gazni yig‘ish va tayyorlash tizimi quduqdan to neft yoki gazni tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, o‘lchov asboblari, yig‘ish punktlari, tayyorlash qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Neft, gaz qazib olish korxonalarida neft, gaz va suvni yig‘ish va tayyorlash texnologiyasi beshta jarayonni o‘z ichiga qamrab oladi: - har bir quduqdan kelayotgan neft, gaz va qatlam suvi tazyiqli tashlama quvur orqali avtomatlashtirilgan guruxiy o‘lchov qurilmasiga uzatiladi; - AGO‘Qda joylashtirilgan separator quduq mahsulotini gaz va suyuqlikka (neft+suv) ajratib beradi; 12 - neft, gaz va suvni AGO‘Q dan shu maydonning o‘zida joylashgan bir bosqichli separatorga uzatiladi; - bir bosqichli separatordan ajratib olingan neft gazi o‘z bosimi ostida kon ehtiyojlari uchun yoki uzoqdagi iste’molchilarga uzatiladi, neft bilan suv esa neftda erigan gaz bilan birgalikda ikki bosqichli separatorga yuboriladi. Bu yerda neft past haroratda gazsizlantiriladi va qatlam suvidan birlamchi tozalanadi. - ikki bosqichli ajratkichdan neft o‘zidan ajratilgan suv bilan tovar holiga yetishishi uchun separator-deemulgatorga uzatiladi, bu yerdan gaz separator – deemulgatordan o‘zining bosimi ostida GQIZ ga uzatiladi. Shunday qilib, neft va gazni yig‘ish va uzoqqa uzatishga tayyorlash quduq og‘zidan boshlanib, neft, gaz, suvni tayyorlash qurilmalarida tugaydigan yagona texnologik jarayondir. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ishni tashkillashtirish deganda neft – gaz – suv quvur uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan markazlashgan texnologik qurilmalarga uzatish tizimi tushuniladi. Neft yer ostidan chiqayotganida o‘z tarkibida turli xil tuzlar, mexanik zarrachalar, tabiiy gazlar va yo‘ldosh suvlarni olib chiqadi. Shuning uchun neft quduqdan chiqqanidan keyin konning o‘zida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib tayyor mahsulot holiga keltirilishi lozim. Tayyor neft mahsuloti davlat standarti bo‘yicha ma’lum talablarga javob berishi kerak. Neftni konda tayyorgarlik darajasiga ko‘ra uch guruxga bo‘lish mumkin. Ana shu guruxlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar I.1- jadvalda keltirilgan. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling