N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Tayyor neft mahsulotining fizik ko‘rsatkichlari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Tayyor neft mahsulotining fizik ko‘rsatkichlari 
I.1-jadval 
Ko‘rsatkichlar 
Guruxlar 



1.Xlor tuzlarining miqdori mg/dm
3
dan 
oshmasligi kerak 
100 
300 
900 
2.Suvning massa miqdori % dan oshmasligi 
kerak 
0,5 
1,0 
1,0 
3.Tog‘ jinsi zarrachalari % dan oshmasligi 
kerak 
0,05 
0,05 
0,05 
4.Bug‘ning 
to‘yinganlik 
bosimi 
kPa 
(mm.simob ust.) dan oshmasligi kerak
66,7 
66,7 
66,7 
(500) 
(500) 
(500) 
Tayyor neft tarkibidagi oltingugurtning massa miqdori bo‘yicha quyidagi 
sinflarga bo‘linadi: 
kam oltingugurtli – 0,60 % gacha; 
oltingugurtli – 0,61 dan 1,80 % gacha; 
yuqori oltingugurtli – 1,80 % dan yuqori. 
Shuningdek tayyor neft 20
o
C dagi zichligi bo‘yicha ham quyidagi uch sinfga 
bo‘linadi: 
yengil – 850 kg/m
3
gacha; 



o‘rtacha – 851 dan 885 kg/m
3
gacha; 
og‘ir – 885 kg/m
3
dan yuqori. 
I.2.
 Neft konlarini ishlatishni kompleks sxemalari va loyiha tuzish
uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumotlar 
Konlarini ishlatishni kompleks sxemalarini tuzish uchun ilmiy-tadqiqot 
institutidan olingan geologik ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan qatlamlarni aniq 
tadqiq qilingan boshlang‘ich ma’lumotlari, burg‘ilashdan chiqarilib ishlatishga 
topshirilgan, razvedka va ishlatish quduqlari haqidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi. 
To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra kompleks sxema tuziladi, so‘ngra konlarni 
kompleks ishlatish loyhasi tuziladi. 
Yangi ochilgan konni jixozlash to‘liq to‘plangan kompleks sxemaga va 
ishlatish loyihasiga asoslangan. Konlarni jixozlashda ishlatiladigan barcha turdagi 
quvurlar, ya’ni neft, gaz va suvni yig‘ish va tashish tizimiga qo‘yiladigan talablar: 
- konda neft, gaz va suvni yig‘ish sistemasida va tashishda qo‘llaniladigan 
quvurlar turlari; 
- siquv nasos stansiyalarini qurilmalari (SNS); 
- neftni tayyorlash qurilmalari (NTQ); 
- suvni tayyorlash qurilmalari (STQ); 
- kompressor stansiyasi (KS); 
- tarmoqli nasos stansiyasi (TNS). 
Bizga ma’lumki quduqlarni joylashtirish, konni jixozlash sistemasini 
belgilaydi, shu jumladan quduq usti jixozlarining texnologik ishlash rejimi konni 
ishlash jarayoniga ta’sir qiladi. 
Yer usti jixozlari o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash, turli quvurlarni tanlash, konda 
montaj ishlarini olib borish, konni kompleks sxemasini tuzish va ishlatish loyihasini 
tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar yig‘iladi: 
1) konni yillar davomida ishlatishda neft, gaz va suvning qazib olish hajmi
2) konni yillar davomida davriy ishlash vaqtida quduq usti bosimini 
o‘zgarishi; 



3) quduqlarni maydon bo‘ylab joylashtirish (quduqlar to‘ri); 
4) quduq chuqurligi va quduq tanasi bo‘ylab haroratning o‘zgarishi; 
5) neft tarkibi, qatlamdagi va quduq ustidagi zichligi va qovushqoqligi, uning 
tarkibidagi parafin, asfalten, naften, smola, oltingugurt va nordon gazlar; 
6) gaz faktorlarining taxminiy o‘zgarishi, ishlash jarayonida, neftli gazning 
guruxiy tarkibi va zichligi; 
7) qatlam suvlarining fizik-kimyoviy tasnifi (ion tarkibi, zichligi, ishqorliligi, 
kislotaliligi va korrozion aktivligi); 
8) neft konining metrologik va iqlim sharoitlari, yog‘ingarchilik miqdori, 
maksimal va minimal havo harorati; 
9) ishlatish va haydovchi quduqlarning kondagi strukturaviy xaritasi; 
10) suv manbasi, elektr energiya, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari; 
11) topografik xarita. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling