Qatlamga gaz va erituvchilarni haydash


Download 1.26 Mb.
bet1/6
Sana08.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1254286
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
gaz lift


1.1 Qatlamga gaz va erituvchilarni haydash
Qatlam bosimini saqlamasdan turib, birlamchi ishlatib bo'lingan uyumlarda suv yoki gaz haydashni qo'llashda, haydovchi quduqlar orasidagi masofaning chegaralanganligi, qatlamning yuqori drenajlangani natijasida bosim oshadi. Bunday hollarda haydovchi quduqlarni butun qatlam bo'yicha neftlilik chegarasida bir hil joylashtirish kerakki, bunda bitta haydash quduqiga 1-2 ta ishlatish quduqi to'qri kelsin.
Bunday suv bostirish, ya'ni butun maydon bo'ylab haydash quduqlari bir tekisda joylashtirilsa, maydonli deb ataladi. YUqori samaradorlikka erishish uchun quduqlarni (suvli va neftli) to'qri geometrik to'r bo'yicha joylashtirish maqsadga muvofiq.
Keng tarqalgan maydon bo'ylab suv bostirishning quyidagi turlari mavjud:
1.Chiziqli suv bostirish tizimi, ishlatish va haydash quduqlari to'qri chiziqli va
parallel qatorlarning ko'ndalang bo'ylab almashinuvidan iborat
2.Besh nuqtali tizim. qar haysi ishlatish quduqi to'rt tomonidan haydash quduqlari bilan o'ralgan, bunda ishlatish quduqlarining haydash quduqlariga nisbati 1 ga teng. Gazberuvchanlikni oshirish hususida qo'yidagi muloqazalar mavjud.
Ma'lumki gazberuvchanlik koeffitsienti gaz tarzida yuqori ko'rsatgichga ega (0,9-0,95) va suv siquvi tarzi bilan gaz tarzi mavjud bo'lgan hollarda (aralash tarz) gaz beruvchanlik koeffitsienti ancha past va ba'zi hollarda u ko'rsatgich juda pasayib ketadi ( 0,6-0,7 atrofida). Bunga asosiy sabab bosim pasayishi tufayli chekka suvlarning qatlamga kirishi va uyumni bosib qo'yishida.
qatlamga suv kirishi natijasida anchagina gaz qatlamda qolib ketadi va yana bir qismi suvda erib nobud bo'ladi. Shuning uchun bunday tarzdagi uyumlarda gaz-suv chiziqining o'zgarmas holatda bo'lishiga erishmoqlik, ya'ni qatlam suvlarining uyum hududiga kirishiga yo'l qo'ymaslik maqsadga muvofiqdir. Bu holatga qatlamning suv gaz chegarasiga joylashgan quduqlar yordamida suvning yo'lini to'suvchi agent (cement eritmasi, yuqori qovushqoqlikka ega bo'lgan moddalar va sh.k.) haydash bilan suvning yo'lini to'sish maqsadga muvofiqdir.
Shuni aloqida hayd etmoq lozimki, kollektorlar karbonat jinslardan iborat bo'lgan hollarda quduq tubiga kislota eritmasi haydash, ya'ni quduq tubini kislota bilan ishlash juda yahshi natijalar beradi. Fikrimizga, kislota haydashni vaqti-vaqti bilan haytarib turish ham foydadan qoli bo'lmaydi, kislotaning ta'sir ko'lami va radiusi kengayib, o'sha joylardagi qoldiq Mahsulotning quduq tubiga siqib kelishiga imkon tuqiladi. Bunday usullar mamlakatimiz konlarida o'zining amaliy ahamiyatini namoyon qilgandir.
Gaz konlarida ham kislota bilan ishlash quduq Mahsuldorligini oshiradi va o'zini yah-shi oqlaydi. Respublikamizdagi Sho'rtan gazkondensat konida quduqlarni kislota bilan ishlash bir, ikki va uch martalab o'tkazilanligi ma'lum. Ularning ishini taqlil qilish natijasi qilingan ishlarning ijobiy ekanligini ko'rsatdi.
Bu usul nafaqat karbonat kollektorlarda ho’llanadi, ularni qumtoshlarda karbonat cement mavjud bo'lgan hollarda ho’llansa ham yahshi natijalar beradi.
Agar kollektor terrigan bo'lib, ular tarkibida gillanish mavjud bo'lsa, hlorid kislota bilan ftorid kislotani qo'shib qo'llash maqsadga muvofiq bo'lib, yahshi natijalar beradi.
Gazberuvchanlik koeffitsienti yoriqli kollektorlarda agar u gaz tarzida ishlayotgan bo'lsa ancha yuqori bo'lishi mumkin, mabodo uyum suv siquvi tarzida ishlasa unday uyumning gaz beruvchanlik koeffitsienti ancha past bo'ladi. Bunga asosiy sabab qovaklardan yoriqlarga oqib chiquvchi gazlar o'sha yoriqlarning suv bilan to'lganligi bois o'z joylarida qolib ketishligidir., Kollektorning yoriqlar bilan bo'lishgan bo'laklari umuman hech qanday ta'sir ko'rmay o'z o'rnilarida qolib ketishlari natijasida qatlamning (uyumning) umumiy gaz beruvchanligi ancha past ko'rsatgichga ega bo'ladi.
Gaz quduqlarida kislota bilan ishlov berish, qo'shimcha oraliqlarni otish, gidro kumli teshgich bilan ishlash va shu kabilar quduqning Mahsuldorligini oshirish mumkin va bu gazberuvchanlikni oshirishga olib keladi. Bu borada o'lkamizdagi ko'plab konlarni ishlatish e'tiborga loyiq bo'lib, misol tariqasida SHo'rtan konini keltirishimiz mumkin. SHo'rtan konidagi qar bir quduq 1-2 hatto 3 martalab kislota bilan ishlovga duchor qilinadi va qar gal bu ishlov o'zining ma'lum darajadagi samarasini beradi. Demak bu usul gazberuvchanlik koeffitsientini oshirishga yordam beruvchi omillardan qisoblanadi
Mavjud shart-sharoitda uyumni ishlatish boshlanishidanoq suv haydashni qo'llash neftberaoluvchanlik koeffitsientini 60-85% gacha etkazish mumkin. Amerikalik mutahassisning qisoblashiga qaraganda Ist-Tehas konida yakuniy neftberaolishlik 80% ni tashkil etishi mumkinligini ko'rsatgan.
Vakuum jarayoni - qatlam energiyasi so'nib borayotgan uyumlarda qazib olishni jadallashtirish usuli bo'lib, unda chuqurlik nasos yordamida ishlaydigan quduqlarning quvur orti muqitidagi neftdagi gaz va neftbug’lari so'rib olinishga asoslangan.
Vakuum jarayoni neft qazib olishning mustaqil ikkilamchi usuli bo'lib, qatlamdagi neftsatqi qatlam ustki qismidan pasayganda ho’llaniladi.
Gazni so'rib olish qatlamga qo'shimcha depressiyani qosil qiladi. Buning natijasida berk qovaklardagi gaz pufakchalari kengayib, neftni siqib chiqaradi. Bundan tashqari, engil frakciyalar neftsatqi ustida bug’lanib, so'rilayotgan gaz bilan birga chiqadi. Bu holda neftning oqir frakciyalari



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling