Qatlamga gaz va erituvchilarni haydash


-rasm. Gazlift quduqining konstruktsiyasi


Download 1.26 Mb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1254286
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
gaz lift

4.3-rasm. Gazlift quduqining konstruktsiyasi.
a – bir qatorli; b – ikki qatorli; d – bir yarim qatorli.
U tashqi qatordagi quvurning davomi hisoblanadi (4.3-rasm, d).
Bir qatorli ko’targichlarni jihozlashda shartli diametrlari 48 mm dan 89 mm gacha bo’lgan NKQ-lar qo’llaniladi.
Ikki qatorli ko’targichlar uchun tashqi qator tizmasi uchun 114 mm.dan – 73 mm.gacha, ikki qator tizma uchun 48 mm.dan – 73 mm.gacha bo’lgan quvurlardan foydalaniladi.
Mustahkamlash tizmasining ichki diametri va NKQ muftasining tashqi sirti orasidagi masofa 12-15 mmni tashkil etadi.
Gazlift quduqlarini ishlatishga tushirishda quduq usti armaturasi bilan jihozlanadi va quduq ustining germetikligi ta’minlanadi. NKQ-lari osiladi, ishchi agentlarni quvur oralig’i fazasiga haydash va gaz suyuqlik aralashmasi quduqdan otma tizimga haydaladi. Bir qatorli ko’targichning armaturasi 4.4-rasmda tasvirlangan.
Tizma boshchasiga (1) chorbarmoq (2) o’rnatilgan, qaysiki planshayba (4) orqali NKQ-ga(3) osiladi. Halqa oralig’i orqali ishchi agent gaz taqsimlash hujrasidan otma halqa (6) oralig’i tizimiga to’planadi, bunda qulfaklar (5 va 9) ochiq, qulfaklar (7, 8 va 14) yopiq. Gazsuyuqlik aralashmasi NKQ-lari orqali ko’tarilib, qulfakka (9) va otma tizim (10) orqali guruhli gaz separator qurilmasiga yo’naltiriladi. Quduqni ishlatish davomida markaziy qulfaklar (7 va 8) ochiq, qulfaklar (5 va 9) yopiq. Chorbarmoqda (13) bufer tiqin (zaglushka) (11) manometr (12) bilan o’rnatilgan. Tadqiqotlar o’tkazish kerak bo’lsa, mos keladigan asboblar tushiriladi. Bunda bufer (11) bekitgichi bilan birgalikda rolikli lubrikator o’rnatiladi.
Ishchi agent sifatida neft uyumidagi yuqori qatlam bosimidan yoki siqilgan tabiiy gazdan foydalanish mumkin. Bunday usulda neft olishga kompressorsiz gazlift usuli deb ataladi. Bunda neftgaz konlarida quduq ichi gazlift usuli qo’llaniladi. Quduqqa tabiiy gaz to’g’ridan-to’g’ri qatlamdan kirib keladi va ko’tarib chiqish jarayonini amalga oshiradi. Umumiy sxemasi (4.4-rasm)da tasvirlangan.
Siqilgan gaz quduqdan (1) chiqib, olovli qizdirgich (2) orqali (agar gaz harorati 250S.dan kichik bo’lsa) o’tadi, kristalli gidrat eriydi, undan keyin gidrosiklonli separatorga (3) kiradi. Bu yerda gaz kondensatdan ajraladi va kondensat yig’gichga (4) yig’iladi. Quruq gaz infraqizil olovsiz qizdirgichdan (5) o’tib, 30 – 900S gacha qizdiriladi va taqsimlash (GRB–gaz taqsimlash batariyasi) (6) batariyasida to’planadi, bu erda o’zining bosimida gazlift (7) qudug’iga uzatiladi va neftni tarkibidan gazni ajratib olish uchun guruhli gaz (8) ajratgichga yo’naltiriladi. Neft gaz ajratgichdan neftli kollektorga, gaz esa – gazbenzin zavodiga (GBZ) yoki iste’molchiga jo’natiladi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling