4.4-rasm. Gazlift usulida quduqni ishlatishning soddalashtirilgan armaturasining sxemasi.
1-tizma boshchasi; 2-chorbarmoq; 3-nasos – kompressor quvurining qisilishi; 4-planshayba; 5, 9-ochiq qulfaklar; 7, 8, 14-yopiq qulfaklar; 6-otma tizim; 10-guruhli gaz separator; 11-to’liq bekitgich; 12-manometr; 13-chorbarmoq.
Kristalli gidratning shakllanishi ko’p holatda tabiiy gazning tarkibiga, namning miqdoriga, bosim va haroratga bog’liq bo’ladi.
4.5-rasm. Kompressorsiz gazlift siklidan gaz ishchi agenti sifatida gaz uyumidan foydalanish sxemasi.
1-quduqdan siqilgan gazni chiqishi; 2-olovli isitgich; 3-gidrosiklonli separator; 4-kondensat yiqgich; 5-olovsiz infraqizil qizdirgich; 6-gaz taqsimlash batariyasi (GTB); 7-gazlift qudug’i; 8-guruhli gaz ajratgich.
Bosim oshirilganda gidrat shakllanishning boshlanishida harorat ko’tariladi. Gidrat shakllanish jarayoniga gaz oqimining turbolentligi ta’sir qiladi. Bunda shtutser o’rnatish katta rol oynaydi, chunki gazning haroratini o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Xulosa
Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. Gazlift quduqlarni ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarni paydo bo‘lishi kuzatilsa, armaturaning usti qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik tozalash yo‘li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari bilan kurashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |