Qatlamga gaz va erituvchilarni haydash


Neft quduqlarini gazlift usulida ishlatish


Download 1.26 Mb.
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1254286
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
gaz lift

1.3 Neft quduqlarini gazlift usulida ishlatish
Quduq mahsulotini qatlamdan yer yuzasigacha ko‘tarish uchun qatlam energiyasi yetarli bo‘lmasa favvoralanish to‘xtaydi. Quduqdagi ko‘targich orqali quduqlarning boshmog‘iga sunʼiy tarzda gaz yoki havo haydab favvoralanishni davom etdirish mumkin.
Gaz yoki havoni kerakli bosimgacha siqib berish talab qilingani sababli kompressop ishlatiladi va quduqning bu tarzda ishlatilishi «kompressop usuli” deb ataladi. Gaz yoki havo ko‘targichining prinsipial ishlashi favvopa qudug‘ida suyuqlikning kengayib beradigan gaz energiyasi taʼsirida favvoralanish bilan bir xil.
Ishchi agenti sifatida gaz ishlatilsa bu ko‘targich ,,gazlift”, havo ishlatilganda esa ,,erlift” deb ataladi.
Ayrim hollarda ko‘targichning ishini taʼminlash uchun yuqori bosimli uyumning gazi ishlatilsa, kompressorga zarurat tug‘ilmaydi va bu holat «kompressorsiz gazlift” deb ataladi.
Kompressor usulida quduqlarni ishlatish uchun ular bir qatorli yoki ikki qatorli ko‘targichlar bilan jihozlanadi.
Bir qatorli ko‘targichning ishlash tarsi 3.1.-rasmda ko‘rsatilgan.
Quduq ishga tushirilguncha suyuqlik sathi mustahkamlovchi quvur va favvora quvurlarida bir xil balandlikka ega (statik sath).
a - quduq ishga tushirilishdan oldin statik sath;

Havo

Havo

Dinamik sath

Aralashma

Suyuqlikning statik sathi

A B D
3.1-rasm. Kompressor quduqlarining ishlatish sxemasi
a-ishchi agentni haydashdan oldin suyuqlik sathi;
b-suyuqlik quvur ortgi qismida NQQlarning boshmog‘igacha haydash
d-quduq orqali aralashma oqimi

b - quvur ortki qismida suyuqlik nasos kompressor quvurlarining boshmogigacha siqib tushirilgan;


d - ko‘targich quvurlar orqali aralashma oqimi
Rasmdan ko‘rinishicha agar mustahkamlovchi quvur va nasos-kompressor quvurlari oraligiga (halqaga) kompressor ѐrdamida ishchi agenti haydalsa, quvur ortki qismida sath pasayib, nasos-kompressor quvurida esa ko‘tariladi. Shu tarzda quvur ortki qismida sath NQQ boshmogigacha pasayadi va xaydaladigan havo ѐki gaz boshmoq orqali NQQ ga o‘tib suyuqlikda eriy boshlaydi.
Gaz yoki havoning muntazam berilib turilishi natijasida aralashma zichligi pasaya boradi va bu aralashma yer yuzasigacha ko‘tarilib, quduqdan oqa boshlaydi. Ko‘targich quvurda suyuqlik sathining ko‘tarilishi nafaqat berilaѐtgan ishchi agentiga, balki bu quvurlarning suyuqlikka cho‘kish chuqurligiga ham bog‘liq.
Suyuqlik sathining ko‘tarilish balandligi shuningdek ko‘targich diametriga ham bog‘liq. Ishchi agentining bir xil sarflanishida kichik diametrli quvurda suyuqlik ko‘tarilish sathi balandroq bo‘ladi. Sath ko‘tarilishiga suyuqlikning qovushqoqligi ham taʼsir etadi. Masalan, suvga nisbatan neftning sathi balandroq bo‘ladi, chunki neftning qovushqoqligi suvdan pastroq. Demak, kompressor ko‘targichining ishlash prinsipi ko‘targich quvurlardagi suyuqlik sharoitini bashoratlash va uning o‘rtacha solishtirma og‘irligini pasaytirishni mo‘ljallashdan iborat.
Ikki qatorli ko‘targichlarda birinchi qator quvurlari (katta diametrli) quduqqa ishchi agentini haydashga va ikkinchi qator quvurlari (kichik diametrli) suyuqlikni ko‘tarishga xizmat qiladi.
Kompressor ko‘targichni hisoblashda quyidagi o‘zgaruvchan qiymatlar aniqlanadi;
- cho‘kish chuqurligi, suyuqlikning ko‘tarilish sathi, cho‘kish foizi, ko‘targich quvurlari diametri;
- haydaladigan ishchi agenti hajmi, ko‘tariladigan suyuqlik miqdori.
Quduq ishlaѐtganda ko‘targich boshmog‘idagi bosimga teng ravishda gazsizlangan suyuqlik balandligi cho‘kish chuqurligiga teng.
h = 10*Рбош \ g
Bu yerda: Pбош ko‘targich quvurlarning boshidagi bosimi. at
h - ko‘targichning cho‘kish chuqurligi, m.
Suyuqlikni ko‘tarilish balandligi N0 quduqdagi suyuqlik sathidan quduq ustigacha bo‘lgan masofa bilan o‘lchanadi.
Н0 = L - h
bu yerda L - ko‘targich balandligi, m. Ko‘targichning suyuqlikka cho‘kish foizi;
h,% = h \ L * 100
Kon sharoitida cho‘kish foizini qo‘yidagicha ham hisoblash mumkin:
h,% = 10 * Pишчи \ g * L * 100
Quduqni ishga tushirishda ishchi agenti ko‘targich quvurlarning ostki qismigacha yo‘naltiriladi. Halqali sistemali bir qatorli ko‘targichda halqa qismiga haydaladigan ishchi agenti suyuqlikni pastga qarab siqadi va suyuqlik ko‘targich kolonnaga o‘ta boshlab sathi ko‘tarila boshlaydi. Quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan oshganda, suyuqlikning bir qismi qatlamga ham haydaladi. Yutilgan suyuqlik hajmi quduqning mahsuldorlik koeffitsiyenti va suyuqlikning haydalish vaqtiga bog‘liq. Ko‘targich quvurlarida suyuqlik sathining ko‘tarilishiga mos ravishda ishchi agentining bosimi ham ortib boradi. Quvur ortki qismida (halqa qismida) suyuqlik sathi ko‘targich quvurlarning boshmog‘igacha pasayganida, ko‘targichdagi suyuqlik sathi yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Ishchi agentining bosimi bu paytda maksimal qiymatga ega bo‘lib, bu bosim ,,ishga tushirish bosimi” deb ataladi.
Bu bosimda ishchi agenti ko‘targich quvurlarga o‘tib undagi suyuqlik sathini ko‘taradi va bu suyuqlikni qisman gazlantiradi. Natijada quduqdan suyuqlik keskin otiladi. Bundan so‘ng, sath pasayib, quvurlarning cho‘kishi kamayadi, ko‘targich quvurlarning boshmog‘ida bosim qatlam bosimiga nisbatan pasayadi, otiladigan suyuqlik miqdori ham pasayadi. Qatlam bosimi va quduqdagi suyuqlik sathi bosimi orasidagi farq taʼsirida qatlamdan
Quduqqa qarab suyuqlik oqa boshlaydi va maʼlum muddatdan so‘ng qatlam bilan ko‘targichning ishi muntazam ravishda bo‘ladi. Quduq normal holatda ishlay boshlaydi va shundan boshlab haydaladigan ishchi agentining bosimi doimiy bo‘lib u «ishchi bosimi” deb ataladi.
Quduqni ishga tushirish bosimi ko‘targich konstruksiyasi, quduq diametri, quduqdagi suyuqlik sathi va ko‘targich quvurlarning suyuqlikka cho‘kish darajasiga bog‘liq.
Bir qatorli halqali sistemadagi ko‘targich uchun
Pишчи = h*g \ 10 * D2 \ D2*d2;
Bir qatorli markaziy sistemadagi ko‘targich uchun
Pишчи = h*g \ 10 * D2 \ d2;



Bosim kg/sm2

Vaqt, min

3.2-rasm. Kompressor qudug‘I ishchi bosimining o‘zgarishi


Maksimal ishga tushirish bosimi;
Ришчи мах = L * r * q;
Minimal ishga tushirish bosimi;
риш миn = h * r * q;
bu yerda: h - ishchi agenti haydalishi natijasida ko‘targich quvurlarda sath ko‘tarilishi;
γ- quduqdagi suyuqlik aralashmasining o‘rtacha
solishtirma og‘irligi; D - mustahkamlovchi quvur diametri; d - ko‘targich quvurlari diametri ; L - ko‘targich quvurlari uzunligi;
Odatda gazlift quduqlarini ishga tushirish uchun ishchi bosimini taʼminlash kompressorning yuqori kuchlanishini talab qiladi va baʼzan uni taʼminlash qiyin. Shuning uchun imkoni boricha quduqni ishga tushirish bosimini pasaytirish choralarini ko‘rish kerak.
Ishga tushirish bosimini pasaytirishning quyidagi usullari mavjud;
1. Qatlamga suyuqlik haydash usuli. Bu usul suyuqlikni yaxshi yutadigan qatlamlarda muvaffaqqiyatli qo‘llaniladi. Bunda ko‘targich quvurlar va halqa qismiga bir vaqtning o‘zida katta bosim taʼsirida ishchi agenti haydalib, quduqdagi hamma ochqich-yopqichlar bir necha soatga berkitilib qo‘yiladi. Bu vaqt mobaynida suyuqlikning bir qismi qatlamga o‘tadi va quduqda suyuqlik sathi pasayadi. Ishchi agentini ikkinchi marta haydaganda halqa qismidan suyuqlikni ko‘targich quvurlarga siqib, quduqni tez ishga tushirish imkoniyati tug‘iladi.

  1. Ko‘targich quvurlarini uzaytirish usuli. Bu usulni mahsuldorlik koeffitsiyenti past bo‘lgan quduqlarda qo‘llash tavsiya etiladi.

  2. 3. Markaziy sistemadan halqali sistemaga o‘tish. Bu usulni qo‘llashda dastavval ko‘targich quvurlar orqali ishchi agentini haydab halqa qismidan suyuqlik aralashmasi olinadi. Quduqdan

  3. bir qism suyuqlik olingandan so‘ng ko‘targich markaziy sistemadan halqali sistemaga o‘tkaziladi, yaʼni halqa qismiga ishchi agenti haydalib ko‘targich quvurlar orqali suyuqlik aralashmasi olinadi.

5. Ko‘targich quvurlarni maʼlum joylarda teshib qo‘yish. Maʼlumki, ishchi agentini haydash jaraѐnida bu agent ko‘targich quvurlarning boshmog‘iga yetmaguncha undagi suyuqlik gazlashmaydi. Agar ko‘targich quvurning boshmogidan yuqoriroq bir ѐki bir necha joyida mahsus teshiklar qoldirilsa, halqa qismida suyuqlik sathi kamaygani sari bu teshiklar orqali ishchi agenti ko‘targich quvurlarga o‘tib suyuqlikni tez gazlashtira boshlaydi va quduqni ishga tushirish tezlashib, ishchi bosimini pasaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Lekin quduq muntazam ishlay boshlagandan so‘ng, mahsus teshiklar orqali ko‘targichga o‘tadigan ishchi agentining sarflanishini tejash maqsadida teshiklar o‘rnatilgan joylarda
6. maxsus ishga tushirish klapanlarini o‘rnatish maqsadga
muvofiqdir.
Gazlift quduqlarining normal ishlashiga quyidagi
sharoitlar halakit beradi: qum tiqinlari paydo bo‘lishi; tuzlar cho‘kishi; ko‘targich quvurlar va mahsulot yo‘naladigan kuvurlarda parafin qotib qolishi;mahsulot olinadigan yo‘nalishning ifloslanishi.
Qum taʼsiri va qum tiqini paydo bo‘lishiga qarshi quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
1.Maxsus shtutserlar ѐrdamida olinadigan suyuqlik miqdorini boshqarish.
2.Ko‘targich quvurlarning cho‘kish chuqurligini o‘zgartirish va o‘zgaruvchan kesimli ko‘targichlardan foydalanish.
3.Quduqni ohista ishga tushirish, yaʼni olinadigan suyuqlik miqdorini sekin asta oshirib borish.
4.Mos keladigan konstruksiyali ko‘targich tushirish. Gazlift quduqlarini ishlatishda mehnat muhofazasi va
atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida quyidagi tadbirlar bajariladi.
a) Quduq usti uskunalarining zichligini (germetikligini) muntazam nazorat qilib turish;
b) Shtutser va flanetsli prokladkalarni o‘z vaqtida almashtirish;
v) Armatura ishchi bosimidan 1.5 baravar yuqori bosimda opressovka qilinishi;
g) Portlash darajasigacha yetadigan aralashma paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida kompressorlar joylashgan budka va binoni doim shamollatib turish.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling