13
5. Neft, gaz, suvni yig‘ish va tayyorlash texnologiyasi nechta jarayonni o‘z
ichiga oladi?
6. Yig‘ish tizimini loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablar.
I- bob bo’yicha xulosa
Bu bo’limda neft konlarini ishlashni kompleks loyihalashtirishning asosiy
talablari, kon jixozlarini ishlatish loyihasini tuzish haqida qisqacha ma’lumotlar, neft
konlarini ishlatishni kompleks sxemalari va loyiha tuzish uchun kerakli boshlang‘ich
ma’lumotlar,
neft konlarini ishlash loyihasi
va ikki bosqichli kompleks
sxemalashtirish,
neft, gaz va suvni yig‘ish sxemalarini loyihalashtirishda qo‘yiladigan
asosiy talablar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
14
II-bob. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari
II.1. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar
Neft
quduqlari mahsuloti neft, gaz va minerallashgan qatlam suvlarining
aralashmasini namoyon qiladi. Ko‘pincha neft va suv tabiiy
aralashish natijasida
emulsiyani hosil qiladi. Bundan tashqari gaz quduqlari mahsuloti tarkibida gazdan
tashqari suyuk fazalar tomchi ko‘rinishida va suv bug‘lari bo‘lishi mumkin.
Shuningdek quduq mahsuloti tarkibida gaz va suyuqlikdan tashqari turli xil mexanik
aralashmalar: qum va gil zarralari hamda neft tarkibidan
ajraladigan qattiq
uglevodorodlar – parafinlar bo‘ladi. Shu sababli neft va gazni yig‘ish va jo‘natishga
tayyorlash hamda quduqdan chiqayotgan mahsulotni o‘lchash uchun kon hududida
quvurlar, apparatlar va qurilmalar sistemasi quriladi.
Konda neft va gazni yig‘ish tizimi quduqdan to
neft yoki gazni tayyorlash
qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z ichiga
oladi.
Quduqlardan kelayotgan neftni yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: