25
Zevarda konidagi yig‘ish tizimida bir nechta yig‘uv
punktlari,
siquv
kompressor stansiyasi va gazni kompleks tayyorlash qurilmasi mavjud.
Kondagi yig‘ish tizimiga quydagilar kiradi:
- yig‘uv punkti (YP);
- kirish quvurlari bloki (KQB);
- gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ).
Zevarda koni qurilmasiga Alan gaz konidan 15 ta (№№2, 17, 101, 107, 145,
147, 150, 153, 155, 156, 167, 178, 182, 186, 188) quduq ishlamoqda. Uzunligi 16 km
bo’lgan diametri 530 mm gaz kollektoridan Zevarda koni gazni kompleks tayyorlash
qurilmasiga kirish bosimi 74 atm bilan HSB (havoli sovutish bloki) orqali o’tib 4 va 6
nitkalarda ishlayapti. Bir soatda bir necha ming m
3
gaz va bir necha tonna kondensat
Zevarda GKTQdan MGQIZ ga berilyapti.
2-ta №№230,305 gaz qudug’ida neft mahsuloti
borligi sabab neft beruvchi
quduqlar fondiga o’tkazildi. «Zevarda» NTQ ga ishga qo’shildi.
Hozirgi vaqtda
Jeynov, Pirnazar koni quduqlari birgalikda NTQ ga ishlayapti.
Nazorat savollari:
1. Yangi oshilgan kon uchun nechta loyiha tuziladi?
2. Ishlash loyihasi o‘z ichiga nimalarni oladi?
3. Jixozlash loyihasi o‘z ichiga nimalarni oladi?
4.
Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlarini loyihalashda qanday talablar
bajarilmog‘i lozim?
5. Yig‘ish tizimini loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablar.
II- bob bo’yicha xulosa
Bu bo’limda konlarda neft, gaz va suvni yig‘ish
tizimlari, konlarda neft, gaz va
suvni yig‘ish tizimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, konlarda qo‘llaniladigan neft,
gaz va suvni yig‘ish tizimlari, ularning yutuq
va kamchiliklari, gaz konlarida gazni
yig‘ish tizimlari, “Zevarda” konida tabiiy gazni yig‘ish tizimi haqidagi ma’lumotlar
keltirilgan.