N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Kompressor mashinalarning asosiy xarakteristikalari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Kompressor mashinalarning asosiy xarakteristikalari. 
Turi 
Qo’llanilishi 
Sarfi, m
3
/min 
Bosim orttirish 
darajasi 
Aylanishlar 
soni 
Porshenli 
Vakuum-nasoslar 
Kompressorlar 
0-100 
0-500 
1-50 
2,5-1000 
60-1500 
100-3000 
Rotorli 
Vakuum-nasoslar 
Xavo xaydagich 
Kompressorlar 
0-100 
0-500 
0-500 
1-50 
1,1-3 
3-12 
250-6000 
300-15000 
300-15000 
Markazdan 
qochma 
Ventilyatorlar 
Xavo xaydagich 
Kompressorlar
0-6000 
0-5000 
100-4000 
1-1,15 
1,1-4 
3-20 
300-3000 
300-3000 
1500-45000 
Bo’ylama 
Ventilyatorlar 
Kompressorlar
50-10000 
100-15000 
1-1,40 
2-20 
750-10000 
500-20000 
 
XI.2. Gazni transport qilishda qo‘llaniladigan kompressorlar 
Neft va gaz sanoatida kompressorlar juda keng qo‘llaniladi. Masalan, gaz 
sanoatida magistral gaz quvurlarida, konlarda quduqlardan chiqayotgan gazni yig‘ish, 
yer osti gaz omborlariga gaz haydash, uzoq masofaga uzatuvchi quvurlarni sinash 
uchun va boshqa maqsadlarda ishlatilsa, neft sanoatida qatlamga gaz haydash, 
quduqlarni gaz ko‘targich usuli bilan ishlatish, quduqlarni ishga tushirish uchun 
ishlatiladi. 
Kompressorlarni xalq xo‘jaligida juda keng ishlatilishiga ko‘ra porshenli va 
markazdan qochma kompressorlar tuzilishiga, ishlash tarziga, quvvatiga va boshqa 
omillariga qarab bir qancha turlari mavjud. 
Gazomotokompressorlar, gaz haydagichlar, ventilyatorlar, rotatsion va vintli 
kompressorlar ham mavjud bo‘lib, ular gaz haydashni har xil sharoitlarida ishlatiladi. 
Shuningdek, kompressorlarning ko‘chma (ya’ni katta yuk avtomobillarga 
o‘rnatilgani) va muhim (ya’ni bir yerga o‘rnatilgan) holda ishlatiladigan turlari ham 
mavjud. 
Kompressor stansiyalari qanday maqsadlarda qurilishidan qat’iy nazar 
quyidagi inshootlardan tashkil topgan bo‘ladi: 


159 
1) mashina zali - bu yerda kompressorlar maxsus poydevorlarga o‘rnatilgan 
bo‘lib, kerakli o‘lchov asboblari, ko‘tarish kranlari va boshqa qo‘shimcha 
mexanizmlar bilan butlangan bo‘ladi; 
2) sovutish uchun suv haydaydigan nasos stansiyasi;
3) issiq suvni sovutadigan qurilma, issiq suv to‘planishi uchun maxsus 
saqlagich va sovuq suv yig‘ib qo’yiladigan hovuz; 
4) gaz tozalagich, moy ajratkich va boshqa maxsus asbob-uskunalar o‘rnatilgan 
alohida maydoncha; 
5) elektrtransformator va elektr taqsimlagish o‘rnatilgan maxsus maydoncha; 
6) mexanik ustaxona, omborxona, ishchi xodimlar uchun dam olish, kiyinish 
va yuvinish xonalari kabi qo‘shimcha binolar. 
Tabiiy gaz uzatuvchi magistral quvurlarida maxsus hisoblashlar orqali gaz 
haydovchi kompressor stansiyalarini soni va joylashish nuqtalari aniqlanadi. 
Kompressor stansiyalarni qurishdan asosiy maqsad tabiiy gazni uzoqqa uzatish 
bo‘lib, ular qurilishi bo‘yicha murakkab inshoot hisoblanadi. Odatda kompressor 
stansiyalari orasidagi masofa loyiha ishlari bo‘yicha aniqlanadi, lekin gaz magistral 
quvuri o‘tkaziladigan geografik sharoitlari, haydalayotgan gazning quvur boshlanishi 
va oxiridagi bosimi, elektr va suv ta’minoti kabi omillarni hisobga olgan holda har 
100-150 km da qurilishi mumkin.
Kompressorlar ham xuddi nasoslar kabi porshenli va markazdan qochma turda 
ishlab chiqarilmoqda. 
Porshenli kompressorlar markazdan qochma kompressorga nisbatan yuqori 
foydali ish koeffitsiyentiga ega, juda katta bosimlargacha (100MPa dan yuqori) siqib, 
ta’mirlash ishlari orasi uzoq bo‘lishi, atrof muhiti sharoiti o‘zgarishi (harorat, bosim) 
kompressor quvvatiga ta’sir ko‘rsatmasligi va boshqa shu kabi omillar bo‘yicha 
afzalliklarga ega. 
Markazdan qochma kompressor konstruktiv tuzilishi bo‘yicha juda turli 
ko‘rinishlar ega. Bunday kompressorlarda haydalishi kerak bo‘lgan gazning kinetik 
energiyasi potensial energiyaga aylantirib, yuqori bosim hosil qilinadi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling