N. Z. Mamadaliyeva- qdpi dotsenti Q. Abubakirov-1 bosqich magistranti. Annotatsiya


Download 33.98 Kb.
bet1/3
Sana29.08.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1671297
TuriЗакон
  1   2   3
Bog'liq
JISMLARNING ILGARILANMA HARAKAT QONUNLARINI ATVUD MASHINASIDA O


JISMLARNING ILGARILANMA HARAKAT QONUNLARINI ATVUD MASHINASIDA O’RGANISH.
N.Z.Mamadaliyeva- QDPI dotsenti
Q.Abubakirov-1 bosqich magistranti.
Annotatsiya.Ushbu tezisda Atvud mashinasi yordamida jismlarning ilgarilanma harakat qonunlarini o’rganish va talabalar bilimini baholash usullari keltirilgan.
Аннотация: В тезисе представлены методы изучения законов движения тел и оценки знаний студентов с помощью машины Атвуда.
Annotation. This thesis presents the methods of studying the laws of motion of bodies and evaluating students' knowledge using the Atwood machine.

Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika fanini o’qitishni ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi.


Jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko‘chishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o‘rganishda mutlaq (absolyut) qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o‘zgarishsiz qoladigan jism mutlaq qattiq jism deyiladi. Qurilma - Atvud mashinasi vertikal holatda o‘rnatilgan A sterjendan iborat bo‘lib, bu sterjenda santimetrlarga bo‘lingan shkala mavjud. Sterjenning yuqori qismiga kam ishqalanish bilan aylana oladigan yengil В blok mahkamlangan. Blok orqali uchlariga bir xil massali С va СI yuk osilgan ingichka ip o‘tkazib qo‘yilgan. СI yukni M elektromagnit ushlab tura oladi. С yuk bemalol o‘tishi uchun halqasimon Р platforma va pastki D platforma A sterjenga o‘rnatiladi. Ishni massali yukchalar va sekundomer kerak bo‘ladi. Agar С yuk ustiga og‘ir yukchani, СI yuk ustiga yengil yukchani qo‘yib, elektromagnit bilan ushlab turib, keyin qo‘yib yuborilsa, ta’sir etuvchi kuchlar o‘zgarmas bo‘lgani uchun, sistema tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Tekis harakatni kuzatish uchun yukchalarni faqat С yuk ustiga qo‘yish kerak. Shunda yukchalarni halqasimon Р platforma ushlab qolib, D platformaga urilguncha sistema tekis harakat qiladi. Agar yengil yukcha СI yuk ustiga qo‘yilsa, С yuk ustidagi yukchani halqasimon Р platforma ushlab qoladi va harakat tekis sekinlanuvchan bo‘ladi.
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan moddiy nuqtaning tezlanishi barcha ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig‘indisiga to‘g‘ri proporsional, massaga esa teskari proporsionaldir. Yukchalar ilgarilanma harakat qilgani uchun ularni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin. Agar B blok vaznsiz holatda deb faraz qilinsa, ipning tarangligi o‘ng va chap tomonda bir xil bo‘ladi.
Jism tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilgandagi yo‘l qonunini tekshirish .

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling