Nabiyeva dilnozaning biokimyo va molekular biologiya fanidan


Download 148.02 Kb.
bet2/14
Sana17.10.2023
Hajmi148.02 Kb.
#1706287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI Mustaqil ish Nabiyeva Dilnoza

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining umumiy qonuniyatlari
Ichki sekretsiya bezlari haqida tushunchalar. Ma’lumki organizmdagi mavjud bezlar spesifik moddalar-sekretlar ishlab chiqaradi. Sekretlar oqish yo’llari orqali gavdaning bo’shliqlariga (og’iz bo’shlig’i, me’daga, ichaklarga) yoki tashqi muhitga ajratiladi. Bunday holda tashqi sekresiya haqida ham gap yuritishga to’g’ri keladi: Tashqi sekretsiya bezlari. So’lak, me’da, yog’, ter bezlari – tashqi sekretsiya bezlariga kiradi.
Lekin organizmda yana shunday bezlar borki, qaysiki ularning alohida chiqaruv yo’llari bo’lmay, balki ajratgan sekretlarini to’g’ridan-to’g’ri qonga ajratadi. Bunday bezlar ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlari deb yuritiladi va bu so’z grekcha endon – ichki, krinin ajratadi degan ma’noni beradi. Endokrin bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez yoki qalqonsimon bezoldi bezchalari, me’daosti bezi, jinsiy va ayrisimon bezlar kiradi.
Me’daosti va jinsiy bezlar – aralash bezlar hisoblanadi, ya’ni ularning ayrim hujayralari tashqi sekretorlik funksiyasini bajarsa, ayrimlari ichki sekretorlik funksiyasini bajaradi.

38-rasm. Endokrin bezlarning joylanish chizmasi.
1-g’urrasimon bez yoki epifiz; 2-gipofiz; 3-qalqonsimon bez; 4-qalqonsimon bez oldi bezchalari; 5-ayrisimon bez; 6-medaosti bezi; 7-buyrakusti bezi; 8-tuxumdon (qizlarda); 9-urug’don(o’g’il bollarda)
Jinsiy bezlar jinsiy gormonlar ishlab chiqarish bilan birga, jinsiy hujayralarni (tuxum va spermatazoidlar) ham ishlab chiqaradi. Me’daosti bezining hujayralarini bir qismi insulin va glyukogen gormonlarini ishlab chiqsa, qolgan qismi me’daosti bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi. Odamning endokrin bezlari o’lchami jihatidan unchalik katta emas, og’irligi ham unchalik katta emas (grammning bir qismidan, bir necha grammlargacha) lekin qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Qon ularga zarur bo’lgan qurilish materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarni olib ketadi.Endokrin bezlarga juda katta tarmoqlangan asab tolalari keladi va ularning faoliyati doimiy ravishda asab tizimi bilan nazorat qilinadi.Ichki sekretsiya bezlari funksional jihatdan bir-biri bilan uzviy bog’langan va bitta bezning

jarohatlanishi boshqa bir bezning faoliyatini buzilishini chaqiradi.



Download 148.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling