Nabiyeva gavxaroy inomjon qizining
Download 105 Kb.
|
427 NABIYEVA GAVXAROY INOMJON QIZINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: ______ dots.N.J.Abdullаyeva Ilmiy rahbar: _______ N.Melimboyeva Andijon – 2023
- III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI 5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (maxsus sirtqi) 4-KURS 427 - GURUH TALABASI NABIYEVA GAVXAROY INOMJON QIZINING PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING FUNKSIYALARI, AHAMIYATI mavzusidagi ᄃ Kafedra mudiri: ______ dots.N.J.Abdullаyeva Ilmiy rahbar: _______ N.Melimboyeva Andijon – 2023 MAVZU: PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING FUNKSIYALARI, AHAMIYATI REJA: I KIRISH II ASOSIY QISM O'qituvchilik faoliyatida pedagogik muomalaning o’rni va ahamiyati. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida jonli muloqotda yuzaga keladigan ta’lim- tarbiya jarayonidagi umuminsoniy va milliy axloqiy normalar O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi jonli muloqot jarayonida yuzaga keladigan nizolar III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta’lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchining malaka oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg‘ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o‘rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni tinglovchilik yillarida o‘zida tajribali o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o‘ynaydi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling