Nabiyeva nodira komil qizining


Download 42.62 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi42.62 Kb.
#105642
Bog'liq
Nabiyeva Nodira


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 3-KURS “B” GURUH TALABASI

NABIYEVA NODIRA KOMIL QIZINING

HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI FANIDAN


KURS ISHI



NAVOIY-2020

REJA:
Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi……….. ……………………………3
1. Leksemalarga xos nazariy qarashlar………………………………………..4

2. Leksemalarning uslubiy xususiyatlari………………………………………

3. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida leksemalarning uslubiy xoslanishi……….

Xulosa ……………………………………………………………………….14

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..15

KIRISH. KURS ISHINING UMUMIY TASNIFI.

Mavzuning dolzarbligi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarni ijodiy tafakkur sohibi qilib yetishtirishni ta’lim tizimi oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa qilib qo‘ydi. Zero, mustaqil va ijodiy fikrlashni o‘rgangan shaxs, til imkoniyatlarining bitmas-tuganmas xazinasidan foydalanish sinoatlarini mukammal egallagan yosh avlodgina buyuk kelajakni yaratishga, milliy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini belgilab berishga qodir bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida yoshlardagi ilmiy g‘oya va iqtidorni shakllantirish,
an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, vatan taraqqiyoti, ravnaqi yo‘lida jon olib jon
beradigan vatanparvar, ijodkor-u tadbirkor, komil-u fozil yosh avlodni tarbiyalash
muammosi ona tili va adabiyotning bosh vazifasi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar
jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Chunki odamlar yashaydigan
jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Shuning uchun muhtaram
Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev “Hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi
avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar
safarbar etiladi1” – degan edilar. Maqsud Shayxzoda o‘zbek tili ifoda imkoniyatlarini juda chuqur bilgan, uning ifoda imkoniyatlaridan mohirona foydalana olgan talantli yozuvchi edi. Til birliklarining ma’noli qismlarini – semalarini, ularning birika olish imkoniyatlarini – valentligini juda chuqur bilar, uslubi betakror, o‘ziga xos edi. Adib asarlari juda ko‘p tadqiqotlar uchun manba bo‘ldi. Ushbu masala to‘g‘risida tadqiqotlarda, ta’lim bosqichlarida masalaning o‘rganilishi sohasida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar yuzaga keldi. Ularni tahlil qilish va o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning obyekti. “Mirzo Ulug’bek” tradegiyasida fe’l leksemalar, sifat leksemalari, ot leksemalarining uslubiy xususiyatlarini o‘rganish orqali yozuvchining ifoda imkoniyatlarini tahlil qilish. Tadqiqotning predmeti. Umumta’lim maktablarida Ona tilini o‘qitish
jarayonida “Mirzo Ulug’bek “ tragediyasining tili va uslubini o‘quvchilarga o‘rgatish. Leksemalarning ma’noviy va grammatik xususiyatlarini tadqiq qilish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiq davomida bayon etilgan xulosalardan Ona tilini o‘qitish sifatini oshirishda, fe’llar mavzusiga doir dars ishlanmalarini yaratishda, sinfdan va maktabdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida foydalansa bo‘ladi.

1. LEKSEMALARGA XOS NAZARIY QARASHLAR



Leksema haqida fikr bildirishdan oldin uning lug’aviy ma’nosi ga e’tibor qaratish lozim. Leksema (yun. lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy leksemasining leksik maʼnosi. — "kishi yashaydigan bino", yugurmoq leksemasining leksik maʼnosi — "bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq" va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.2 Tilning lug‘aviy (leksik) birljgi leksemadir. Leksema so‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo'shimchalarsiz qismi; tilning lug‘at tarkibiga xos birlik. Leksema anglatadigan ma’no, ma'lum tovushlar majmuini muayyan obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun, ya’ni undan anglashiladigan narsa-buyum, voqeya-hodisa, belgi-xususiyat leksik ma’no (lug‘aviy ma’no) deb ataladi. Masalan, suvdon so‘zi «qushlarga suv beriladigan idish»,suvchi so‘zi «ekinlarni, xususan g ‘o ‘zalami sug‘oruvchi dehqon, sug'orish bo'yicha mutaxassis» lug‘aviy ma'nolanni anglatadi. Ilmiy manbalarda leksik ma’no semema deb ham yuritiladi. Leksik ma’no, ya’ni semema semalardan tarkib topadi. Sema leksik ma’no (semema)ni hosil qiluvchi ma'no bo’laklaridir Masalan: tun leksemasining ma’nosi - sutkaning kun botishidan kun chiqqungacha, oqshomdan tong olar vaqtigacha bo'lgan qismi. Mazkur semema «qorongi», «vaqt», kabi semalardan tarkib topgan. Ilmiy manbalarda leksik ma’no quyidagi nuqtai nazarlardan turlarga ajratiladi:

1) yasalish munosabatiga ko‘ra;

2) obyektni ifoda etishiga ko‘ra;

3) nutqda voqelashishiga ko‘ra.

Yasalish (hosil bo’lish) munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turli bo’ladi:

a) asos ma’no;

b) yasama ma'no.

Leksemamng boshqa ma’nolarini kelib chiqishiga asos bo’lib xizmat qiladigan ma'nosi asos ma’no hisoblanadi. Masalan, bosh so'zining tananing bo'yindanyuqorigi, oldingi qismi; kalla ma’nosi uning asos ma'nosidir.

Leksemaning yasama ma’nosi hosila ma’no deb ham ataladi. Masalan, bosh so'zining aql-hush, miya tog ‘ning ko ‘rki tosh bilan, odamning ko'rki bosh bilan. Maqol: boshliq, rahbar (Yaxshi yigit — davraning boshi. Maqol); lavozim, mansab jihatdan katta (bosh vrash qabulida bo'ldim); ulkan, katta, asosi (Shaharning boshdarvozasi shu):, eng muhim, asosiy, yetakchi kabi o‘nlab ma'nolari uning hosila ma'nolaridir.

Albatta, asos ma'no va yasama ma’no ko‘p ma'noli so'zlar uchun xos. Obyektni ifoda etishiga ko‘ra ham leksik ma'no ikki turli bo'ladi

1) nominativ ma'no,

2) figuial ma’no.

Leksemaning voqelik bilan bevosita bogdanadigan, narsa-buyum, belgi, harakatning norm bo‘hb xizmat qiladigan ma'nosi nominativ ma’no deyiladi. Masalan, ko‘z leksemasining ko‘rish a'zosi, nichka leksemasining yozuv quroii ma'nosi nominativ ma'nodir.

Leksemaning voqelik bilan bevosita bogianmagan, narsa- buyum, belgi, harakatning nomiga aylanmagan ma’nosi figural ma'nodir.



Bechora xotinlar bo'lsa, erlaridan bekitib yurgan pullarini da'vo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qolaberdilar. (P Tursun. 0 ‘qituvchi) O'zi bilmaydi-yu, menga o'rgatganiga kuyaman! (A. Qahhor. )

Gaplarda kuy leksemasi yo ‘nalish, kuymoq so‘zi ajrab qolmoq, alam qilmoq kabi figural ma'nolarda qo’llangan.

Nutqda voqetashishiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo’linadi:

a) erkin ma'no,

b) bog’li ma’no.

⁸Erkin ma’no narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bog’liq bo’lib, uning voqelashgan majmui so'zlar qurshovi shart emas. Leksemaning erkin ma’nosi u alohida olinganda anglashilaveradi. Masalan, do ‘ppi leksemasining milliy bosh kiyim, og'iz so‘zining ovqat hazm qilish a 'zosi ma ‘nolari erkin ma’no.



Demak, leksemaning erkin rna'nosi boshqa so zlar yoki so‘zlar qurshovi (kontekst)ga bog’liq bo’lmaydi. 3 Xusussan Shavkat Rahmatullayevning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darsligida leksemaga quyidagicha ta’rif berilgan: Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi.4
Leksema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismidagi ramzga
teng; leksemadan foydalanishda ana shu ramzdan nusxa olinadi. Nutqda
leksemaning o‘zi mustaqil namoyon bo‘lmaydi, chunki u butunga emas,
qismga teng holatda bo‘ladi, sintaktik belgi-xususiyat qo‘shilganidan keyin
butunga aylanadi. Leksemaning ana shunday qism holatida bo‘lishi oxiriga
chiziqcha yozib ko‘rsatiladi: nok-, pish-, shirin-, sekin- kabi. Masalan, nok leksemasini talaffuz birligi sifatida nok tarzida yozsak, leksemani emas, balki
leksemashaklni ("leksema + birlik son ko‘rsatkichi + bosh kelishik ko‘rsatkichi"ni) yozgan bo‘lamiz. Demak, leksema til xotirasida lisoniy birlik sifatida mavjud bo‘ladi, nutqda sintaktik tavsif olib qatnashadi. Til birligi sifatida leksema ikki jihatning – ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Bu ikki jihat ajralmas bir butunni tashkil etishiga qaramay nisbiy mustaqillikka ega: har biri o‘z taraqqiyot qonunlari asosida o‘zgaradi. Shunga ko‘ra leksemaning ifoda jihati va mazmun jihati mustaqil bayon qilinadi.
Leksemaning ifoda jihati Leksemaning ifoda jihati deganda avvalo qaysi til tovushlarining qanday tartibdagi qatori bilan ifodalanishi tushuniladi. Leksemaning (shuningdek morfemaning ham) ifoda jihati bo‘lish vazifasini bajarishi bilan til tovushi fonema mavqeiga ega bo‘ladi. Demak, til tovushi – tilning tovushlar tizimiga mansub birlik; fonema – til birligi (leksema, morfema) tarkibida birlamchi qurilish ashyosi vazifasini bajaradigan til tovushi. Fonema – til birligining ifoda jihati bo‘lib xizmat qiladigan va shu orqali til birliklarining o‘zaro farqlanishini ham ta'minlaydigan til tovushi. Fonema til qurilishidagi alohida bir hodisa, alohida birlik emas, balki til qurilishiga mansub tovushlarning ijtimoiy vazifa bajarish holati xolos: til tovushiga ijtimoiy vazifasiga ko‘ra fonema nomi berilgan. Afsuski, fonema nazariyasi rivojlangan sari til tovushiga xos artikulyatsion belgi-xususiyatlar ham fonemaga tortib olinib, til tovushi tilning qurilish birligi sifatida umuman gapirilmaydigan, til birligi deb to‘g‘ridan to‘g‘ri fonema aytiladigan bo‘ldi’ "til tovushi" tushunchasi go‘yo "fonema" tushunchasiga singdirildi. Aslida til qurilishiga xos birliklar (birlamchi qurilish birliklari) sifatida avvalo til tovushlari tasvirlanadi, keyin-gina shu til tovushlari ijtimoiy vazifasiga ko‘ra fonema sifatida o‘rganiladi.5

2. LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi:
ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan
qatlam. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun
umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash
joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar,
o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi.
Turkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb
nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim.
Chunki, birinchidan, bunday birliklar o‘zi ko‘p emas, har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga kiradi: leksik tomondan ko‘ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol
ularning umumiy va zaruriy bo‘lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish
doirasi jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi6.
Mustaqil turkumlardan son leksemalar va olmosh leksemalarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek modal birliklarda) har bir leksema alohida yondashib baholanishi kerak. Dialektlarga ko‘ra voqe bo‘ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu leksemalar adabiy tilda yagona talaffuz me'yoriga bo‘ysunadi), ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga
ko‘z-, qo‘l-, oyoq-, bilak-, tirsak-, yaxshi-, yomon-, qora-, sariq-, ko‘k-, kel-,
ket-, o‘tir-, tur-, yur-, tez-, sekin-, erta-, kech- kabi juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Hozirgi adabiy o‘zbek tili leksik boyligining asosini xuddi
shunday leksemalar tashkil qiladi.
Leksemalarning ishlatilish doirasi jihatidan chegaralanishi turlicha.
Shunga ko‘ra chegaralangan qatlam o‘z navbatida ikkiga guruhlanadi: ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalar va ishlatilishi kasb-korga
ko‘ra chegaralangan leksemalar.
Ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til hodisalari dialektizm deyiladi (yunoncha dialеktos - tilning mahalliy ko‘rinishi).
Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko‘rinishlari bo‘lgan dialektlarga xos hodisa; shunga ko‘ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko‘pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek adabiy tilga ham xos bo‘lmaydi.
Dialektizm asosan uch turli:
1. Lug‘aviy dialektizm – lug‘aviy birliklardagi turi (Misollari quyiroqda).
2. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba'zi
dialektlarda o‘rin ma'nosi uchun -ga, aksincha, jo‘nalish ma'nosi uchun -da
ishlatilishi kabi).
3. Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o‘zgarishiga bog‘liq
turi (masalan, ovoz tovushlarning ba'zi dialektlarda cho‘ziqroq va yumshoqroq
talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o‘rniga boshqa tovushning kelishi va b.).
Adabiy tilning lug‘atiga birinchi galda barcha o‘zbeklar uchun umumiy
bo‘lgan leksemalar tanlab olinadi. Bu umumiy qatlam ayrim dialektlarga xos
leksemalar hisobiga boyitib boriladi.
Aslida adabiy til lug‘atining bir qismi avval dialektlarniki bo‘lib, adabiy
tilga xos deb qaralishi bunday leksemaning umumlashib ketishiga sabab
bo‘lgan.
Dialektizm umumtil lug‘at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog‘liq.
Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy tilda boshqa nom
bo‘lmasligi kerak; agar adabiy tilda shunday ma'noni anglatuvchi leksema
bo‘lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, baho semasida, nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisida va boshqa jihatlarida ayrimlikka
ega bo‘lishi lozim.
Biror dialektizmning adabiy tilga ko‘chishini boshqa bir hodisadan –
dialektizmning badiiy asarda ishlatilishidan farqlash kerak. Badiiy asarda ishlatilgan har bir leksema adabiy tilga qabul qilingan deb qaralmaydi. Badiiy
asar voqelikni qanday bo‘lsa – shunday aks ettirishi sababli unda til hodisalari ham o‘z tabiiy holatida namoyon bo‘ladi. Agar dialektizm biror muallif
asarida-gina uchrab qolmay, barcha ishlatadigan lug‘aviy birlikka aylansa,
umumlashib ketsa, shunda bunday birlik adabiy tilga kirib boradi. Aks holda,
badiiy asarda ishlatilganidan qat'i nazar, dialektizmligicha qolaveradi.
Masalan, Abdulla Qahhor o‘z povestini ("Sinchalak") dialektizm bilan
atadi, bu leksemani povest matnida ham ishlatdi. Lekin shu bilan sinchalakleksemasi adabiy til lug‘atiga o‘tdi deb bo‘lmaydi, albatta (Adabiy tilda shu ma'no chittak- leksemasi bilan anglatiladi). Demak, yozuvchi dialektizmni badiiy asar matniga kiritadi, bunday leksemaning adabiy til lug‘aviy birligiga
aylanishi esa til amaliyotiga bog‘liq.
Tilning biror mahalliy ko‘rinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu
dialektniki deb qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismi-gina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi.
Dialektdagi leksema adabiy tildagi leksemadan ko‘pincha tovush jihati
bilan farqlanib turadi: ayni bir leksema adabiy tilda va turli dialektlarda har
xil talaffuz qilanadi. Masalan, kangul- – ko‘ngul- - ko‘ngil-, oka- - aka-,
jur- - yur-, gal- - kel-, bala- - bola, turpoq- - tuproq- kabi. Bular – tilning mahalliy ko‘rinishlariga xos bir necha leksema emas, balki umumtilda bor
bir leksemaning turlicha talaffuzi; shunga ko‘ra bunday farqlanishlar leksik
dialektizm deyilmaydi
Dialektizm deb belgilanuvchi birlik adabiy tilda (shuningdek boshqa dialektlarda ham) umuman yo‘q bo‘lishi yoki o‘z leksik ma'nosida, leksik
ma'nosining tarmoqlanishida, baho semasida va boshqa jihatlarida farq-lanib
turishi kerak.
Leksik dialektizm ikki turli bo‘ladi: a) dialektizm-leksema, b) dialektizmsemema. Faqat shu dialektda-gina ishlatilsa-yu, adabiy tilda yo‘q bo‘lsa, dialektizm-leksema deyiladi. Bunday leksema lug‘aviy birlik sifatida adabiy til
uchun bus-butun yangi, noma'lum bo‘ladi. Masalan, xamak-, sapcha-, balacha-, tugunak- (tuynak-) leksemalaridan har biri boshqa-boshqa dialektniki,
bulardan birortasi ham adabiy tilga qabul qilinmagan. Hozirgacha har bir territoriyada shu predmet o‘z leksemasi bilan anglatiladi. Xuddi shuningdek holat narvon-, shoti-, zangi- leksemalariga ham xos. Lekin bu misoldagi birinchi leksema, har holda, adabiy tilga olingan deb qaraladi (Markaz joylashgan dialektning leksemasi ekanligi bilan izohlansa kerak). Demak, dialektlardan biriniki bo‘lgan leksema adabiy tilga xos leksemaga aylanadi, qolganlari dealektizmligicha turadi.7
Dialektga xos leksema adabiy tilga ba'zan yakka o‘zi emas, balki turg‘un
birikma tarkibida kirib kelishi mumkin. Masalan, shiypon- leksemasi adabiy
tilga dala shiyponi- turg‘un birikmasi tarkibida o‘tdi.
Ba'zi hollarda biror dialektdagi leksema boshqa dialektdagi leksema bilan
yoki adabiy tildagi leksema bilan ifoda jihatiga ko‘ra bir xil bo‘ladi-yu, mazmun jihatiga ko‘ra farqlanib turadi. Buni dialektizm-semema deyiladi. Masalan, pashsha- - chivin-, chivin- - pashsha-, lagan- - tovoq-, tovoq- - lagan- leksemalarida bo‘lgani kabi. Bu yerda ayni bir leksik ma'no har xil dialektda boshqa-boshqa leksemaning lug‘aviy mundarijasini tashkil qiladi: ruscha muxa bir dialektda pashsha- deyilsa, boshqa bir dialektda chivin- deyiladi; aksincha, ruscha komar avvalgi dialektda chivin- deyilsa, keyingi dialektda pashsha- deyiladi va b. Bu yerda leksemalar go‘yo o‘rin almashib qolgandek bo‘ladi.
Dialektlarga ko‘ra ba'zan leksemalarning ma'no hajmida ham farq mavjud
bo‘ladi. Buni dialektizm-sememaning bir ko‘rinishi deb baholash kerak. Masalan, ba'zi dialektlarda meva turlaridan birining ho‘li ham, qurug‘i ham o‘rik- deb nomlanaveradi, boshqa bir dialektda esa o‘rik- deb faqat ho‘l mevaga aytiladi, qurug‘i esa turshak- deyiladi. Demak, o‘rik- leksemasining ma'no hajmi bir dialektda keng, boshqa dialektda esa tor bo‘lib chiqadi.
Ishlatilish doirasi kasb-korga ko‘ra chegaralangan lug‘aviy birliklar
professionalizm deyiladi (lot. professio - kasb-kor, mutaxassislik). Dialektizm ma'lum joyda yashovchilar uchun-gina tushunarli bo‘lsa, professionalizm ma'lum kasb-kor egalari doirasida ishlatilib, shularga tushunarli
bo‘ladi. O‘z dialektining ta'siri bilan izohlanadigan ba'zi ayrimliklarni hisobga
olmaganda, shu kasb egasi qaysi territoriyada yashashidan qat'i nazar, professionalizm ular uchun odatda umumiy bo‘ladi.
Professionalizmlarning asosiy qismini har bir kasb-korda shu sohaning
terminlari tashkil qiladi. Masalan, ipakchilik terminlari kabi. Professionalizm
turli fan-texnika, maktab-ma'orif sohalarida, ma'muriy-xo‘jalik ishlarida va
boshqa sohalarda ham mavjud. Dialektizmda bo‘lganidek, professionalizmlik ham nisbiy tushuncha.
Bunday birlik o‘z sohasidan chiqib, ishlatish doirasidagi chegaralanish
yo‘qolib, umumtil mulkiga aylansa, professionalizmlik muhrini yo‘qotadi.
Ko‘pgina ma'muriy-xo‘jalik, fan-texnika, maktab-ma'orif, qishloq xo‘jaligi
terminlari keng ommalashib, umumlashib, umumtil birligiga aylanib ketgan:
shartnoma-, qonun-, kredit-, kultivatsiya- va b.
Yakka leksemalardan tashqari, madaniy-oqartuv muassasalari-, mehnat
daftarchasi- kabi ko‘pgina turg‘un birikmalar ham mavjud. Bunday professionalizm ayniqsa matematika, fizika, kibernetika kabi fan sohalarida ko‘p uchraydi.

MIRZO ULUG’BEK” TRAGEDIYASIDA LEKSEMALARNING



USLUBIY XOSLANISHI

Mirzo Ulug'bek - Amir Temurning suyukli nabirasi, ya'ni to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan. Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy maTumotlarni ko'plab keltirish mumkin. Bu

ishni tarixchi olimlarimizga qo'yaylik-da, suhbatimizni yuqorida siz tanishib chiqqan drama voqealari xususida davom ettiraylik. Ushbu sahna mazmunidan ma'lum bo'lganidek, ulug' adibimiz Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko'rgani, dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalar-

ga tayangani ko'rinib turibdi. Adib asarda Ulug'bek yashagan davrni, u hukmronlik qilgan saroy muhitini ko'z o'ngimizda yaqqol gavdalantirgan. Mirzo Ulug'bek hayotida ko'p voqealar yuz bergan. U oliy hukmdor, buyuk olim sifatida ko'p narsalarni o'z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali tarixiy fojiaga sig'dirib bo'lmasligini bilgan M. Shayxzoda ushbu asarga asosan ikki yo'nalishdagi voqealarni, ya'ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan.

Shayxzodaning so‘z qo‘llash san’atida bir necha yo‘nalishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Birinchidan, lug‘atlarda mavjud, ammo nutqimizda, jumladan badiiy nutqda ham kammahsul hisoblanadigan so‘zlarga murojaat qilinadi. Ularga faollik bag‘ishlanadi, yangi va qo‘shimcha ma’nolar yuklanadi, yashash imkoniyatlari kengaytiriladi.

Bu podaning qo’ychivoni oy degan xumpar.

Goh to’nini yag’iri nega tashlab kezadi
Ikkinchidan, tilimizda mavjud bo‘lgan qoliplar o’rniga arxaik so’zlardan foydalanafi

osmon: Marxabo ey samovatning oltin yo’lchisi

Nega beling shuncha bukik,charchab qoldingmi ?

tarixiy: U sehrgar pardalarning orqa yog’ida

Ko’p aksiriy husnlar bor biz bexabarmiz;

So’z: Bilib qo’ying: Sakkokiyning nafas ashore

Bizning turkey tilimizda zang bosmas gavhar kabi.

Yuqorida keltirilgan misollarning biridagi so‘zlar ga e’tiborni qaratish


ham ma’qul bo‘ladi. Chunki u ham buyuk Shayxzodaning qalamida badiiyatning
alohida bir namunasidek jaranglaydi

So‘zlar matnda turli holatlarda ham alohida, ham birikma tarkibida qo‘llangan va har ikki holatda ham uning semantikasida asosan o‘zgarishlar yuz bergan, o‘z ma’nosida esa kam qo‘llanilgan.


Har bir xalqning, millatning ma’naviy xazinasi hisoblanmish maqollarga
murojaat qilish ushbu asarda ham bor. Ammo ularning ko‘pchiligining asarda
ishtiroki o‘zgacha. Nazarimizda, har biri aniq bir mo‘ljal bilan keltirilganki, bu,
birinchi navbatda. Asar mavzusi bilan bog‘liq. Ular asosan asar personajlarining
hayotini, maslagini, e’tiqodini, dunyoqarashini mujassam qiladi. Shuning
uchun ham aksariyat qismi qahramonlar tilida berilgan.
Biz ko‘pchilik badiiy asarlarni o‘qiganimizda, odatda, keltirilgan
maqollarning suhbat mavzusiga mosligini kuzatamiz. Ammo ularning Shayxzoda
qalamida ma’lum tematik yo‘nalishga bo‘ysundirilishi ibratlidir. Asarda tarixiy
voqealar hikoya qilinmoqda. Tabiiyki, asosiy suhbat mavzusi hayot va o‘lim
haqida, botirlik, qahramon va qo‘rqoqlik, xiyonat haqida, dushman va do‘st haqida bo‘ladi.
Ayrim o‘rinlarda biz sinonim sifatida qarayotgan so‘zlarni Shayxzoda ne
darajada aniqlik bilan, ma’lum bir holatning nozik ifodasi sifatida qo‘llaganini
ko‘rib hayratlanasiz: garanglanmoq-garangsimoq-gandiraklamoq, gandiraklash garang bo‘lishdan keyingi hodisa, garangsish esa ko‘pincha eshitish bilan bog‘liq. Qazinmoqdagi –in qo‘shimchasi esa o‘zlik darajasini hosil qilmoqda, bu bilan ma’no umuman qazish yoki kovlashga emas, balki o‘zi uchun, o‘ziga chuqur, okop kovlashga kelib taqalmoqda.
Xuddi mana shunday holatlarda buyuk so‘z san’atkori bo‘lgan Shaxzodaning
tilga bo‘lgan e’tibori va undan foydalanishdagi mas’uliyati va mahorati yana ham
aniq seziladi.

XULOSA


Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi.
U hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga munosib hissa qo‘shgan, o‘ziga
xos uslubga ega bo‘lgan ijodkorlarimizdandir. Adabiyotimizni badiiy jihatdan
mukammal, sermazmun asarlar bilan boyitish barobarida adabiy tilimizning sofligi
va ravnaqi yo‘lida ham beqiyos jonbozliklar ko‘rsatgan adib. Shu jihatdan qaralganda atoqli so‘z san’atkori Shayxzoda o‘zbek tilimiz rivoji, uning sofligi va xalqchilligi yo‘lidagi faoliyati alohida o‘rganishga loyiq deb o‘ylaymiz.Adibning bir qancha asarlari, o‘nlab maqolalari ham o‘zbek tilining boyligini va uslubiy jihatdan keng qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
Xalqimiz hayotida ulkan o‘zgarish yuz berib, mustaqilligimizni qo‘lga
kiritdik. Jumladan, badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarda ham. Agar biz oldin
adabiy asarga g‘oyaviylik pozitsiyasidan, „ sotsialistik realizm“ nuqtai nazaridan
qaragan bo‘lsak, bugun biz unga adabiyotning bosh maqsadi-badiiy estetik zavq va
tarbiya berish darajasidan kelib chiqib munosabat bildirayapmiz.
Ushbu ishda o‘z oldimizga Shayxzoda asarlarini leksik tahlil qilish maqsadini qo‘yar ekanmiz, birinchi o‘rinda e’tiborni estetik g‘oyani shakllantiruvchi lisoniy vositalarni aniqlashga qaratdik. Badiiy asarni asosini tashkil qiluvchi estetik g‘oya va shakl mazmun doiralari uyg‘unligida shakllanadi. Bunda til vositalari tanlovi asosiy o‘rinni egallaydi. Badiiy matnning o‘zga funksional uslublardan, matnlardan farqi shundaki, unda til birliklari nafaqat axborot uzatish, balki obrazli tasvir yaratish vositasini ham o‘taydi. Obrazli so‘z qo‘llash o‘ziga xos usul bo‘lib, bu usul individual xususiyatga ega.
Shu sababli biz tadqiqot jarayonida e’tiborni” Mirzo UluG’bek” tragediya matnida
individual uslubning aks topgan ko‘rsatkichlarini, yozuvchining shaxsiy lisoniy
qobiliyatining badiiy tasvir vaziyati,tasvirlanayotgan voqelikning ijtimoiy muhit
bilan bog‘liq tomonlarini aniqlashga harakat qildik. Tahlil ” Mirzo UluG’bek” tragediya tilini umumfilologik yo‘nalishda „shaxs va lisoniy faoliyat“, „til va voqeylik “yo‘nalishlari nuqtai nazaridan o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu kurs ishidan asosiy maqsad Shayxzoda ijodiy uslubining o‘ziga xos qirralari til materiali asosida atroflicha tahlil etiladi. Bir ijodkor qalamiga mansub matn asosida, bunday tahlillarning mukammalligiga erishish qiyin albatta. Ana shunday holatlarda Shayxzoda badiiy matni uning zamondoshlari ijodi namunalari bilan qiyoslanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.



  1. Ulupov N. Tilshunoslik nazariyasi. O’quv qo’llanma –T.:Barkamol fayz media. 2016



  1. M.Shayxzoda Tanlangan asarlar. VI tomlik III tom. – T.:G’afur G’ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti 1972.



  1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G.,Qurbonova M., va boshqalar Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T.: 2009



  1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili .- T.:Universitet, 2006.




1 Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.:
O‘zbekiston, 2017. –B.25.

2
 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3
 Ulupov N. Tilshunoslik nazariyasi. O’quv qo’llanma –T.:Barkamol fayz media. 2016- B.73

4
 Rahmatullayev Sh Hozirgi adabiy o’zbek tili. Darslik- T.:Universitet. 2006.-B.22

5
  Rahmatullayev Sh Hozirgi adabiy o’zbek tili. Darslik- T.:Universitet. 2006.-B.22

6
 Rahmatullayev Sh Hozirgi adabiy o’zbek tili. Darslik- T.:Universitet. 2006.-B.22

7
 Rahmatullayev Sh Hozirgi adabiy o’zbek tili. Darslik- T.:Universitet. 2006.-B.22


Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling