Nafas olish azolari tizimini baholash


Download 121.38 Kb.
bet2/5
Sana29.12.2022
Hajmi121.38 Kb.
#1071356
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nafas olish azolari tizimini baholash

Ovoz apparati




Yuqorida aytilganidek, asosiy ovoz apparati hiqildoqda
joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo'lishida til, lablar, og'iz bo'shlig'i, burun
94 bo'shlig'i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar ham ishtirok etadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi (2-rasm).
Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkak¬larda 20-22 millimetr. Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi. Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha katta bo'ladi.
Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni teb¬ratib yuborganligi tarixda ma'lum. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlari¬dan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Har bir kishining ovozi o'ziga xos xususiyatga ega. Hatto cha¬qaloqning yig'laganidagi ovozi ham o'ziga xos ohangga, JnJsusiyatga ega bo'ladi va shu orqali ona o'z bolasining ovozini boshqa chaqa¬loqlar ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovoz ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, o'smirlarda (12-18 yoshda) ovozning o'zgarishi juda sezilarli darajada bo'ladi. Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlari¬ning uzunligi o'g'il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning natijasida, ayniqsa, o'smir yoshdagi o'g'il bolalarda ovoz qo'pollashib, do'rillab qoladi. Bundan havotirlanmas¬lik kerak. Bu fiziologik xususiyatga ega bo'lib, o'smirlik davri o'tgandan keyin ovoz normal holga keladi. Lekin o'smirlik davrida ba'zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya'ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga ruju qilmaslik kerak va hokazo.




2-rasm. Ovoz apparati:
1- gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oralig'idagi teshikning
yopiq holatda ko'rinishi;
11 - pichirlab gapirganda ovoz teshigining yarim ochilgan holatda ko'rinishi;
III- gapirmagan vaqtda ovoz teshigining ochig holatda (uchburchak shaklda) ko'rinishi.
1- hiqildoq; 2- halqum; 3- halqumning burun teshigi; 4- og'iz bo'shlig'i
va uning qo'shimcha kovaklari; 5- burun bo'shlig'i.







Ba'zilarning fikricha, yosh bola qancha qattiq va ko'p yig'lasa, go'yo uning ovoz apparati shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto'g'ri, chunki ko'p va qattiq yig'lagan bola ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida ularda mayda pufakchalar hosil bo'ladi. Buning oqibatida bolaning ovozi qo'pol va xirillagan bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun yosh bolani qattiq va uzoq yig'latmaslik lozim, ya'ni uni tezda ovutish kerak.





Download 121.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling