Nafas olish koeffisiyenti Nafas olish mexanizmi


Nafas olisb komponentlarining qaytarilish darajasi


Download 1.02 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1416332
1   2   3
Bog'liq
13 Raxmanov Zokor

Nafas olisb komponentlarining qaytarilish darajasi
Amerikalik olim Chans mitoxondriylarda boradigan oksidlanish
reaksiyalarini o’rganib, nafas olish zanjiri turli holatlarda bo’lishini
aniqlashgan. Bu holatlar nafas olish bilan bog’liq bo’lgan faktorlar
tabiatiga, oksidlanish tezligiga va komponentlaming oksidlangan hamda
qaytarilgan shakllariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Nafas olish zanjiridagi komponentlaming oksidlanish-qaytarilish
darajasi, ya’ni shu komponentlar qaytarilgan shaklining qaytarilgan va
oksidlangan shakllari yig’indisiga bo’lgan nisbati reaksiyada ishtirok
etayotgan susbtrat, kislorod va ADF konsentratsiyasiga bog’liq
Nafas olish zanjiridagi fosforlanish. Krebs siklida oksidlanuvchi
birikmalardan ajralgan vodorod atomlari nafas olish zanjiri orqali
kislorodga ko’chishi natijasida hosil bo’ladigan energiya hisobiga ADF va
fosfat kislotadan ATF sintezlanishi nafas olish zanjiridagi fosforlanish
yoki oksidativ fosforlanish deyiladi. Nafas olish zanjiridagi fosforlanish
jarayonini 1939-yili V.A.Belitser va E.T.Sibakovalar kashf etganlar. Ular
o’z tajribalarida hujayra tomonidan yutilgan kislorodning har bir atomi
hisobiga ikki molekula fosfat esterifikatsiya qilishini, ya’ni ikki molekula
ATF sintezlanishini aniqlaganlar.
O’sha vaqtda ma’lum bo’lgan glikoliz jarayonida kechadigan
susbtrat sohasidagi fosforlanishda faqat bir molekula ATF hosil bo’lganligi uchun yuqoridagi tajriba hujayrada yangi tipdagi fosforlanish mavjud ekanligini ko’rsatadi. Belitser fosforlanishning bu yangi tipi vodorod atomlari (elektronlam)ning nafas olish zanjiri orqali kislorodga ko’chishi bilan bog’liq, degan xulosaga kelgan.
Fosforlanish effektivligi va P/О nisbat. Oksidativ fosforlanish
jarayonini miqdor jihatidan ifodalovchi kattalik R/O koeffitsiyenti bo’lib,
ATF hosil qilish uchun sarflangan fosfor atomlari miqdorining
mitoxondriyalar tomonidan yutilgan kislorod atomlari miqdoriga bo’lgan
nisbatini bildiradi. P/О qiymatni aniqlash uchun ajratib olingan
mitoxondriyli muhitga oksidlanuvchi biror substrat qo’shiladi. Nafas olish
zanjiridagi fosforlanishning maksimal effektivligi, ya’ni P/O 3 ga teng
ekanligi tajribalar asosida aniqlangan. P/О nisbatning qiymati oksidlanish
reaksiyasida ishtirok etadigan substratning xarakteriga bog’liq

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling