Fosforlanish nuqtalarini aniqlash. Nafas olish zanjiridagi
fosforlanish nuqtalarini, ya’ni energiyaga boy bo’lgan birikmalami hosil
qiluvchi qismlami aniqlashda P/О nisbat, nafas olish zanjiridagi
komponentlaming qaytaruvchilik darajasi va oksidlanish - qaytarilish
potensiallari qiymatidan foydalaniladi. Nafas olish zanjiridagi
fosforlanishda P/О nisbat 3 ga teng bo’lishi bu zanjir orqali bir juft
vodorod yoki elektronlar kislorodga ko’chganda zanjiming uchta
nuqtasida fosforlanish reaksiyasi sodir bo’lishidan darak beradi.
Ma’lumki, nafas olish zanjiri orqali qaytarilgan NADning
oksidlanishi natijasida uch molekula ATF, suksinat kislotaning
oksidlanishida esa ikki molekula ATF hosil boTadi. Flavoproteidlar
ishtirokida boradigan reaksiyalardan keyingi bosqichlar barcha substratlar
uchun bir xil bo’lganligi sababli NADning oksidlanishi bilan bog’liq
bo’lgan uchta fosforlanish nuqtasidan biri flavoproteiddan oldin
joylashgan bo’lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |