Nafas olish koeffisiyenti Nafas olish mexanizmi
Download 1.02 Mb.
|
13 Raxmanov Zokor
Nafas olish koeffisiyenti Nafas olish zanjiri Hujayrada kechadigan nafas ohsh protsessining mohiyati qaytarilgan susbtratdan ajralgan vodorod atomlarini (elektronlami) bir qator oksidlanish-qaytarilish fermentlari yordamida kislorodga uzatib, suv hosil qilishidan iborat. Bu jarayonni katalizlovchi, ma’lum tartibda muntazam ravishda joylashgan fermentlar to’plami nafas olish zanjiri deb ataladi. Hozir o’simliklar mitoxondiiysi nafas olish zanjirining asosiy komponentlari to’liq aniqlangan. Bu komponentlarga NADdegidrogenaza, flavoproteid, ikkita sitoxrom c, uchta sitoxrom b va sitoxrom kiradi. Nafas olish zanjiridagi komponentlami shartli ravishda ikki qismga bo’lish mumkin. Bulaming bir qismi vodorod atomlarini ko’chiruvchi qismi bo’lib, nikotinamidli va flavinli fermendardan tashkil topgan. Ikkinchi qismi esa elektronlarning ko’chishini ta’minlab, sitoxrom Ь,с,аз va elektronlarning akseptori hisoblangan kisloroddan iborat. Nafas olish zanjiri quyidagi sxemada keltirilgan bo’lib, unda oksidlanishqaytarilish sistemalari tegishli fermentlar, kofennentlar va prostetik guruhlar yordamida ifodalangan. Nafas olish zanjirining vodorod atoralari bilan ta’minlovchi universal donori vazifasini NAD*N2 bajaradi. Mabodo hujayrada oksidlanish reaksiyalari natijasida NADF*Hh hosil bo’lsa, ular maxsus fermentativ reaksiya yordamida NAD*H2 ga aylanadi: aNADF*H2 + NAD+T = ± NADF+ + NAD*H2 Bu reaksiya transgidrogenaza fermenti ishtirokida katalizlanadi Qaytarilgan NAD*Ha o’zidagi vodorod atomlarini flavinli fermentlarga uzatadi. Flavinli fermentlar bilan sitoxromlar o’rtasida elektron ko’chiruvchi yana bir komponent - koferment -Q bor. Koferment -Q flavinli fermentdagi vodorod hisobiga qaytariladi va keyinchalik elektronlami sitoxromlarga uzatadi, prcrtonlar esa muhitga chiqariladi. Keyingi bosqichlarda elektronlami ko’chiruvchi modda sifatida sitoxrom b, si, s, a va аз lar ishtirok etadi. Elektronlarning ko’chishini sitoxromoksidaza nihoyasiga yetkazadi. Sitoxromlar-gemoprotekdar bo’lib, tarkibida oqsil bilan mustahkam bog’langan gem gruppasini saqlaydi. Gem tarkibidagi temir atomining valentligi o’zgarib turadi, ya’ni elektronlami berishi mumkin yoki biriktirib olishi mumkin. Fe3+ c .'......-> Fe2+ Sitoxromoksidaza elektronlami sitoxrom с dan kislorodga o’tkazadi. Elektronlami dastlab temir ioni sitoxromlar a va аз so’ngra mis ioni sitoxrom a3 uzatishda ishtorok etadi. Kislorodni molekulasi sitoxrom аз ning gem tarkibidagi temir kislorod molekulasini bog’laydi. Elektronlami kislorodga o’tishi ferment massasidagi a sitoxrom аз tarkibidagi mis ioni orqali amalga oshiriladi. Kislorod molekulasining har bir atomi ikkita elektron va protonni biriktirib, bir molekula suvni hosil qiladi. Bu ferment sitoxrom a va sitoxrom аз dan iborat bo’lib, elektron va protonning kislorodga ko’chish reaksiyasini katalizlaydi. Suksinat kislotaning oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan vodorod atominmg yo’li boshqacharoq bo’lib, NAD-degidrogenaza fermenti ishtirokisiz u bevosita flavinli fermentlarga ko’chadi Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling