Nafas olish koefisenti va nafas olish ekologiyasi


DON,MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHDA


Download 311.61 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi311.61 Kb.
#1570318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9МАРУЗА (2)

DON,MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHDA
NAFAS OLISHNING AHAMIYATI

O’simliklarning nafas olish jarayoni,ulardagi modda almashuvining muhim qismini tashkil etib, o’sish, rivojlanish va hosildorlikning asosini tashkil etganidek, yetishtirilgan mahsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash ham nafas olish tezligini boshqarishga asoslangan.


Mahsulotlarni saqlashda nafas olish jadalligi qancha past bo’lsa,organik moddalarning miqdori shuncha kam sarflanadi va ular sifatli saqlanadi. Nafas olish jadalligining darajasi eng avvalo harorat va namlik miqdoriga bog’liq.
Donlarning tarkibidagi suv miqdorini va ular saqlanadigan omborlar haroratini boshqarish katta ahamiyatga ega (7 - rasm).

7 - rasm. Bug’doy donlarining nafas olish jadalligi
namlik miqdoriga va harorat darajasiga bog’liqligi ( Kre­tovich, 1972 ) . 1 - harorat-O0S ,2- harorat -100 S, 3 - harorat -180S , 4 - harorat -250S
Suv miqdori g’allasimonlarning donlarida 14% va moyli o’simliklarning donlarida 8 - 9% dan oshmaganda, harorat esa O0 atrofida bo’lganda nafas olish eng past darajada saqlanadi. Namlikning miqdori 18-22% va harorat 45-500 ga yetganda nafas olish jadalligi ham keskin oshadi. Natijada urug’dagi zapas organik moddalar tezlik bilan sarflanadi. Buning natijasida ajralib chiqqan kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylanadi, omborlarning harorati yanada oshadi va har xil chirituvchi mikroorganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bunday sharoitda saqlangan donlar unib chiqish qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham donlarni saqlashda namlik kam miqdorda bo’lishi maqsadga muvofiq.
Meva sabzavotlarni saqlash donlarni saqlashdan biroz farq qiladi. Chunki ularning tarkibida suv juda ko’p (75-90% gacha). Suvni kamaytirish ular sifatining pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham meva sabzavotlarni saqlashda bosh omil harorat hisoblanadi. Eng qulay harorat 00 atrofida bo’lishi aniqlangan. Maxsus xonalarda va muzlatgichlarda saqlanganda ham harorat 3-70S dan oshmasligi kerak. Masalan, kartoshka uchun saqlash harorati 2-40S , karam uchun O0 dan -10 S, qolgan meva va sabzavotlar uchun +O + 10 S eng qulay ekanligi aniqlangan. Bunda nafas olish tezligi past bo’lib,mahsulotlar sifatli saqlanadi.
Meva va sabzavotlarni saqlashda CO2 ning miqdori ham katta ahamiyatga ega. U ko’p bo’lsa, nafas olish jadalligi pasayadi.

Download 311.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling