Nafas olish koefisenti va nafas olish ekologiyasi


Download 311.61 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi311.61 Kb.
#1570318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9МАРУЗА (2)

FERMENTLAR TIZIMI. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari uchun xos bo’lgan asosiy xususiyat elektronlarning ko’chishidir. Moddalar oksidlanganda tarkibiddan elektron ajraladi, qaytarilganda esa elektron biriktirib oladi. Elektron ajratuvchi moddalar donor, qabul qiluvchi moddalar akseptor deyiladi. Donor bilan akseptor birgalikda oksidlanish - qaytarilish tizimini tashkil etadi. Bu reaksiyalarni boshqaruvchi fermentlarga oksidoreduktazalar deyiladi. Fermentlarning donor va akseptor bilan aloqasini quyidagicha izohlash mumkin :

Bu yerda D - donor elektron va protonlarini ajratadi, E - ferment tashuvchilik reaksiyasini bajaradi, A - akseptor ularni qabul qiladi.
Oksidoreduktazalar uch gruppaga bo’linadi : 1) anaerob degidrogenazalar, 2) aerob degidrogenazalar, 3) oksigenazalar.
Anaerob degidrogenazalar - elektronlarni kisloroddan tashqari oraliq akseptorlarga yetkazib beradi. Bular ikki komponentli fermentlar, kofermenti NAD+ (nikotinamidadenindinukleotid) bo’lishi mumkin. Oksidlanish natijasida NAD+ qaytarilgan NADN holatga o’tadi. Bu fermentlarga alkogoldegidrogenaza, laktatdegidrogenaza, malatdegidrogenaza va boshqalar kiradi.
Aerob degidrogenazalar - elektronlarni har xil oraliq akseptorlarga va kislorodga yetkazib beradi. Bular ham ikki komponetli fermentlar bo’lib,flavoproteinlar deyiladi. Bularning tarkibiga oqsildan tashqari riboflavin (vitamin V2) ham kiradi. Ikki hil koferment mavjud : 1) flavinmononukleotid (FMN), 2) flavinadenindinukleotid (FAD). FMN tarkibiga kiruvchi ferment - dimetilizoalloksazin, FAD - suksinatdegidrogenaza. Bularning akseptorlari xinonlar, sitoxromlar va kislorod.
Oksidazalar - elektronlarni faqat kislorodga yetkazib beradi. Aerob xarakterga ega. Bu fermentlar ishtirokida uch xil birikma hosil bo’ladi: 1) suv, 2) vodorod peroksid, 3) kislorodning superok­sid anioni :

Vodorod va superoksid anioni (O2-) zararli bo’lgani uchun hujayrada fermentlar yordamida naytrallanadi :
superoksiddismutaza

2 O2- + 2 H+ O2 + H2O2
katalaza
2 H2O2 O2 + 2H2O

Suvning hosil bo’lishida fermentlardan sitoxromoksidazalar, polifenoloksidazalar va boshqalar, vodorod peroksidning hosil bo’lishida flavoproteinoksidazalar, kislorodning superoksid anioni hosil bo’lishida ksantinoksidazalar ishtirok etadi.


Oksigenazalar ham oksidazalar bilan bir qatorda katta ahamiyatga ega. Bu fermentlar yordamida kislorod aktiv holatga o’tadi va organik moddalar bilan birlashadi.
Yuqorida ko’rsatilgan fermentlarning hammasi mitoxondriyalarda joylashgan bo’ladi. Chunki mitoxondriyalar aerob nafas oladigan barcha hujayralarning jumladan, o’simliklar hujayrasining sitoplazmasida joylashgan murakkab organoiddir. Fermentlar mitoxondriyalarning ichki va tashqi membranalarida joylashgan bo’ladi. Ichki membranada asosan nafas olish zanjirining komponentlari va oksidativ fosforlanish jarayonida ishtirok etadigan ferment tizimlari mujassamlashgan bo’la­di.

Download 311.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling