Nafas olish koefisenti va nafas olish ekologiyasi
NAFAS OLIShNING PENTOZAFOSFAT SIKLI
Download 311.61 Kb.
|
9МАРУЗА (2)
NAFAS OLIShNING PENTOZAFOSFAT SIKLI. Bu sikl glyukoza-6-fosfatning bevosita oksidlanishi bilan boshlanadi. Bunda glyukoza-6-fosfatdan bir molekula SO2 ajralib chiqadi va besh uglerodli birikmalar-pentozalar hosil bo’ladi. Shuning uchun ham bu yo’l pentozafosfat (yoki apotomik) parchalanish deyiladi. Uni geksozomonofosfat sikli ham deb ataydilar. Bu yo’l 1935-1938 yillarda O.Varburg, F.Dikkene, V.A.Engelgard va F.Lipman kabi olimlarning izlanishlari natijasida ochildi. Ya’ni o’simliklarda asosiy hisoblanadigan glikoliz va Krebs sikli bilan bir qatorda glyukozaning yana bir muhim yo’l bilan oksidlanishi aniqlandi.
Pentozafosfat yo’li ham, glikolizga o’xshaydi, bunda oksidlanuvchi birlamchi mahsulot f-6-fosfat hisoblanadi. Bu reaksiyalar asosan ikki bosqichdan iborat (4 - rasm). 4 - rasm. Pentozafosfat sikli Birinchi bosqichda glyukoza-6-fosfat oksidlanib, 6-fosfat-glyukolakton kislota hosil qiladi. Bu reaksiya glyukoza-6-fosfat-degidrogenaza fermenti ishtirokida boradi. Fermentning aktiv qismini NADF tashkil qilib, u HADFH ga qaytariladi. 6-fosfatglyukolakton kislota suv ishtirokida 6-fosfatglyukonat kislotaga aylanadi va bu kislota dekarboksillanish reaksiyasi natijasida pentozofosfat hosil qiladi. Reaksiya natijasida bir molekula CO2 va HADFH hosil bo’ladi. Umuman bir atom uglerodning oksidlanishi natijasida ikki molekula NADFN hosil bo’ladi. Ikkinchi bosqichda,ribulozo-5-fosfat izomerlanib,riboza-5-fosfatga va ksiluloza-5-fosfatga aylanadi. Bulardan, transketolaza va transaldolaza fermentlari ishtirokida sedogeptuloza-7-fosfat va 3-fosfogliserin aldegidi hosil bo’ladi.Keyin eritrozo-4-fosfat va fruktozo-6-fosfat hosil bo’ladi. Fruktoza-6-fosfat izomerlanib yakuniy mahsulot glyukozo-6-fosfatga aylanadi. Umuman pentozafosfat yo’lida olti molekula glyukoza-6-fosfat ishtirok etsa, uning umumiy tenglamasini quyidagicha ko’rsatish mumkin: 6 glyukoza -6-fosfat + 12HADF + 7 H2O 5 glyukoza -6-fosfat + 6CO2 + 12HADFN + 12H + H3PO4 Keyinchalik har bir molekula NADFN oksidlanganda 3 molekula ATF sintezlanadi. Demak 12 HADFH molekulasi oksidlanganda 36 molekula ATF hosil bo’ladi. Bu siklda hosil bo’lgan oraliq mahsulotlar - pentozalar organizm uchun juda zarur bo’lgan moddalar ( nuklein kislotalar va boshqalar ) hosil qilishda ishtirok etadi. Bu yo’lning hamma reaksiyalari hujayra sitoplazmasining eruvchi qismida protoplastidalar va xloroplastlarda sodir bo’ladi. Nafas olishning pentozafosfat yo’li ayniqsa sintetik jarayonlar kuchli borayotgan hujayralarda faol xarakterga ega. Bunday hujayralarda membranalarning lipid komponentlari, nuklein kislotalar, hujayra devori va fenol birikmalar faol ravishda sintezlanadi. Download 311.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling