Nafas olish koefisenti va nafas olish ekologiyasi


Download 311.61 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi311.61 Kb.
#1570318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9МАРУЗА (2)

GLIOKSILAT SIKLI. Bu sikl 1957 yilda birinchi marta G.L.Korenberg va G.A.Krebs tomonidan bakteriyalar va mog’or zamburug’larida aniqlangan edi. Keyinchalik aniqlanishicha u moyli o’simliklarning unayotgan urug’larida va zapas yog’lar, shakarlarga aylanishi kerak bo’lgan organlarida sodir bo’lar ekan. Glioksilat sikli hujayrasidagi maxsus organoid glioksisomalarda sodir bo’ladi. Mitoxondriyalarda, shuningdek hayvon hujayralarida ham bu sikl bo’lmaydi.
Glioksilat sikli asosan moyli o’simliklarning nafas olishidagi aerob bosqichida Krebs sikli o’rnida sodir bo’ladi. Chunki u Krebs siklining ma’lum miqdorda o’zgargan yo’lidir :
1) Krebs siklining bir qismida : izositrat kislota a-ketoglutarat kislota suksinil SoA suksinat kislota fumarat kislota malat kislota ...
2)Glioksilat siklining shu qismida :izositrat kislota suksinatkislota glioksalat kislota asetil SoA malat kislota
....
Ko’rinib turibdiki, Krebs siklidan farqli o’laroq bu siklda glioksalat kislota va asetil SoA hosil bo’ladi va natijada har bir doirada ikki molekula asetil SoA ishtirok etadi (6-rasm). Umuman glioksalat sikli zapas yog’larni sarflaydi va yog’larning parchalanishida oraliq modda - asetil SoA hosil bo’ladi.

6 - rasm. Glioksilat sikli
Har ikki molekula asetil - CoA hisobiga bir molekula HADH qaytariladi va uning energiyasi mitoxondriyalarda ATF sinteziga sarflanishi mumkin. Hosil bo’lgan suksinat kislota ( qahrabo kislota ) glioksisomadan tashqariga chiqadi va mitoxondriyalarga o’tib, biosintez jarayonlarida ishtirok etadi. Glioksilat kislota esa glikokol aminokislotasining hosil bo’lishi uchun dastlabki modda hisoblanadi.
Nafas olish tezligi o’simliklarning turlariga ,yoshiga va yashash sharoitidagi omillar ta’siriga bog’liq. Hatto bu tezlik bir o’simlikning har xil qismlarida turlicha sodir bo’ladi. O’simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bo’lsa nafas olish ham shuncha kuchli bo’ladi. O’simlikning qarishi jarayonida nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Pishib yetilgan, quruq urug’larda nafas olish tezligi juda past, unayotgan urug’larda esa juda faol bo’ladi. Masalan tarkibida 10-12% suvi bo’lgan bir kilogramm arpa urug’i bir sutkada 0,3 - 0,4 mg CO2 ajratadi. To’la bo’rtgan va unayotgan urug’larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bo’ladi. Umuman, o’simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta’siriga bog’liq.


Download 311.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling