Nafas olish sistemasi kasaliklari


Mamlakatimizda esa aholining 5 foizga yaqin qismi mazkur dard bilan ogʻriydi. Xoʻsh, astma qanday kasallik? Uning oʻziga xos belgilari, uni davolash usullari qanday?


Download 72.34 Kb.
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi72.34 Kb.
#1497276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Nafas olish sistemasi kasaliklari

Mamlakatimizda esa aholining 5 foizga yaqin qismi mazkur dard bilan ogʻriydi. Xoʻsh, astma qanday kasallik? Uning oʻziga xos belgilari, uni davolash usullari qanday?
Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza PARPIYEVA javob beradi.
Astma soʻzi yunon tilidan tarjima qilinganda “boʻgʻilish”, “ogʻriq” degan maʼnolarni anglatib, kasallik doimiy va takrorlanib turadigan boʻgʻilish xurujlari bilan tavsiflanadi.
Bronxial astma — bronxlarning allergik yoki infeksion sabablarga koʻra surunkali tarzda yalligʻlanishi hisoblanib, xastalik allergen omillarga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan turlarga boʻlinadi.
Tibbiyotda allergenlar asosan toʻrt guruhga ajratiladi: daraxt gullarining changi, uy changlari, hayvon yungi va boshqalar. Noallergik sabablar sifatida jismoniy yuklamalarning koʻpligi, ruhiy tushkunlik, sovuq havo kabilarni kiritish mumkin. Toʻgʻri, sovuq havo, virusli infeksiyalar, oʻtkir hidlar, asabiylashish allergen hisoblanmaydi, biroq mazkur omillar astma xurujiga turtki boʻlishi mumkin.
Kasallikning qanday oʻziga xos belgilari bor?
Xastalik kechayu kunduz muntazam yoʻtal, boʻgʻilish va nafas chiqarishning qiyinligi, jismoniy mashqlar paytida boʻladigan yoʻtal, koʻkrakning “hushtak” chalishi, allergenlar bilan muloqotda boʻlganda xurujlarning qoʻzgʻalganligi hamda koʻkrak qafasidagi noqulaylik kabi belgilar bilan kechadi.
Bemorning nafasi qisilganda tananing diafragma sohasida kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Xuruj yoʻtal tutishi bilan birga kelib, bronxlar ichki yuzasidagi balgʻam chiqarib tashlangach, bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Kasallik xurujida oʻpka alveolalarida gazlar almashinuvi keskin susayadi. Bu esa organizmning kuchsizlanishi, nutq muammolari va taxikardiya (yurakning tez urishi)ni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, baʼzilarda kasallik xuruji jismoniy yuklamalardan soʻng yanada kuchayadi. Ayrimlar esa sovuq havodan nafas olganida ham oʻzini yomon his qiladi. Bu, albatta, tananing individual xususiyatiga bogʻliq.
Ushbu xastalikka jiddiy eʼtibor qaratish zarur, aks holda turli koʻngilsiz hodisalar kelib chiqadi. Agar oʻz vaqtida muolaja qilinmasa, astma, hatto, oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Shu bois unga eʼtiborsiz boʻlish aslo yaramaydi.
Astma irsiy kasallikmi?
Bronxial astma bilan ogʻrigan kattalarning uchdan bir qismi bolaligida aynan ushbu xastalikka chalingan boʻladi. Oʻsmirlik paytida undan xalos boʻlgan odamlarning katta boʻlganlarida astma xavfiga duchor boʻlish ehtimoli yuqori. Bu paytda kasallikning rivojlanish xavfi irsiy omillar, shuningdek, atrof-muhitning taʼsiri bilan yanada kuchayadi.
Tibbiyotda bronxial astmaning kelib chiqish sabablari orasida nasliy moyillik alohida tilga olinadi. Ayniqsa, allergik bronxial astmada irsiy omillar muhim oʻrin tutadi. Agar ota-onaning birida kasallik mavjud boʻlsa, tugʻilajak farzandda xastalikning ehtimoliy darajasi 20-30 foizni tashkil etadi. Bordi-yu, ota-onaning ikkisi ham astmatik hisoblansa, kasallikning nasl surish ehtimoli 75 foizni tashkil qiladi.


Download 72.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling