Nafas olish sistemasi kasaliklari
Rinitning boshqa ko'rinishlari quyidagilardir: hidlash buzilishi, burun ovozi tembri, horlama
Download 72.34 Kb.
|
Nafas olish sistemasi kasaliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaymorit kasalligi belgilari
Rinitning boshqa ko'rinishlari quyidagilardir: hidlash buzilishi, burun ovozi tembri, horlama.
GAYMARIT Gaymorit — yuqori jagʻ suyagi boʻshligʻi (qarang Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamollash, gripp, tumov va b. infeksion kasalliklar, shuningdek burun boʻshligʻi va chirigan tishdan yalligʻlanish jarayonlarining Gaymor boʻshligʻiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi. Oʻtkir G.ni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan allergiya oqibatida surunkali G. roʻy berishi mumkin. G.da bemorning darmoni quriydi, eti uvishadi, yonoqlari shishadi, harorati koʻtariladi, yuqori jagʻi va boshi ogʻriydi, boshini burganda ogʻriq zoʻrayib, burni bitadi; koʻpincha burunning bir tomonidan yiring (yiringli G.) yoki shilimshiq (katar a l G.) oqadi, burundan nafas olish qiyinlashadi. Yarim oʻtkir va surunkali G.da kasallik alomatlari birmuncha sust namoyon boʻladi. Surunkali G. baʼzan yashirin kechib, sepsis, meningit, bosh miya abssessi va b. jiddiy asoratlar avj olishi mumkin. G.ning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, sport bilan shugʻullanish, sof havo va suv muolajalaridan bahramand boʻlish, shuningdek tumov, tish chirishi va b. kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish kerak. Oʻtkir G.da turli dori-darmonlar buyuriladi, surunkalida koʻpincha jarrohlik usuli qoʻllaniladi. Gaymorit kasalligi belgilari Gaymorit oʻziga xos simptomlar beradi: Burunning uzoq vaqt bitishi hisobiga burun sohasi va gaymor boʻshligʻida ogʻriq paydo boʻladi; Burundan ajralayotgan shilliq rangi “sargʻimtir-jigarrang” boʻladi, bu yiring borligidan dalolat; Pastga egilganda peshona va yuzda ogʻriq boʻlishi; Bosh ogʻriqlari kasallik boshlanishida faqatgina harakat qilganda boʻlsa, keyinchalik tinch holatda ham kuzatiladi; Gipertermiya – tana harorati oshishi; Nafas olish qiyinlashadi, baʼzida quruq yoʻtal ham boʻladi. Bundan tashqari, inson umumiy intoksikatsiya belgilarini ham sezadi – holsizlik, uyquchanlik, charchash, koʻngil aynashi, ish qobiliyati pasayishi. Tana harorati kasallikning kechishiga qarab oʻzgarib turishi mumkin: Kasallikning oʻtkir kechishida tana harorati yuqori kritik koʻrsatkichlarda boʻladi; Gaymoritning surunkali formalarida tana harorati deyarli koʻtarilmaydi, xuruj davridagina subfebril koʻrsatkichlarda boʻlishi mumkin. Download 72.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling