Nafas olish sistemasi kasaliklari
Download 72.34 Kb.
|
Nafas olish sistemasi kasaliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aralash yo‘talish
- Doimiy yo‘tal
- Nafas qisishi
O’PKA SARATONI
Saraton (boshqa nomlari: kanser (lotincha: cancer — „qisqichbaqa“), rak (ruscha: рак)) deb hujayralarning atipik oʻsishi aytiladi. Atipik oʻsish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz koʻpayishi bilan ifodalanadi. Sogʻlom hujayradan farqli oʻlaroq, bunday hujayralarda tabiy oʻlim mexanizmi oʻchirilgan, yaʼni ular toʻxtovsiz boʻlinish jarayonida boʻladi. Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga boʻlinadi. Karsinoma — epitelial toʻqimalarda, sarkoma — mezenxemal toʻqimalarda, leykemiya — qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma — immunitet tizimi hujayralarida va miya va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiyki, saratonning „suyuq“ turlari oʻsma paydo qilmaydi. Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, yaʼni koʻkrak bezi saratoni, oʻpka saratoni va hokazo O‘pka saratoni eng xavfli 4 ta kasallikdan biri bo‘lib, uning oxiri o‘lim bilan tugaydi. Hech qachon tamaki chekmagan insonlar ham bu xavfga chalinishi mumkin, shuning uchun ham ushbu kasallikning ilk alomatlarini bilib olish zarar qilmaydi. Sababi davolash ishlari qancha erta boshlansa, shifo topish ham shuncha oson bo‘ladi. Qon aralash yo‘talish Qon aralash yo‘talish – juda yomon belgi. Bu saraton kasalligining alomati bo‘lmasa-da, har qanday holat bo‘lmasin, shifokorga murojaat qilish zarur. Ko‘krak qafasida og‘riq Shuningdek, yelkaga yoki uning orqa qismiga og‘riq tarqalishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlar buni yurak xastaligi bilan adashtiradi. Ammo og‘riqlar chuqur nafas olish, yo‘talish yoki kulish paytida zo‘raysa, o‘pkaning holati yaxshi emasligidan dalolat. Zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Doimiy yo‘tal Agar yo‘tal uch hafta yoki undan ham ko‘proq vaqt mobaynida davom etayotgan bo‘lsa, unda shifokor bilan uchrashish vaqti kelgan. Sababi bunday holda rivojlanayotgan o‘sma nafas olish tizimini bezovta qilayotgan bo‘lishi mumkin. Tom ma’noda organizm begona jismni itarishga harakat qiladi va yo‘tal yuzaga keladi. Nafas qisishi O‘pka saratoni rivojlanishining yana bir belgisi nafas qisishidir. Bu holat zinadan ko‘tarilganda yoki yurish davomida kuzatiladi. Bu o‘smaning qisman nafas yo‘llarini to‘sib qo‘yishi, shuningdek, o‘pkaga bosim o‘tkazadigan va nafas olishga to‘sqinlik qiladigan ko‘krak qafasidagi suyuqlik to‘planishi tufayli paydo bo‘ladi. Download 72.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling