Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik


O’CHOQLI BRONXOPNEVMONIYA


Download 1.07 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1587931
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduraxmonov Azizbek

O’CHOQLI BRONXOPNEVMONIYA


O’choqli pnevmoniya (bronxopnevmoniya) — bronxit-lar bilan bog’liq bo’lgan o’pka to’qimasining o’tkir yallig’-lanishdir. Yallig’lanish jarayoni bronxlardan yondoshgan o’pka to’qimasiga tarqaladi. Ba'zan o’choqli pnevmoniya birlamchi bo’lishi ham mumkin, ammo bu vaqtda ham yallig’lanish zonasida (joyida) joylashgan bronxlar yallig’lanish jarayoniga jalb etiladi. o’choqli pnevmoniya sababchilari odatda mikroblar, viruslar, zamburug’lar hisoblanadi. Yallig’lanish 0'chog'ining razmeriga (hajmiga) qarab alveolalar, asinozli, bo’lakli, aralash bo’lakli, segmentli va oraliq bronxopnevmoniyalar bo’lishi mumkin.
Yallig’lanish o’choqlari ko’pincha o’pkaning orqa va pastki segmentida rivojlanadi. Ular turli razmerda, qattiq-lashgan bo’lib, o’pka kesib ko’rilganda kesma yuzasiga kulrang-qizg’ish rangli o’choqlar sifatida bo’rtib turadi. Ekssudat serozli, ba'zan seroz-gemorragik xarakterda bo’ladi. Bemor yoshiga qarab bronxopnevmoniya kechishi, joylanishining bir qator xususiyatlari mayjud. Masalan, kichik yoshdagi bolalarda umurtqa pog’onasiga (II, VI, X) yondoshgan segmentlarda pnevmoniya o’choqlari paydo bo’ladi, shuning uchun ham ular paravertebral pnevmoniya deb ataladi. U yaxshi kechadi. Aksincha 50 yoshdan yuqori bo’lgan bemorlarda yallig’lanish o’chog’ining so’rilishi nisbatan sekin ketadi.

Sun'iy nafas oldirish


Odam shikastlanganda, suvga cho'kkanda va boshqa og'ir kasal¬liklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to'xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun'iy nafas oldiriladi. Sun'iy nafas oldirish ikki usulda: «og'izdan-og'izga,) yoki (,og'izdan¬burunga» usulida amalga oshiriJadi. Og'izdan-og'izga sun'iy nafas 01¬dirish quyidagicha bajariladi: I. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og'zidagi ko'pik rezina balloncha yordamida so'rib olinadi yoki barmoqqa bint o'rab artib olinadi (5-rasm, I). 2. Bemorning yelkasi ostiga yupqa yostiq qo'yiladi. So'ngra yor¬dam beruvchi odam bir qo'li bilanbemoming bo'ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo'l bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qo'ymasligi uchun u bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling