Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik
Download 1.07 Mb.
|
Abduraxmonov Azizbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’PKA EMFIZEMASI
SURUNKALI BRONXITSurunkali bronxit uzoqqa cho’zilgan o’tkir bronxit asorati sifatida rivojlanadi. Uning sababchilari infeksiya qo’zg’atuvchilari, biroq shuningdek bronxlarni fizik, ximik moddalar bilan uzoq vaqt ta'sirlanishi bo’lishi mumkin. Barcha bronxial daraxtning diffuz (yoyilgan) shikastlanishi xarakterli bo’ladi. Bu vaqtda ekssudativ yallig’lanish, (kataral-shilliq, kataral-yiringli) vaqt o’tishi bilan asosan mahsuldor xarakterga ega bo’lib qoladi. Surunkali bron-xitda bronxlarning shilliq qavati giperemiyalashadi, uning hamma qavatlari limfositlar, neytrofil leykositlar, makro-faglar bilan shimiladi. Epiteliyasi asta sidirilib tushadi, bezlar atrofiyaga uchraydi, ko’pincha tukli epiteliya ko'p qavatli yassi epiteliyaga aylanadi (metaplaziya). Bronx devorida kechuvchi surunkali yallig’lanish mushak tolalari va nerv oxirlarini distrofiyasiga, elastik qobiqni atrofiyasi yoki yo’qolishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar natijasida bronx peristaltikasi pasayadi va u o’z drenaj funksiyasini, ya'ni shilliq va ekssudatni chiqarib tashlash vazifasini bajara olmay qoladi. Shilliqli — yiringli ekssudat bronxlarda turib qoladi, ularda saqlanuvchi mikroblar yallig’lanishni davom ettiradi. O’PKA EMFIZEMASIO’pka emfizemasi bir vaqtning o’zida kechuvchi sklerozning kuchayishi bilan ortib boradi va alveolalar hajmining va ulardagi saqlanuvchi havoning ko’payishi bilan ta'riflanadi. Yetarlicha uzoq vaqt va kompensator ahamiyatga ega bo’lib havosiz yallig’lanish o’cboqlari, atelektazlar, o’pka parenximasi sklerozi maydoni atrofida paydo bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan emfizema bo’lgan joylarda o’pka to’qimasi elastiklik xususiyatini yo’qotadi, alveolalar o’rtasidagi to’siqlar yoriladi va sklerozga uchraydi. Bularning hammasi o’pkada sklerotik maydonni umumiy hajmini ko’paytiradi. Pnevmoskleroz rivojlanadi va u kichik qon aylanish doirasida arterial bosimni ortishi bilan birgalikda kechadi. U yurakning o’ng qismida doimiy ortiqcha ishlashiga sababchi bo’ladi, buning oqibatida u gipertrofiyaga uchraydi va «o'pka yuragi» rivojlanadi. 1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling