Nafas olish tizimining ontofilogenezi


Download 347.53 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi347.53 Kb.
#1493006
Bog'liq
Nafas olish tizimining ontofilogenezi (2)

Nafas olish tizimining ontofilogenezi

Nafas organlarining rivojlanishi ovqat hazm qilish nayi taraqqiyoti bilan birga kechadi.Burun bo`shlig`I og`iz bo`shlig`ining tanglay to`siqlari bilan bo`linishidan hosil bo`ladi.Embrion hayotining 3-haftasida oldingi ichak(halqum)ning ventral devoridan toq xaltasimon bo`rtma hosil bo`ladi.U pastga qarab o`sadi va ichakdan ajraladi.Bo`rtmaning yuqori qismidan hiqildoq va traxeya,2 ta pastki xaltachalaridan esa o`pka hosil bo`ladi.4-5 oylar oxirlarida bronxlar va bronxiolalar hosil bo`la boshladi.

So`ngra alveola yo`llari rivojlanadi va alveolalar paydo bo`ladi.Ularning devori silindrsimon va kubsimon hujayralardan iborat.Rivojlanish jarayoni davomida o`sayotgan bronx shoxlarini o`rab turgan mezenximadan mushak elementlari ,tog`aylar,bronxlarning elastik va fibroz to`qimasi hosil bo`ladi.Ayni vaqtda,mezenximadan qo tomirlar to`ri rivojlanadi.Ular bilan birgalikda o`pkaga nervlar o`sib kiradi.Plevraning visseral va pariyetal varaqlari splanxnotom varaqlaridan hosil bo`ladi.Pusht rivojlanishining butun taraqqiyoti davomida alveola pufakchalari bujmaygan bo`ladi.

Shuning uchun ham o`lik tug`ilgan bola o`pkasining bir parchasi suvga tashlans ,bu bo`lak cho`kadi,aksincha tug`ilib ,bir oz yashab olgan bolaning o`pkasi suvda qalqib turadi.Bu hol sud meditsinasida ahamiyatga ega .Faqatgina bola tug`ilishi bilan olgan birinchi nafasi tufayli alveola pufakchalari kengayadi.Buning natijasida alveola bo`shlig`I keski kengayib,devri yupqalashib qoladiva havo almashinishi uchunqulay sharoit vujudga keladi.


Download 347.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling