Nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish
Nafas yoʻllariga yot jism tushganligini bilgan odam birinchi yordam koʻrsatishda har bir soniyadan unumli foydalanadi. Chunki patologik holat qisqa muddat ichida yuzaga chiqadi va birinchi yordam koʻrsatish sifati bemor hayoti bilan baholanadi.
Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha:
Bemorga “nima boʻldi?” savolini bering. Albatta siz bunday holatda ahmoqona koʻrinishingiz mumkin, ammo aynan shu savol yordamida bemor nafas olyaptimi yoki yoʻqmi, bilib olishingiz mumkin. Aynan, mana shu holat orqali keyingi taktikangizni belgilab olasiz.
Agar bemor umuman nafas olmayotgan boʻlsa unga “kuchliroq yoʻtal, yana yoʻtal, qani boʻlaqol” degan buyruqni bering – yaʼni bemorni hushini yoʻqotmaslik uchun, uni stimmulash uchun har qanday soʻz bilan himoya reflekslarini “uygʻoting”. Koʻpincha mana shu chora tadbirlar yordamida kichik oʻlchamdagi yot jismlar nafas yoʻllaridan chiqib ketish uchun yetarli boʻladi.
Agar yot jism 30 soniya davomida chiqib ketmasa yoki bemor xuruj boshlangan vaqtning oʻzida nafas olmaganligini sezsangiz Xeymlix usulini qoʻllash kerak boʻladi.
Xeymlix usuli
Bu usulni bajarish texnikasi quyidagicha:
Shikastlanuvchining orqa tomonida turing;
Uni ikki qoʻllaringiz bilan quchoqlang, oʻng qoʻlingizni musht qilib chap qoʻlingiz bilan uni kuchli ushlab oling, qoʻllarni qorinning yuqori sohasiga qoʻying. Yoʻnalish – yuqoriga va oʻzingizga torting. Nafas olish sezilsa – bu yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |