Naim G’oyibovning "Amir Temur davri ma’naviyati" kitobi asosida
Download 14.4 Kb.
|
Annotatsiya
Annotatsiya (Naim G’oyibovning “Amir Temur davri ma’naviyati” kitobi asosida) Kitobda O’zbekistonlik olimlardan O’. Alimov( “Temur davrida bog’dorchilik”)ning Temurni bog’ yaratish sohasidagi fikirlari, Ibrohim Mo’minov(“Amir Temurning O’rta osiyo tarixida tutgan o’rni va roli”)ning esa Sharifuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini taxlil qilgandagi xulosalari, Angliyalik tadqiqotchi Xilda Xukuem(“Властителъ семи созвездий”)ning va Pokistonlik Temur davri madaniyatini o’rganuvchi olimlardan biri Ahmad Hasan Doniyning (“Timur Legacy”) ilmiy qarashlari va xulosalari o’z aksini topgan. Undan tashqari kitobda Alisher Navoiy (“Majolis un-nafois”) va Ibn Arabshohning Temur shaxsiyatiga bergan ta’riflari keltirib o’tiladi. Shuni Alohida qayd etmoq lozimki, Amir Temur davridagi tartib intizom uning avlodlariga ham tegishli bo’lgan.Chunonchi Temurning o’g’li Mironshox, nevarasi Amirzoda Pirmuhammad o’z lavozimlariga sovuqonlik bilan yondashganliklari uchun og’ir jazoga tortilganliklarini Temur shaxsiyatini tanqid qiluvchilar ham qayd etgan. Ushbu kitob muqaddima va to’rt bo’limdan tashkil topgan bo’lib, uning birinchi bo’limi (“Amir Temur davri ma’naviyati ravnaqining ikki muhim omili” )da ushbu davr ma’naviyatining ikki muhim omili batafsil yoritilgan. Kitobda birinchi omil deb Amir Temur davri mafkurasining asosini Shayx Bahouddin Naqshband tariqati tashkil etganligi aytib o’tilgan bo’lsa, ikkinchi muhim omil qilib Sohibqironning madaniyat yuksalishiga shaxsan o’zi rahnamolik qilgani ko’rsatib o’tiladi. Ikkinchi bo’limda esa (”Ma’naviyatdan jilolangan siyosat”) ko’proq Temurning madaniyatni yuksaltirishdagi say harakatlari, qurilish sohasidagi yutuqlar, adabiyot, san’at, Ulug’bekning fan sohasiga qo’shgan xissalari, umumman olganda Temuriylar davrida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar batafsil yoritib o’tilgan. Uchinchi bo’limda (“Bu dunyoning jannatlari”) ko’proq Sohibqiron yaratgan bog’-rog’lar (“Bog’i Shamol”, “Taxta-qarcha”) va uning o’limidan so’ng ham madaniyat rivojining to’xab qolmaganligiga urg’u beriladi, madaniyat va ma’naviyat sohasi homiysi sifatida esa Boburiylar sulolasi gavdalantiriladi (“La’l qala”, “Humoyun maqbarasi”, “Sha’xiy qal’a”, “Shalimar bog’i”). Ular yaratgan bog’lar va arxitektura inshootlari jannatga qiyoslanib bu qiyoslash bo’limda yaqqol ham nazariy ham amaliy o’z isbotini topadi. To’rtinchi bo’lim (“Milliy mafkuramizning tolmas hamkori”) esa O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov milliy mafkuramizning homiysi sifatida gavdalantirilib, bu sohada qilgan say-harakatlari batafsil yoritib o’tiladi va bu mafkura ajdodlar merosi sifatida qaralib, ushbu mafkuraning davlat rivojidagi ahamiyati bo’limda o’z aksini topgan. Download 14.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling