Наименование товара


“ Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan


Download 1.99 Mb.
bet2/6
Sana09.01.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1085789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.Rustam Abdumannon o\'g\'li A.Avloniy va Hamza H.N.

“ Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan.

Shu sahifada alifning so’z boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini korsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.

“ Ikkinchi muallim”da axloq, odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalangan.

Kitob “Maktab” she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bolsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:

    • Maktab duru gavhar sochar,
    • Maktab sizga jannat ochar,
    • Maktab jaholatdan qochar,
    • G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
    • Maktab sizni inson qilur,
    • Maktab hayo ehson qilur,
    • Maktab gami vayron qilur,
    • G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!..
    • Darslikda ko’plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.

      Abdulla Avloniy 1904 -yildan umrining oxiriga qadar o’qituvchi bo’lib ishlaydi. U o’nlab she’rlar, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud axloq” kabi darsliklari bilan ozbek bolalar adabiyotiga poydevor qo`ygan edi.

1909 - yil u jadidchilik uslubidagi maktabni ochadi. Behbudiy bilan birgalikda u " Turon " gruppasiga asos solishadi va "Padarkush" pyesasini sahnalashtirishadi. 1917 - yil revolyutsiyadan so’ng "Yashasin xalq jumhuriyati" shiori bilan " Turon " gazetasini nashrdan chiqara boshlaydi

Abdulla Avloniy XIX asr oxirlaridan o'zbek xalqi orasida keng tarqalgan jadidchilik harakati boshqaruvchilaridan biri hamda o'zbek bolalarining yangi uslubdagi maktabi tashabbuschilaridan biri bo'lgan. Ushbu maktablar uchun darsliklar qo'llanmalar yozgan. Afg'oniston xalq ta'limi vaziri bo'lin ishlagan, Sovet Ittifoqining Afg'onisdondagi elchi konsuli bo'lgan. U O'rta Osiyo universitetida dars bergan va kitoblar yozgan.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling