Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Mavzu: Abdulla Avloniyning pedagogik g'oyalari. Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik qarashlari. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo’nalishi 4-kurs sirtqi bo’lim 2-mutaxassis turk-ingliz guruhi talabasi Abdujalilov Rustamning umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Mavzu: Abdulla Avloniyning pedagogik g'oyalari. Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik qarashlari. Reja: - KIRISH
- 1. Abdulla Avloniy hayoti va pedagogik g'oyalari
- 2. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va pedagogik g’oyalari
- Xulosa
KIRISH
Abdulla Avloniy (1878.12.7 - Toshkent - 1934.24.8) - ma'rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. To'quvchi oilasida tug'ilgan. Maktabxona va madrasada o'qigan(1885 - 1895). 1906 yildan she'rlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini o'rganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini o'qigan, ba'zilari (masalan L.Tolstoy, K.D.Ushinskiy asarlari) ni o'zbek tiliga tarjima qilgan.
1907- yilda “Shuhrat” deb nomlangan ro’znoma tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, ro’znomaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g’oyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi.
Abdulla Avloniyning pedagogik g'oyalari Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” deb nomlangan to’rt qismdan iborat bo’lgan darsligida yoshlarni maorif madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. O’sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbo”, “Ikkinchi muallim” - “O’qish” kitoblari katta rol o’ynaydi. Bu kitoblarda Avloniy o’tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangicha talqin etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |