Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi. - Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi.
Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi, haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda, Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18 martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi. - Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |